Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi


Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalari rolining



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalari rolining 

ortib borishi. O'zbekiston Mustaqillikka erishgandan so'ng ijtimoiy hayotning 

boshqa sohalari qatori ommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat 

vujudga keldi. Buning boisi shunda ediki, O'zbekistonda qurilayotgan o'ziga xos, 

                                                 

1

 Ushbu Nizom matni yuqorida zikr etilgan ta`sis konferenciyasida tasdiqlangan. Shuningdek, mazkur 



konferenciyada O`zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash ijtimoiy – 

siyosiy jamg’armasining ixtiyoriy ravishda uyushmaga kirish to`g’risidagi qarori ham inobatga olingan. 

2

 O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jurnalistlari. – T.: O`zbekiston Milliy matbaoi markazi. 2003, 280-bet.  




 

30 


o'ziga mos yangi jamiyat ommaviy axborot vositalari oldiga yangi vazifalar 

qo'ymoqda edi. 

Bular  yangi  jamiyatning  mohiyati,  yuz  berayotgan  ijtimoiy-siyosiy 

jarayonlar  mazmuni  haqida  ommaga  to'liqroq  tushuncha  berish,  istiqloldek 

muqaddas  ne'matning  olamshumul  ahamiyatini  adolatli  va  demokratik  jamiyat 

qurish  hamda  uning  ravnaqi  uchun  kamarbasta  bo'lish  zarurligini  har  bir  fuqaro 

ongiga  yetkazishdan  iborat  edi.  Yangilanayotgan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-

ma'naviy  jarayonlarni  hayotga  tatbiq  etishda  faol  ishtirok  etishga  da'vat  qilish, 

ularni ommaviy safarbarlikka chorlash darkor edi. 

Mustaqillikning  milliy  qadriyat  sifatida  e'zozlanishi,  uni  yangidan  yangi 

mazmun  bilan  boyitish  uchun  keng  jamoatchilik  fikrini  uyg'otish  tub  islohotlar 

samarasini oshirishning yetakchi omillaridan biridir. 

Ma'lumki,  matbuot  hamma  vaqt  rivojlanishning  har  bir  bosqichida  o'zi 

yashab  turgan  jamiyatning  manfaati  uchun  xizmat  qilgan,  uning  maqsad  va 

intilishlarini  targ'ib  qilgan,  yoqlab  chiqqan.  Zotan,  haqiqiy  xalqchil  matbuotning 

vazifasi  ana  shundan  iborat  bo'lmog'i  kerak.  Afsuski,  sho'rolar  tuzumi  davrida 

matbuot  yakka-yu  yagona  kommunistik  mafkura  g'oyalarini  targ'ib  qilgan,  uning 

rahnamolari yo'1-yo'riqlari asosida ish tutgan, ular topshirig'ini bajargan

1



Xalq  og'zida  matbuot  deb  atalgan  ommaviy  axborot  vositalari  amalda 



«barcha  g'alabalarimizning  ilhomchisi  va  tashkilotchisi»,  deb  bong  urilgan 

kommunistik  partiyaning  xizmatkoriga  aylangan  edi.  U  qizil  imperiyaning 

suyangan  tog'i,  totalitar  tuzum  manfaatlarini  himoya  qiladigan  G'oyaviy  qurolga 

aylangan  edi.  Tabiiyki,  bu  holat  omma  bilan  matbuot  o'rtasida  nomutanosiblikni 

vujudga keltirgan edi. 

Aslida matbuot omma fikrini o'zida ifoda etishi, shu asosda o'z sahifalarida 

xalq xohish-irodasini, umumxalq manfaatini va umumjamiyat istiqbolini ifodalashi 

lozim.  Shundagina  uning  obro'-e'tibori  oshib,  jamiyat  oldidagi,  xalq  oldidagi 

burchini xolisona ado etishi, erkin matbuotga aylanishi mumkin. 

                                                 

1

 O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va jurnalistlari. – T.: O`zbekiston Milliy matbaoi markazi. 2003, 281-bet. 




 

31 


O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so'ng  aytish  mumkinki,  matbuot  va 

boshqa  ommaviy  axborot  vositalarida  o'ziga  xoslik  paydo  bo'la  boshladi.  Endi 

gazetalar,  jurnallar,  radioeshittirish  va  teleko'rsatuvlarda  bevosita  respublikaning 

Mustaqilligiga  bag'ishlangan,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy-ma'rifiy  ahamiyatga 

egabo'lgan mavzularga keng o'rin beriladigan bo'ldi. 

Kezi kelganda shuni aytish kerakki, O'zbekiston ommaviy axborot vositalari 

endilikda  xorijiy  mamlakatlarda  yuz  berayotgan  voqea-hodisalar  haqidagi 

axborotlarni,  yangiliklarni,  o'sha  mamlakatlar  yoki  yirik  axborot  agentliklaridan 

bevosita, to'g'ridan-to'g'ri qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. 

Ayniqsa,  1996-yilning  may  oyidan  boshlab  respublikamizning  jahondagi 

yirik  kompyuter  tizimi  «Internet»  bilan  aloqa  o'rnatib,  undan  eng  muhim 

yangiliklarni qabul qilib olishning yo'lga qo'yilgani O'zbekiston axborot vositalari 

tarixida ulkan yangilik bo'ldi. 

«Internet»ning  bir  necha  yuz    million  abonenti  bo'lib  jahondagi  eng  yirik 

axborot markazlari unga a'zo bo'lishgan. U butun dunyo bo'yicha turli sohalardagi 

yangiliklarni qabul qilib oladi hamda ana shu yangiliklarni o'z abonentlariga tez va 

aniq yetkazib beradi. 

O'z  navbatida  respublikamiz  haqidagi  muhim  yangilik  va  axborotlar  ham 

mamlakatimizda  faoliyat  ko'rsatayotgan  xorijiy  axborot  agentliklari  vakillari  va 

muxbirlari  tomonidan  o'sha  mamlakatlar  axborot  vositalari  uchun  bevosita 

yetkazib  berilmoqda.  Axborot  almashinuvi,  dunyo  voqealaridan  xabardorlik,  yoki 

aksincha, dunyo sahnasiga chiqish, o'zini namoyon qilish imkoniyati tug'ildi. 

Mustaqillik tufayli gazeta sahifalari, radioeshittirishlari va teleko'rsatuvlarda 

mamlakatning  qadimiy  tarixi,  o'tmishi,  madaniyati,  sho'rolar  tuzumi  davrida 

taqiqlab qo'yilgan milliy qahramonlarimiz haqida, o'zbek xalqining o'ziga xos urf-

odatlari, aqidalari to'g'risida qiziqarli maqolalarga keng o'rin berildi. Ana shuning 

o'zi  endi  mamlakatimizda  hurriyat,  hurfikrlilik,  milliy  manfaatlarga  va  milliy 

ravnaqqa yo'l ochilganidan dalolat beradi. 

Shuningdek, 

matbuotda 

islom 

madaniyati, 



nazariyasi, 

tarixi 


va 

qonuniyatlarini  targ'ib  qilishga  keng  yo'l  berildi.  Buyuk  mutasawuf  allomalar 




 

32 


Hakim  at-Termiziy,  Imom  Buxoriy,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Shayx  Najmiddin 

Kubro,  Bahouddin  Naqshband,  Abduxoliq  G'ijduvoniy,  Abu  Mansur  Moturudiy, 

Marg'iloniy  hamda  boshqa  qator  tarixiy  shaxslar,  ulug'  donishmandlar,  xususan 

Sohibqiron  Amir  Temur  haqida  keng  miqyosli  maqolalarning  berib  borilishi 

jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otdi. 

Islom  dinining  boy  ma'naviy  imkoniyatlaridan  foydalanishga  imkon 

yaratildi.  Axloqiy  barkamollik  va  ruhiy  tozalik  uchun  zarur  omil  sifatida  uning 

taraqqiy  etishiga,  kundalik  turmush  tarzimizga  kirib  borishiga  keng  yo'l  berildi. 

Bularning  hammasi  O'zbekiston  matbuotining  oldingi  «qizil  yalovbardorlik» 

illatlaridan  qutulib,  sog'lomlashib,  xalqchil  va  oshkora  tus  ola  boshlaganidan 

dalolat  beradi.  Buni  ommaviy  axborot  vositalarining  demokratlashish  sari  qadam 

tashlayotganining yorqin dalili, deyish mumkin. 

Umuman  olganda,  istiqlol  erkin  fikrlashga,  har  kimning  o'z  fikrini  oshkora 

bayon  qilishga,  hurriyatga  keng  eshik  ochdi.  Hurfikrlilikni  barqaror  etishning 

yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi. Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari 

ko'paydi.  Demokratik  erkinlik  sharoitida  bir  necha  mustaqil  siyosiy  harakatlar, 

jamoat  birlashmalarining  nashrlari  tashkil  qilindi.  Xususan,  O'zbekiston  Xalq 

Demokratik  Partiyasining  «0'zbekiston  ovozi»  —  «Golost  Uzbekistana»,  «Vatan 

taraqqiyoti»  partiyasining  «Vatan»,  «Adolat»  sotsial-demokratik  partiyasining 

«Adolat»,  «Milliy  tiklanish»  partiyasining  «Milliy  tiklanish»,  Fidokorlar  milliy-

demokratik partiyasining «Fidokor» gazetasi, «Xalq birligi» harakatining «Birlik» 

gazetalari nashr qilina boshlandi. Qator vazirliklar, davlat qo'mitalari, uyushma va 

konsernlar  o'z  sohalariga  doir  nashrlar  tashkil  etishdi.  Bunday  gazeta  va 

jurnallarning  chiqishi  ma'lum  tarmoq  muammolarini,  o'ziga  xos  murakkabliklarni 

o'z vaqtida o'rganishga yordam beradi. 

Mustaqil  nashrlar  o'z  muassislari  g'oyalari  va  dasturlari  yo'nalishlari 

doirasida  mustaqil  ish  olib  boradilar.  Islohotlar  va  yangilanishlarga  o'z 

munosabatlari,  muammolarga  yondashish  usullari  bor.  Biroq,  yagona  maqsad  — 

istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq istiqboli ularni birlashtirib turadi. 



 

33 


Prezident  I.A.Karimov  ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  alohida 

ta'kidlab,  -  «Erkin  va  mustaqil  ommaviy  axborot  vositalari  har  tomonlama  rivoj 

topishi lozim. Ular haqli ravishda hokimiyatning to'rtinchi tarmog'i boiishi darkor. 

Ommaviy axborot vositalari hayotimizga kun sayin chuqurroq kirib borayotganini 

hozir hech kim inkor etolmaydi. Bu jarayonni tabiiy hoi, deb qabul qilmoqdamiz. 

Bugungi  kunda  nashrlar  soni  ko'payibgina  qolmasdan  —  hozir  490  ta  gazeta  va 

138  ta  jurnal  ro'yxatga  olingan  —  jamiyatni  rivojlantirish  va  davlat  qurilishida 

ularning ahamiyati va tutgan o'rni ham ortib bormoqda»  - degan edi (7-j., 390—

391-betlar).  Bulardan  tashqari,  hozir  respublikamizda  bir  qancha  telestudiya, 

viloyat,  shahar  va  tumanlarda  radio  studiyalar  va  4  ta  axborot  agentligi  faoliyat 

ko'rsatmoqda.

1

 



Mamlakatimizda  izchillik  bilan  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  ommaviy 

axborot  vositalari  zimmasiga  butunlay  yangi  vazifalarni  qo'ya  boshladi. 

Matbuotning  aholida  yangicha  ong  va  tafakkurni  shakllantirishda  ta'sirchan  qurol 

bo'lishini,  kishilarning  fikr  va  xohish-irodasining  erkin,  xolis  ifodachisi,  aytish 

mumkinki,  inson  manfaatlarining  izchil  va  faol  himoyachisi  bo'lishini  hayotning 

o'zi taqozo qilmoqda. 

Aslida  ham  shunday  bo'lmog'i  kerak.  Har  qanday  matbuot  organi  eng 

avvalo, xalq manfaati va mamlakat istiqbolini ko'zlashi lozim. Ana shunda u milliy 

qadriyatga  aylanadi.  Keng  jamoatchilik  tan  oladi.  Aks  holda  u  umummanfaat 

mulkiga emas, bir hovuch uyushgan xudbin shaxslarning beqadr mulkiga aylanadi, 

xolos. 

Shuni 


alohida 

ta'kidlash 

kerakki, 

demokratik 

jarayonlar 

ancha 


chuqurlashgan, demokratik matbuotga ega bo'lgan rivojlangan mamlakatlarda so'z 

va  frkr  erkinligi  asta-sekin  o'z  oqimi  bilan  kirib  kelgan.  Jamiyatni  tubdan  isloh 

qilish,  asrlar  mobaynida  shakllanib  qolgan  tushunchalarni  sindirish,  hurfikrlilikni 

turmush  tarziga  aylantirish  maqsadida  ana  shunday  qonunlarning  qabul  qilinishi 

O'zbekiston  uchun  katta  siyosiy,  madaniy,  qolaversa,  huquqiy  voqelikdir.  Ayni 

                                                 

1

 To`rtinchi hokimiyat: O`zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to`plami, - T.: 



“Mehnat”, 1998, 65-bet. 


 

34 


paytda  u  matbuot  jahon  andozalariga  moslashtirish,  fuqarolarni  erkin  fikrlashga 

o'rgatish va shu asosda jamiyatni sog'lom fikrlar asosida butunlay qaytadan qurish 

davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligini ko'rsatadi. 

Qolaversa,  xuddi  ana  shunday  qonunlarga  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo'stligi 

mamlakatlarida  ham  ehtiyoj  katta.  Biroq,  ularning  ayrimlari  boshboshdoqlikka 

aylanib  ketgan,  jilovsiz  va  yuzaki  demokratiya  ishqibozlari  bo'lsa,  ayrimlari  hali 

o'zlarini  yig'ib  olib,  xotirjam  fikrlash  imkoniyatiga  ega  emaslar.  Boshqacha  qilib 

aytganda hali bungacha yetib kelganlari yo'q. 

Ma'naviyatga  e'tibor,  so'z  va  fikr  erkinligiga  ma'naviy  mezon  sifatida 

yondashish,  hurfikrlilikka  yuksak  axloq,  komillik  va  ma'rifatlilik  ko'zgusi  sifatida 

qarash  uchun  eng  avvalo  jamiyatda  barqarorlik  mavjud  bo'lishi  kerak. 

Fuqarolaming maqsad va intilishlari yagona yo'lga safarbar etilishi, ular o'z ertasini 

va  olis  istiqbolini  aniq  ko'ra  bilishi,  uni  boshqarayotgan  hukumatga  qat'iy  ishona 

olishi darkor. Bunday vaziyat esa, aytish mumkinki, sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib 

chiqqan barcha Mustaqil mamlakatlar orasida faqat O'zbekistonda mavjud. 

Bunday  Qonunlarning  qabul  qilinishi  konkret  sharoitdan,  mavjud  ijtimoiy-

siyosiy jarayonlar oqimi natijasida kelib chiqqan hodisa bo'lib, O'zbekistonda turli 

fikrlar  va  qarashlar  rivojlanishining  o'zbekona  «modeli»  shakllanayotganining 

belgisi, demokratik qadriyatlarning O'zbekiston uchun xos bo'lgan ko'rinishlarning 

yuzaga kelishidir. 

1996-yil  2-avgustda  Oliy  Majlis  «Mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar 

to'g'risida»,  «Noshirlik  faoliyati  to'g'risida»  qonunlar  qabul  qildi.  Bular 

mamlakatimizda  ixtirochilik  va  badiiy  ijod  mualliflari  huquqini  himoya  qilishga, 

noshirchilik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Demokratiyaning,  konstitutsiyaviy  taraqqiyotni  ta'minlashning,  inson 

huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmatini himoya qilishning g'oyat muhim masalasi 

sifatida  televideniye  va  radioeshittirish  tizimini  milliy  g'oyalar  asosida  qayta 

shakllantirish,  uning  respublikada  iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  islohotlarning 

amalga  oshirishdagi  ta'sirini  kuchaytirish  maqsadida  1996-yil  7-mayda 

«0'zbekistonning  ijtimoiy  taraqqiyotida  televideniye  va  radioning  rolini  oshirish 




 

35 


chora-tadbirlari  to'g'risida»  Farmon  qabul  qilindi.  Unda  O'zbekiston  Davlat 

televideniye  va  radioeshittirish  Qo'mitasi  O'zteleradiokompaniyaga  aylantirildi. 

Uning vazifasi qilib quyidagilar belgilandi: 

Birinchidan,  axborotlarning  mafkuradan  mutlaqo  xoli  bo'lishini  nazarda 

tutgan  holda  aholi  hamda  jamiyatning  xolisona,  haqqoniy  va  xilma-xil 

axborotlariga ehtiyojini o'rganish va qoniqtirish; 

Ikkinchidan,  mamlakat  aholisini,  shuningdek,  chet  el  jamoatchiligini 

O'zbekistonning  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  hayotida  sodir  boiayotgan 

o'zgarishlar to'g'risida keng xabardor qilish va hokazolar. 

O'zbekiston  Respublikasida  2008-yil  holatiga  967  ta  ommaviy  axborot 

vositasi:  ulardan 681 ta gazeta, 189 ta jurnal, 4 axborot agentligi, 51 ta telestudiya, 

14  ta  radiostudiya  bundan  tashqari  49  ta  kabel  televideniyesi,  464  ta  elektron 

axborot  vositasi  yoki  Internet  faoliyati  ko'rsatib  turibdiki,  bu  mamlakatimizda 

OAVlarni  faoliyat  yuritishi  uchun,  fuqarolarning  axborot  olish,  axborot  uzatish, 

so'z  va  e'tiqod  erkinligini  amalga  oshirishlari  uchun  yaratilganligidan  dalolat 

beradi. 


Prezident I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-

yil  28-yanvardagi  qo'shma  sessiyasidagi  ma'ruzasida  O'zbekistonda  demokratik 

yangilanishlar  jarayonini  chuqurlashtirish  va  fuqarolarning  erkinliklarini 

ta'minlashning  g'oyat  muhim  sharti  bo'lgan  ommaviy  axborot  vositalarini 

rivojlantirish  uchun  demokratik  andoza-larni  joriy  etish  bo'yicha  aniq  va  izchil 

choralarni  amalga  oshirish  zarurligiga  alohida  e'tibor  berdi.  «Bu  boradagi  asosiy 

vazifa  —  mamlakatimizda  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonining  muhim 

tarkibiy  qismi  bo'lmish  matbuot,  televideniye,  radio  faoliyatini  yanada 

liberallashtirish,  ularning  mustaqilligi  va  erkinligini  ta'minlashdan  iborat»,  deb 

alohida uqtirdi.

1

 

Mazkur  ma'ruzada  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  yuzasidan 



Prezident  I.A.Karimov  2005-yil  10-martdagi  «Jamiyatni  demokratlashtirish  va 

                                                 

1

 Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat.  Matbuot va ommaviy axborot vositalari 



xodimlariga. 14.T. T.: “O`zbekiston”, 2006, 268-270-betlar. 


 

36 


yangilash,  mamlakatni  islohot  etish  va  modernizatsiyalash  maqsad  va vazifalarini 

amalga  oshirish  Dasturi  to'g'risida»  qaror  qabul  qildi.  Qaror  bilan  «Ommaviy 

axborot  vositalari  faoliyatini  demokratlashtirish  sohasidagi  islohotlarning  ustuvor 

yo'nalishlarini  amalga  oshirish  Konsepsiyasi»  tasdiqlandi.  Boshqacha  qilib 

aytadigan  bo'lsak  bu  —  sohaga  oid  qonunchiligimiz  bazasini  xalqaro  demokratik 

andozalar  asosida  qayta  ko'rib  chiqish  va  mustahkamlash  vazifasi  belgilangan 

muhim Konsepsiyadir. 

Shu  bilan  birga  bir  qator  yangi  me'yoriy  hujjatlar  ham  qabul  qilindi. 

Jumladan: 

— OAV vakillarini vakillik va ijro organlarida doimiy akkreditatsiyadan o'tkazish 

vositasida  jurnalistlarning  davlat  idoralarining  faoliyatidan  xabardor  bo'lib  turish, 

vaqtida  kerakli  axborotlar  olish  hamda  ularni  tezkorlik  bilan  jamoatchilikka 

yetkazish imkonini beradi; 


Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin