Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi


  2-BOB.  Jamiyatni  demokratlashtirishda  ommaviy  axborot



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

 


 

26 


2-BOB.  Jamiyatni  demokratlashtirishda  ommaviy  axborot 

vositalarining ahamiyati. 

  2.1.  Ommaviy  axborot  vositalarining  fuqarolik  jamiyatini 



yuksaltirishdagi o`rni.  

 

 

Respublikamiz  Prezidenti  Islom  Karimov  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli 

fuqarolik jamiyati sari”

1

 degan shiorni kun tartibiga qo`ydi.  



O`zbekistonda  huquqiy  demokratik  davlat  qurish  va  adolatli  fuqarolik 

jamiyatini  shakllantirishdek  ezgu  maqsadlarni  ro`yyobga  chiqarish  yo`lida 

jamiyatimiz  a`zolarini  xolis,  tezkor  va  haqqoniy  axborot  bilan  ta`minlashda 

ommaviy  axborot  vositalarining  o`rni  va  mavqei  tobora  mustahkamlanib 

bormoqda. 

“Ommaviy  axborot  vositalari  to`g’risida”gi  qonunning  11-moddasida  qayd 

etilishicha: “O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari ommaviy 

axborot  vositalarini ta`sis  etish huquqiga egadirlar. Ommaviy  axborot  vositasi  bir 

necha  muassis  tomonidan  ham  ta`sis  etilishi  mumkin”.

2

  ayni  paytda, 



mamlakatimizda  yuzdan  ziyod  nodavlat  ommaviy  axborot  vositasi  faoliyat 

ko`rsatayotgani ham, ko`p jihatdan, ana shu imkoniyat samarasidir. 

Istiqlol  tufayli  fuqarolarimizning  dunyoqarashi,  tafakkuri,  huquqiy  ongi  va 

madaniyati  tubdan  o`zgardi.  Ularning  ijtimoiy-siyosiy  faolligi  oshdi.  Jamiyatda 

yuz  berayotgan  o`zgarishlarga  befarqlik  munosabatidan  voz  kechilmoqda, 

manfaatdorlik hissi qaror topmoqda. Demokratik ko`nikmalar fuqarolarimiz hayot 

tarziga tobora chuqur singib bormoqda.  

Vatandoshlarimizning  davlat  va  jamiyat  hayotida  faol  ishtirok  etishi  esa,  o`z 

navbatida,  jamiyatimizni  yanada  demokratlashtirish,  erkinlishtirish  va  fuqarolik 

institutlarini shakllantirish bilan chambarchas bog’liq. 

                                                 

1

 Karimov I. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizaciya va 



isloh etishdir. // O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O`Zbekiston”, 2005. 27-bet. 

2

 To`rtinchi hokimiyat: O`zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to`plami, - T.: 



“Mehnat”, 1998, 65-bet. 


 

27 


Fuqarolik  jamiyatining  eng  muhim  institutlari  sirasiga  nodavlat  notijorat 

tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari,  mahalla,  oila,  shaxs  kabi  turli  –tuman 

sub`ektlar  kirishini  nazarda  tutgan  holda,  shuni  ta`kidlash  o`rinlki,  fuqarolik 

jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri – jamoat birlashmalarini, 

nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishdir. 

Konstitutsiyamizning 

58-moddasida 

davlat 


jamoat 

birlashmalarining 

huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  etilishini  ta`minlaydi.  Ularga  ijtimoiy 

hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi, deb belgilab 

qo`yilgan. 

Hozirgi paytda mamlakatimizda 5 mingtadan ortiq nodavlat notijorat tashkilot 

faoliyat 

ko`rsatmoqda. 

Odamlar 

ongida 


demokratik 

qadriyatlarni 

mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda 

ro`y  berayotgan  demokratik  o`zgarishlarning  ko`lamini  kengaytirish  va 

chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir.

1

 



Milliy  qonunchilikka  muvofiq  ushbu  tashkilotlar  o`z  ommaviy  axborot 

vositalarini  ta`sis  etish  huquqiga  ega.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  muassis  va 

hamuassis  bo`lgan  ommaviy  axborot  vositlarining  soni  ko`p  bo`lgani  bois,  faqat 

xotin-qizlar  nashrlarini  misol  sifatida  sanash  bilan  kifoyalanamiz.  “Sanam” 

tadbirkor ayollar jurnali, “Saodat”, “Mashhura”, “Saida” jurnallari, “Aral kiuzlari” 

nohukamt  jurnali,  “Gulchehralar”,  “Oila  va  jamiyat”  respublika  gazetalari, 

viloyatlarda chop etiladigan “ayol olami”, “Oydin”, “Iqbol”, “Qizbibi”, “Ayol va 

jamiyat”,  “Ayol  va  zamon”,  “Xonadon”,  “Nafosat”  gazetalari  shular  

jumlasidandir.

2

  



Shuni ham aytish joizki, ayni paytda O`zbekiston Prezidentining 2004 yil 25 

maydagi  “O`zbekiston  Xotin-qizlar”  qo`mitasi  faoliyatini  qo`llab-quvvatlash 

borasidagi  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g’risida”gi  farmoni  va  ushbu  Farmon 

ijrosi  yo`lida  Vazirlar  Mahkamasi  qabul  qilgan  2004  yil  29  iyundagi  qaror 

doirasida  mamlakatimizda    ayollar  hayotini  yoritadigan  matbuot  nashrlari 

                                                 

1

 Karimov I.Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizaciya va 



isloh etishdir. //O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.: “O`zbekiston”, 2005, 28-bet. 

2

 O`zbekiston ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari. Ma`lumotnoma. – T.: 2000. 435-445-betlar.  




 

28 


faoliyatini  zamon  talablari  darajasiga  ko`tarish  borasida  sezilarli  ishlar  amalga 

oshirilayotir. 

Fuqarolik  jamiyatining  yana  bir  instituti  –  siyosiy  partiyalar  bo`lib,  ularga 

tegishli  ommaviy  nnashrlar  nafaqat    partiyaviy  mansubligi,  balki  soni,  davriyligi, 

tiraji, tarqalish ko`lamlari turlicha ekani bilan ham ajralib turadi. 

Tadbirkorlik  va  ishbilarmonlar  harakati  –  O`zbekiston  Liberal-demokratik 

partiyasining  nashri  –  “XXI  asr”,  “Adolat”  social  demokratik  partiyasi  nashri  – 

“Adolat”  gazetasi.  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasi  nashri  –  “Milliy 

tiklanish”  gazetasi,  “Fidokor”  gazetasi  esa  Fidokorlar  milliy  demokratik 

partiyasining  nashri  hisoblanadi.  Xalq  demokratik  partiyasi  boshqa  siyosiy 

partiyalarga  nisbatan  ko`proq  nashrlarga  ega.  XDP  Markaziy  kengashi 

“O`zbekiston  ovozi”,  “Golos  Uzbekistana”  gazetalari  va  “Muloqot”  jurnaliga 

muassisdir. Ushbu partiyaning joylarda ham bir qancha nashrlari chop etilmoqda.  

Fuqarolarning  o`zini  o`zi  boshqarish  organlarining  universal  nashri  sifatida 

“Mahalla” gazetasini tilga olish maqsadga muvofiqdir. 

Fuqarolik  jamiyatining  muhim  institutlaridan  yana  biri  –  ommaviy  axborot 

vositalari  bo`lib,  keyingi  yillarda  nodavlat  yo`nalishdagi  ommaviy  axborot 

vositalarining faollashgani ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanayapti. 

2005  yilda  respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  50  ta  nodavlat 

teleradiostudiya  rahbarlari  tomonidan  O`zbekiston  elektron  ommaviy  axborot 

vositalari  milliy  assosiasiyasi  /O`zeOAVMA/  ta`sis  etilgani  bu  jabhadagi  sa`y-

harakatlarni tamomila yangi bosqichga ko`tardi. O`zeOAVMA – nodavlat notijorat 

tashkilot bo`lib, bugungi kunda unga a`zo teleradiostudiyalar etmishdan ortiq kanal 

orqali  o`z  materiallarini  efirga  uzatmoqda.  Tarkibida  qariyb  bir  ming  besh  yuz 

nafar  ijodiy  va  texnik  xodim  ishlab  turgan  O`zeOAVMA  a`zolarining  umumiy 

auditoriyasi  yurtimiz  aholisining  qaryib  18  million  nafarini  tashkil  etadi.  Ular 

mamlakatimiz hududining 70 foizini qamrab olgan. 

Shunday  ekan,  O`zbekiston  elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy 

assosiasiyasi, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi kabi mustaqil, o`zini o`zi 



 

29 


boshqaruvchi,  hukumatga  qarashli  bo`lmagan  professional  tuzilmalar  paydo 

bo`layotganini aytish zarur. 

Jurnalistlar  ijodiy  uyushmasining  asosiy  maqsadi,  uning  Nizomida  qayd 

etilganidek:  “jurnalistlarning  jamiyatdagi  tutgan  o`rni  va  mavqeini  ko`tarish, 

mulkchilik  shaklidan  qat`i  nazar  turli  gazeta-jurnallar,  tele  va  radilkanallarda, 

nashriyotlar va axborot agentliklarida ishlayotgan, shuningdek erkin ijodkorlarning 

ijtimoiy-iqtisodiy,  ijodiy  hamda  mualliflik  huquqlarini,  sha`ni  va  qadr-qimmatini, 

davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalarining  muassislari  va 

noshirlari  oldidagi  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilishga  ko`maklashishdan 

iborat” (Nizomning II bob, 2.1-moddasi).

1

  

Endilikda  kasbga  doir  ana  shu  nodavlat  tashkilotlar  o`z  faoliyatini 



jadallashtirishi,  o`zaro  faoliyatini  muvofiqlashtirishga  intilishi  va  sohada  o`zini 

o`zi boshqarish tizimini izchil yo`lga qo`yishi kerak bo`ladi.  

Keyingi  yillarda  jurnalistlarning  geografik  joylashuv  yoki  ixtisoslashuv  kabi 

asoslarga  tayangan  holda  jamoatchilik  asosidagi  turli  kasb  tashkilotlari  tuzish 

tajribasi ommalashganini ham kuzatish mumkin. 

1999-2006  yillar  oralig’ida  “Ayol  jurnalistlar  klubi”,  Xorijda  tahsil  olgan, 

malaka  oshirib  qaytgan  o`zbek  jurnalistlarining  “33+”  klubi,  “Matbuot  kotiblari 

klubi”,  “Toshkent  jurnalistlar  klubi”,  shuningdek  vodiy  jurnalistlarining 

“Hamkor”, Buxoro jurnalistlarining “Reportyor” klublari, Sport jurnalistlari klubi, 

ekolog jurnalistlar assosiasiyasi kabi tuzilmalar tashkil topdi.

2

 

Ommaviy  axborot  vositalari  ishini,  jurnalistlar  hayoti  va  faoliyatini  har 



tomonlama  qo`llab-quvvatlash  muhim  va  mustaqillikni  mustahkamlashda  alohida 

ahamiyat kasb etadi.  




Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin