Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

erkinliklari.  So`z  va  matbuot  erkinligini  huquqiy  himoya  qilishga,  axborot  olish 

va  tarqatishni  kafolatlashga  qaratilgan  boshqa  bir  qonun  hujjati  –  1997  yil  24 

aprelda qabul qilingan - “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risida”gi qonun 

jurnalistning  kasb  faoliyati  bilan  bog’liq  holda  yuzaga  keladigan  munosabatlarni 

tartibga  soladi,  uning  huquq  va  majburiyatlarini  belgilaydi,  unga  huquqiy  va 

ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risidagi qonun 

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.  

                                                 

1

 O`sha manba, 64-bet.   




 

22 


Qonunning  4-moddasida:  “Jurnalistdan  xabarlar  va  materiallarni  oldindan 

kelishib  olishini,  shuningdek  material  yoxud  xabarning  matnini  o`zgartirishni 

yoxud  ularni  butunlaynashrdan  olib  qolishni  (efirga  berilmaslikni)  talab  qilishga 

hech kimning haqqi yo`q” ekani qayd etilgan.

1

  

Jurnalist  o`ziga  qonun  hujjatlari  bilan  berilgan  boshqa  huquqlardan  ham 



foydalanadi.  

2002  yil  3  avgustda  qabul  qilingan  “O`zbekiston  Respublikasining  ayrim 

qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g’risida”gi qonunning 

XI  bo`limiga  muvofiq  1997  yil  26  dekabrda  qabul  qilingan  “Ommaviy  axborot 

vositalari  to`g’risida”gi  qonunga  kiritilgan  tegishli  o`zgartishlar  shular 

jumlasidandir.  

Bu  o`zgarishlar  so`z,  matbuot  erkinligi,  ommaviy  axborot  vositalari  faoliyati 

erkinligi,  axborot  olish  va  tarqatish  kafolatining  huquqiy  jihatdan  yanada 

mustahkamlanishi  borasida  jiddiy  ahamiyatga  ega  ekani  tufayli  ularga  atroflicha 

to`xtalib o`tamiz. 

Prezident  I.A.Karimov  2002  yil  29  avgustda  Oliy  Majlis  to`qqizinchi 

sessiyasidagi “O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va 

fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo`nalishlari”  mavzuidagi 

ma`ruzasida bu masalaga ham atrofliga to`xtaldi. 

Prezident ta`kidlaganidek: “Hammamiz bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz 

lozim:  matbuot  erkinligining  kafolati  –axborot  sohasida  bozor  munosabatlari  va 

raqobatni  rivojlantirish  bilan  chambarchas  bog’liq.  Bugun  ommaviy  axborot 

vositalari  oldida  iqtisodiy  sheriklar  topish,  iqtisodity  jihatdan  o`zini  o`zi 

ta`minlashga erishish borasida keng va real imkoniyatlar paydo bo`lmoqda, bu esa 

o`z  navbatida  ularning  erkin  va  mustaqil  faoliyat  ko`rsatishida  asosiy  omil  bo`lib 

xizmat qiladi.  

Barcha  ommaviy  axborot  vositalariga  mulk  shakli,  tiraji,  qamravi  hamda 

mavzu yo`nalishidan qat`i nazar, ularning mamlakatimiz axborot maydonida halol 

raqobat  asosida  faoliyat  olib  borishi  uchun  davlat  zarur  shart-sharoitlarni  yaratib 

                                                 

1

 O`sha manba, 52-bet. 




 

23 


berishi  lozim.  Aytish  mumkinki,  bu  –  jamiyatni  tom  ma`noda  demokratlashtirish 

garovidir”.

1

     


I.A.Karimov  ushbu  ma`ruzasida  “Ommaviy  axborot  vositalari  sohasida 

iqtisodiy  munosabatlarning asoslari to`g’risida”gi qonunni qabul qilish  masalasini 

ko`rib  chiqish  vaqti  etganligini  qayd  etar  ekan,  “bu  qonun,  boshqa  ko`pgina 

masalalarni  echish  bilan  birga,  mustaqil  inashrlarni  ayrim  eskicha  fikrlaydigan 

mansabdor va amaldorlar, tabiiy monopoliyalar, homiylar va reklama beruvchilar, 

matbuot  tarqatuvchilar,  noshirlar  va  boshqalarning  ta`siridan  samarali  himoya 

qilgan bo`lur edi”, deb uqtirdi.

2

 



 1997  yilgi  “Ommaviy  axbroot  vositalari  to`g’risida”gi  qonunga  kiritilgan 

tegishli  o`zgartishlar  talqinini  davom  ettiramiz.  Qonunning  “Ommaviy  axborot 

vositalaridan  foydalanishda  suiiste`mollarga  yo`l  qo`yilmasligi”  nomli  6-moddasi 

ushbu  modda  talablarini  buzganlikda  aybdor  shaxslar,  shu  jumladan  muharrir 

(bosh  muharrir),  jurnalist,  boshqa  shaxslar  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

javobgarlikka tortilishini ko`zda tutuvchi to`rtinchi qism bilan to`ldirildi.

3

 

Bugungi kunda mamlakat ommaviy axborot vositalari zamon talabi darajasiga 



va  jahon  andozalari  doirasida  erkin,  mustaqil  hamda  demokratik  asosda  faoliyat 

yuritishi  uchun  amaldagi  qonunlarning  o`zi  bilan  kifoyalanish  mumkin  emas, 

albatta.  

Prezident  I.A.Karimov  ushbu  yo`nalishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadigan 

vazifalarga  to`xtalib,  alohida  uqtirganidek,  “avvalo,  ommaviy  axborot 

vositalarining  iqtisodiy  erkinligini  ta`minlash  kerak”.

1

  Zero,  moliyaviy 



mustaqilliksiz matbuot mustaqil bo`lishi mumkin emas. Bu esa o`z galida, tegishli 

huquqiy negiz mavjud bo`lishini talab etadi. 

Fikrimizcha,  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  qaratilganda,  mamlakat  ommaviy 

axborot  vositalari  zamon  talabi  darajasida  va  jahon  andozalari  doirasida  erkin, 

mustaqil  hamda  demokratik  asosda  faoliyat  yuritish  uchun,  aytaylik,  sohaning  eg 

                                                 

1

 Xalq so`zi, 2002, 11 oktyabr`.  



2

 O`sha manba.  

3

 Xalq so`zi, 2002 yil 11 oktyabr`.  



1

 Karimov I. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizaciya va 

isloh etishdir. // O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O`zbekiston”, 2005. 36-37-betlar.  



 

24 


muhim  huquqiy  hujjatlaridan  biri  –  “Ommaviy  axborot  vositalari  to`g’risida”gi 

qonunda  ommaviy  axborot  vositalarining  iqtisodiy  shakllantirilishi  xususida  aniq 

me`yorlar mavjud emas.  

To`g’ri,  qonunning  20-moddasida  ommaviy  axborot  vositalarida  homiylar 

ishtiroki  bir  qadar  qonunlashtirilgan,  ammo  mazkur  qoida  samaraliroq  ishlashi 

uchun yanada takomillashtirishga muhtojdek.  

Shulardan  kelib  chiqib,  “Ommaviy  axborot  vositalari  to`g’risida”gi  qonunda 

ommaviy axborot vositalarining moliyaviy mustaqilligi qay yo`sinda ta`minlanishi 

kerakligini  aniq  va  mukammal  aks  ettiruvchi  muayyan  modda  va  qoidalar 

kiritilishi zarur, deb o`ylaymiz.  

Davlatimiz  rahbari  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  to`qqinzinchi 

sessiyasida  islohotlarning  navbatdagi  bosqichida bu borada bir qator  yangi qonun 

loyihalarini  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  taklifini  o`rtaga  tashladi. 

Shuni  alohida 

qayd etish lozimki, respublika Prezidenti I.Karimov mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy 

hayotini  barqarorlashtirishda  ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  yanada 

oshirishni  talab  qilmoqda.  Prezident  har  bir  nutq  va  ma'ruzalarida,  albatta, 

matbuotning kundalik hayotimiz va islohotlar davridagi roli haqida, ularning keng 

imkoniyatlari  to'g'risida  to'xtalib  o'tadi.  Buning  boisi  shundaki,  matbuot  va 

umuman axborot vositalarining demokratik rivojlanishdagi ahamiyati muttasil ortib 

bormoqda.  Biroq,  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirishda  ularning  roli 

unchalik  ham  sezilmayapti,  o'zlarini  «to'rtinchi  hokimiyat»  sifatidagi 

imkoniyatlarini  to'la  ko'rsata  olmayaptilar.  Shuning  uchun  ham  O'zbekiston 

hukumati ommaviy axborot vositalari faoliyatiga jiddiy baho bermoqda. «Ochig'ini 

aytganda  bizning  matbuotimiz,  televideniye  va  radio  hozircha  zamonaviy  ish 

usullari  va  shakllarini  egallab  olganicha  yo'q,  xalqaro  mezonlarga  muvofiq  emas. 

Matbuot  sahifalarida  va  televideniyeda  chuqur  tahliliy  materiallar,  jiddiy  siyosiy, 

iqtisodiy  va  xalqaro  sharhlar  yo'q,  bahs-munozara  ko'rinmaydi.  Ayrim  ommaviy 

davlat  nashrlarining  aniq  fuqarolik  pozitsiyasi  va  qiyofasi  ko'zga  tashlanmaydi. 

Ular asosan rasmiy xabarlarni e'lon qilish bilan cheklanmoqda», — deb mamlakat 

rahbari katta e'tiroz bildirdi. 



 

25 


Shuning  uchun  ham  1997-yili  Oliy  Majlisning  VI  sessiyasida  ommaviy 

axborot vositalari huquqiy asoslarini mustahkamlash masalasi o'rtaga qo'yildi. Oliy 

Majlis  o'zining  VII  sessiyasida  «Axborot  olish  kafolatlari  va  huquqlari», 

«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish» singari qonun loyihalari muhokama qilinib, 

birinchi o'qishda qabul qilindi. «Xalq so'zi» gazetasining 1997-yil 13 va 14-fevral 

sonlarida  qonun  loyihalari  umumxalq  muhokamasiga  havola  qilindi.  U  keng 

jamoatchilikning yangi taklif va mulohazalari bilan to'ldirilib, 1997-yil 25-aprelda 

Oliy Majlis VIII sessiyasida qabul qilindi. 

Ushbu  qonunlarning  dunyoga  kelishi  va  to'la  quvvat  bilan  amal  qilishi 

bevosita hozirgi o'zbek milliy davlatchiligi ma'naviy qiyofasini belgilaydi. Bunday 

qonunlar  yaratilishining,  deputatlar  va  umumxalq  muhokamasiga  havola 

qilinishining  o'zi  O'zbekistonning  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqligi,  inson 

huquqlari  erkinligi,  ozodligi,  uning  sha'ni  va  qadr-qimmatini  himoya  qilish  kabi 

xalqaro  huquq  normalariga  izchil  amal  qilayotganligidan  dalolat  beradi.  Mazkur 

Qonunlarning o'ziga xos jihatlari ham borki, bu bevosita turmush tarzimiz va aholi 

ma'naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan hodisadir. Jumladan: 

—    Qonunda  aholi  hamda  jamiyatning  xolisona,  haqqoniy  va  xilma-xil 

axborotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish kabi hayotiy talablar o'z aksini topgan. 

—    «Axborot  olish  erkinliklari  va  kafolatlari»  Qonunning  2-moddasida  har  bir 

fuqaroga  axborot  olish  kafolatlanishi  va  davlat  tomonidan  himoya  qilinishining 

alohida ta'kidlanganligi ham muhim ahamiyatga ega. 

—    Bunday  Qonunlar  MDH  davlatlarida  hali  qabul  qilinmaganligi,  boshqa 

mamlakatlarda,  xususan,  demokratiya  nisbatan  rivojlangan  mamlakatlarda  esa 

kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi bilan ham diqqatga sazovor. 

Bir  so`z  bilan  aytganda,  O`zbekistonda  ommaviy  axborot  vositalari 

erkinligining  nafaqat  huquqiy  asoslarini  mustahkamlash,  balki,  shu  bilan  birga 

ularning  moliyaviy  mustaqilligini  ta`minlashga  qaratilgan  islohotlarga  alohida 

ahamiyat qaratilayotgani bejiz emas.  

 


Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin