Grafik dizayn - Siz Photoshop va shu kabi tahrirlash programmlaridan mukammal foydalana olasizmi ? Unda sizga minglab ishlar eshigi ochiq. Suratlarni tahrirlash va illustratsiyalrni yasash orqali ko'plab daromad egasi bo'lishingiz mukin .
Programming - Siz biror dasturlash tilini bilasizmi ? U qanday va qaysi til bo'lishidan qatiy nazar ish uchun ish topiladi.
Marketing - Deyarli endi rivojlanib kelayotgan biznes egalari uchun marketing juda muhim. Shuning uchun sizni bu sohadan biroz xabaringiz bo'lsa, freelanserlik qila olasiz.
Yuqorida sanab o'tgan sohalar Freelancerlar bozorida eng ko'p talab bo'lgan ishlar sirasiga kiradi. Agar sizning ham qo'lingizdan biron nima kelsa, bu platformalarda o'z ishingizni boshlashingizni maslahat beraman. Ham daromad, ham tajriba bo'ladi.
Yana bir muhim va foydali tarafi shundaki , bu yerda ishlash uchun sizda bakalavr diplomi bo'lishi shart emas. Demak , biror sohani mukammal o'rganib daromat qilishingiz mumkin. Qolaversa, Yurtboshimiz ham IT texnalogiyalarga katta beryapti, va juda ko'p imkoniyatlar yaratib berishmoqda. Misol tariqasida, yaqinda "O'z - o'zini band qilgan fuqorolar uchun , daromat solig'i bekor qilindi". Agar Freelancerlik bilan shug'ullansangiz daromat solig'ini to'lashingizga hojat qolmadi.
Yaqin kelajakda yurtimizda ham Freelancerlar ko'payishi turgan gap. Agar hamma o'zi biror kasbni o'rganib freelancerlik qilsa, aholining daromadi ko'payadi, yurtimizda kambag'allik darajasi pasayadi, Yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi oshadi. Bu esa albatta yurtimiz iqtisodiyotiga ijobiy tasir ko'rsatmay qolmaydi. Aholi orasida zamonaviy texnalogiyalarga , internetga bo'lgan qarashlar o'zgaradi.
Nazorat savollari: Frilanserlar aynan nima qilishadi?
Freelance ish shakllari
Frilanserlarning ijobiy va salbiy tomonlari?
Freelance saytlarida o‘zingiz uchun vaqtinchalik ish izlab toping.