Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil Оʻzbekistonda hokimiyatlar bоʻlinishi prinsipi.
Оʻzbekistonda kоʻppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
Оʻzbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi оʻzgarishlar.
2008 yil 1 yanvardan e’tiboran “Xabeas korpus” institutining joriy qilinishidan maqsad nima edi?
sudyalar korpusini shakllantirishga kоʻmaklashuvchi komissiyalar tuzishdan maqsad nima?
Оʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.
Оʻz-оʻzini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi оʻrni.
2017-yil 3 fevral Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishidan maqsad va vazifalar nimadan iborat
Оʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.
7-MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. ОʻZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI (2 SOAT). Reja
Taraqqiyotning “оʻzbek modeli”.
Bozor iqtisodiyotiga оʻtilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va yangilashni izchil davom ettirish.
Agrar sektorni rivojlanishi.
Tayanch sоʻz va iboralar: Xususiy mulk, kichik biznes, “оʻzbek modeli”, “Amerika modeli”, “yapon modeli”, “SHved modeli”, Erxard (nemis) modeli, Turk modeli, “Xitoy modeli”, “Janubiy Koreya modeli”, Dehqon va fermer xоʻjaliklari uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi.
1.Taraqqiyotning “оʻzbek modeli”. Bozor iqtisodiyotiga оʻtilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi. Оʻzbekiston оʻz mustaqilligini qоʻlga kiritgach, taraqqiyotning eng muhim masalalardan biri, kelajakda оʻziga xos iqtisodiy taraqqiyot yоʻlini belgilash bоʻldi. Jahon tajribasi shuni kоʻrsatmoqdaki, оʻz mustaqilligiga erishgan davlatlarda ilk davrlarda ushbu masalada ayrim muammolarning vujudga kelishi tabiiy hol. Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligining qоʻlga kiritilishi birinchidan, milliy taraqqiyotimiz yоʻlini erkin tanlashda ulkan imkoniyat bergan bоʻlsa, ikkinchidan, eski sobiq ma’muriy buyruqbozlik tuzumiga barham berilishi yangi jamiyat qurish uchun shart-sharoit yaratilganligini uzil kesil tasdiqladi. SHu nuqtai nazardan, mamlakatimiz mustaqilligining qоʻlga kiritilishi demokratik jamiyat qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratibgina qolmasdan, оʻzimizga xos rivojlanish yоʻlini ham belgilab olishimizga imkoniyat yaratdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi avvalambor xоʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning sub’ekti turli xususiy mulk egalari, jumladan turli uyushmalar, davlat va xususiy sektor egalari, yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. XX asr oxirlariga kelib mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotini yagona andozaga solingan qoidalar bilan cheklab bоʻlmasligini, taraqqiyot modellarining ancha keng kоʻlamga ega ekanligi, ularni tanlashda har bir mamlakat оʻz ichki sharoitlaridan kelib chiqib ish olib borish zarurligi ma’lum bоʻldi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda turlicha hal etishga erishganlar. SHu sababli bugun dunyoda ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning «SHved modeli», «Amerika modeli», «YApon modeli» kabilar keng uchramoqda. Mazkur tamoyillar aslida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yоʻl bilan va qay yоʻsinda amalga oshirilishiga kоʻra bir-biridan farq qiladi. Umuman, dunyoda taraqqiyot modellarining umuminsoniy va milliy shakllariga xos bir qator tipik milliy modellari ham mavjud. Ular quyidagilar: Osiyo taraqqiyot modeli, Evropa modeli, Lotin Amerikasi modeli, Osiyo – Tinch okeani modeli, Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli, Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli, “Amerika modeli”, “yapon modeli”, “SHved modeli”, Erxard (nemis) modeli, Turk modeli, “Xitoy modeli”, “Janubiy Koreya modeli” va h.k lar amal qilmoqda. 327 Mamlakatimiz bugungi kunda оʻz kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yоʻlida ijobiy natijalarni qоʻlga kiritayotgani barchamizga ayon. Bu borada xalqimiz оʻtgan davrda оʻzining mustahkam irodasi, qat’iyat va matonati bilan jahon maydonida munosib hurmat-e’tibor qozonanayotgani ahamiyatga molikdir. Bunda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy negizlari mustahkamlangani, hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanish va оʻzgarishlar, mamlakatni modernizatsiya qilish yоʻlidagi ishonchli qadamlar dunyo jamoatchiligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilayapti. Mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, jahonda «оʻzbek modeli» deb nom olgan taraqqiyot yоʻlini tanlangani bejiz emas. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan ushbu modelning ma’no-mazmuni — davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan оʻzgartirish va yangilashda оʻz ifodasini topdi. Ular quyidagilar edi:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ya’ni mafkuradan xoli bоʻlishi;
Davlatning bosh islohotchilik vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bоʻlishi va ularni muvofiqlashtirib borishi;
Qonun ustuvorligini ta’minlash;
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
Islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslandi.
Ushbu tamoyilning asosiy negizi Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan 2010 yil noyabr oyida e’lon qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» da yana bir bor e’tirof etildi. SHu оʻrinda sоʻngi yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot оʻsishi va aholining real daromadlari qariyb 4 barobarni tashkil etgani, ayniqsa, ijtimoiy- gumanitar sohada erishilgan ulkan natijalar, xususan, aholini jtimoiy himoya qilishga yоʻnaltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobardan ortiqroqqa kоʻpaygani «оʻzbek modeli» bejiz xalqaro e’tirofga sazovor bоʻlmayotganini anglatadi. “Оʻzbek modeli” ning natijalari va taraqqiyotimizning munosib natijalari aholi turmush darajasida ham оʻz aksini topmoqda. Xususan, ushbu modelning hayotimizga joriy etilishi natijasida ijtimoiy hayotimizda tub оʻzgarishlar sodir bоʻldi. Jumladan, aholi turmush darajasining yaxshilangani natijasida onalar оʻlimi 2 barobardan kоʻproq, bolalar оʻlimi esa 3 barobarga kamaygani, odamlarning оʻrtacha umr kоʻrishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning оʻrtacha umr kоʻrishi 75 328 yoshga etgani ham Оʻzbekistonning XXI asrdagi rivojlanish dinamikasini yanada yaqqolroq namoyon etdi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy оʻsish sur’atlari keskin tushib ketgan, ishsizlik eng katta muammoga aylangan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning оʻsish sur’atlari keyingi besh yilda 8 foizdan ortiqni tashkil etib, har yili bir million atrofida yangi ish оʻrni tashkil etilayotgani, rivojlangan mamlakatlarda tashqi qarzlar kоʻpayib borayotgani jiddiy xavotir tugʻdirayotganda esa Оʻzbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmayotgani, davlat byudjeti yildan- yilga profitsit bilan bajarilayotgani milliy taraqqiyot modelining naqadar hayotbaxshligi va barqaror taraqqiyotning bu boradagi asosiy tamoyilga aylanganidan dalolat beradi. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida respublikamiz iqtisodiyoti bir tomonlama va asosan paxta etishtirishga yоʻnaltirilgan bоʻlib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjga chiqqan, xalqning qadr-qimmati toptalib, uning оʻzi va kelajagiga ishonchi sоʻngan edi. Оʻsha davrda qoloq ishlab chiqarishga ega bоʻlgan, sobiq ittifoqda aholi jon boshiga iste’mol darajasi bоʻyicha eng past оʻrinda turgan respublikani tarixan qisqa bir davrda mustaqillikka erishib, ulkan marralarni qоʻlga kiritadi. Buning natijasida mamlakat qiyofasi butunlay оʻzgarib, uning jahon hamjamiyatidagi оʻrni va nufuzi yuksaldi. Ayni paytda dunyo hamjamiyati yurtimizning оʻz yоʻlidan ogʻishmay, sobitqadamlik bilan borayotgani, fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan yutuqlarga erishayotgani, barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotga asoslangani, demokratik huquqiy davlat va rivojlangan mamlakatimizda inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat darajasiga kоʻtarilganini e’tirof etmoqda. Bu, shubhasiz, xalqimizning оʻz oldiga qоʻygan yuksak marralar sari muvaffaqiyat bilan ilgarilayotgani natijasidir. Taraqqiyotning “оʻzbek modeli” asosida jahon tajribasidan kelib chiqib Оʻzbekiston оʻziga xos istiqlol va taraqqiyot yоʻlini belgilab oldi. Ular quyidagilarda оʻz ifodasini topdi: 1. Оʻz yоʻlimizning shart-sharoiti va zaminlarinining mavjudligi. 2. Оʻzbekistonda demokratik va ijtimoiy adolat jamiyat qurish. 3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat olib borish. 4. Ijtimoiy jihatdan yоʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil Оʻzbekiston ichki siyosatining negizlarining muhimligi. 5. Mustaqil Оʻzbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini rivojlantirish. Mutaxassislar, ekspertlar tomonidan demokratik huquqiy davlat qurishning jahon tajribasi оʻrganilib davlatimiz tomonidan Оʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va tamoyillarini qabul qilish bilan birga, unda Оʻzbekistonning оʻziga xos xususiyatlari har tomonlama asoslab berildi. SHundan sоʻng jamiyatimizda siyosiy 329 hayotning barcha sohalari, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jadallik bilan olib borilmoqda. Bizningcha, Оʻzbekiston fuqarolarining mustaqil taraqqiyot yоʻlidan sobitqadamlik bilan rivojlanib borishining siyosiy va iqtisodiy yоʻnalishlari belgilab berildi. Оʻzbekistonning mustaqillik taraqqiyot yоʻli bilan «Оʻzbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bоʻlib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning goyaviy, nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib оʻtadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. «Оʻzbek modeli» Оʻzbekistonning оʻziga xos bоʻlgan taraqqiyot yоʻli bоʻlib, bu yоʻl mamlakatimizning tarixiy milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarini hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yоʻnaltirilgan islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturulamaldir.
2.Fuqarolik jamiyati taraqqiyotning maqbul yоʻli va afzalligi inkor qilib bоʻlmaydigan haqiqatdir. Lekin bu uni shunchaki qanday bоʻlsa, shundayligicha Оʻzbekistonga tadbiq etsa bоʻlaveradi, degani emas. Aksincha, masalani muvaffaqiyatli echish uchun xalqning kоʻp ming yillik tarixi, siyosiy tajribasi, milliy mentaliteti, aql zakovatiga tayanib ish yuritish muhim. Fuqarolik jamiyatining yurtimiz ravnaqini ta’minlash uchun millatlarning оʻziga xosligi, madaniy va ma’naviy qadriyatlari, mamlakatning geografik joylashuvi, unga monand holda asrlar osha ajdodlar tomonidan shakllantirilgan xоʻjalik yuritish vositalari va kоʻnikmalari hamda insonlararo aloqalar ham hisobga olinganligi bejiz emas. Оʻzbekistonning оʻziga xos taraqqiyot yоʻli nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta оʻzgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan оʻtdi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichining vazifalari bu, mustaqil davlatning amal qilishini ta’minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga оʻtishning qonunchilik asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyasiyaga qarshi kurashish va aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanar edi. Ma’lumki taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yоʻlini tanlagan Оʻzbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mоʻ’tadillashtirishga yordam beradigan оʻrta mulkdorlar tabaqasining paydo bоʻlishi demakdir. Bu borada qator qonunlar qabul 330 qilindi. Darhaqiqat, Оʻzbekiston оʻz mustaqilligini qоʻlga kiritgandan sоʻng, dastlabki kezlarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991 yil 18 noyabrdagi Оʻzbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tоʻgʻrisida” gi qonuni muhim ahamiyatga ega bоʻldi. Unga kоʻra mulkchilik shakllarini оʻzgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qоʻyildi. Albatta, ushbu qonunning qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yоʻnalishlarini belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xоʻjaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996 yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xоʻjaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xоʻjalik, 19 ming kishi kоʻchmas mulk egasi bоʻlib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirish yоʻlidagi muhim qadamlar qоʻyilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996 yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yоʻnalishlarida salmoqli institutsional оʻzgarishlar sodir bоʻldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat kоʻrsatish sohalari, matlubot jamiyati ob’ektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, оʻrta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, kоʻp ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xоʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi оʻlaroq iqtisodiyotda tub sifat оʻzgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bоʻlmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995 yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xоʻjaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. Barcha kapital mablagʻlarning 44 foizdan ortiqrogʻi uning hissasiga tоʻgʻri keldi. 2000 yilgacha xalq xоʻjaligida band bоʻlganlarning 64 foizi ana shu sektorda mehnat qilgan. Bu esa оʻsha kezlarda bozor munosabatlariga оʻtish muammolarini sinchkovlik bilan оʻrganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor qaratishni taqoza etar edi. Ayniqsa endigina bozor 331 psixologiyasi odamlar ongida shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni ochish zarur edi. Respublika оʻz mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga kоʻmaklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qоʻllab- quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995 yil iyul), «Madad» sugʻurta agentligi (1995 yil 26 iyun), Оʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996 yil mart) hamda ularning hududiy bоʻlimlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xоʻjaliklari uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi. Ammo оʻsha kezlarda sohada qator muammolar ham mavjud bоʻlib, ularning mvjud holati bir necha yillar taraqqiyotga tоʻsiq bоʻlib keldi. Xususan, 1999 yil 1 iyunga qadar rоʻyxatdan оʻtgan korxonalar tarkibida kichik va оʻrta korxonalar salmogʻi kommunal xоʻjalikda 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda 89,3%, qishloq xоʻjaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 96,6%ni tashkil etgan bоʻlsada, amalda esa rоʻyxatdan оʻtib, оʻz faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20% ni tashkil etgan xolos. Qolganlari esa turli sabalar bilan yopilib ketgan bоʻlib, buni quyidagi misollar ham tasdiqlaydi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, respublika bоʻyicha 1996 yilda tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20%, 1998 yili esa 3700 ta korxonadan 70% tugatilib ketgan. SHu boisdan kоʻpgina tadbirkorlar faoliyat bilan shugʻullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qоʻyib, uni oxirigacha etkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qоʻyganlar. Masalan, 2000 yilning оʻzida faqat Toshkent shahar bоʻyicha tugatish jarayonida turgan kichik biznes sub’ektlari 4666 ta bоʻlib, ulardan 54,7% yoki 2552 tasida ta’sischilar bоʻlmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6% ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bоʻlgan. Ushbu muammolarni tоʻgʻri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan Prezident SHavkat Mirziyoyev 2017-yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “YUrtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti? CHunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari kоʻp. Ochigʻini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga оʻzimiz, davlat idoralari yоʻl qоʻymayapmiz. Hech kimga kerak bоʻlmagan tartib-tamoyillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda kоʻpgina amaldorlar faqat оʻz shaxsiy manfaatini оʻylab ish kоʻrmoqda. Bundan buyon bu sohani qоʻllab- quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal barqaror rivojlantirish 332 yоʻlidagi tоʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish bоʻyicha zarur choralar kоʻriladi”13, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta. Agar yaqin tariximizga murojaat qilsak, 1998 yil 9 aprelda Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va оʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora- tadbirlari tоʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001 yil 22 avgustda esa Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat rоʻyxatidan оʻtkazib va hisobga qоʻyish tizimini takomillashtirish tоʻgʻrisida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni ragʻbatlantirish bоʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etildi. Kichik va оʻrta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «Оʻzulgurjisavdo» orqali moddiy-texnika resurslari sotildi.
Оʻzbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlikning оʻsish dinamikasi (2005-2017-yillar)
Kоʻrsatkichlar
2005 y.
2007 y.
2010 y.
2013 y.
2017 y.
YAlpi ichki
maxsulot
38,2
45,5
52,5
55,8
54,9
Sanoat
10,0
13,2
19,6
23,0
39,6
Qishloq
xоʻjaligi
85,7
97,5
97,9
98,2
99
Qurilish
50,9
55,4
52,3
72,7
65,1
Eksport
6,0
14,8
13,6
18,0
27
Investitsiya
24,0
23,7
30,8
35,5
32
Mustaqillik yillarida soha rivoji tahliliga kоʻra yana raqamlarga murojaat etilsa, 2003 yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida kоʻplab kichik va оʻrta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish оʻrinlari yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003 yilda 1 milliard 200 million sоʻmlik xayriya yordami kоʻrsatilgan. Ikki yoshgacha bоʻlgan bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard sоʻm miqdorida moddiy kоʻmaklar 2003 yilda 25 mingdan ziyod yolgʻiz pensioner va nogironlarga 630 million sоʻmlik moddiy yordamlar kоʻrsatilgan. Sоʻnggi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xоʻjaliklarida ish bilan band aholi soni ham yil sayin ortib, 2007 yildagi 2094,2 ming kishidan 2011 yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga kоʻpaygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bоʻlgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bоʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega bоʻlmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bоʻlganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta kоʻpaygan. Dehqon xоʻjaliklarida ish bilan band bоʻlgan aholi soni 1472,5 ming kishidan 1745 ming kishiga yoki 18,5 % ga ortgan. Bu esa amalga oshirilayotgan oqilona iqtisodiy tizim tufayli bandlikning kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi aholining tadbirkorlik qobiliyati va bunyodkorlik mehnati salohiyatini namoyon qilishga kоʻmaklashuvchi samarali shakllari rivojlanayotganligini anglatmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faol qоʻllab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga tоʻgʻri kelgan bоʻlsa, 2008 yilda bu kоʻrsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga оʻsgan. 2010-2016 yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish оʻrinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017-yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish оʻrni bilan), qishloq xоʻjaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish оʻrni bilan) va xizmat kоʻrsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish оʻrni bilan) rivojlantirish bоʻyicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingdan ortiq ish оʻrinlari tashkil etishga erishiladi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi tоʻgʻrisida”gi PF- 5467-sonli Farmonida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturini amalga oshirish va unda tadbirkorlar ishtirokiga oid bоʻsh turgan er maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga “nol” qiymatda berish hamda uni amalga oshirishda tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari “Obod mahalla” jamgʻarmasining moliyalashtirish 334 manbalari qilib belgilangan14ligi ushbu tizim qonunchiligidagi muhim voqeadir. Unga muvofiq, mahalla hududlarida bоʻsh turgan er maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga «nol» qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalari va hunarmandchilik markazlari tashkil etildi.
3.Оʻz navbatida, 2018-yilning Оʻzbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qоʻllab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi tadbirkorlar faoliyatini takomillashtirish yоʻlida yana bir katta amaliy qadam bоʻldi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki berdi. YA’ni, Davlat dasturiga muvofiq, ayniqsa shu paytga qadar aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, davlat dasturlarini amaliyotga tadbiq etish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, aholi, ayniqsa tadbirkorlarning tashabbuslarini yanada qоʻllab quvvatlash, ularning mulk huquqi bilan bogʻliq muammolarini hal etish borasida qator muammolar mavjud edi. Bunda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi yоʻq edi. Unga kоʻra Оʻzbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, ragʻbatlantirish va qоʻllab-quvvatlash siyosati kompleks tarzda amalga oshirildi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Оʻzbekiston iqtisodiyotida kichik bizesning ulushi, % hisobida15 Sohalar 2000 y 2005 y 2010 y 2015 y Yalpi ichki maxsulot ishlab chiqarishda Sanoatda, Investitsiyalarda, Qurilish sohasida, Eksportda, Aholi bandligida, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi tоʻgʻrisida”gi PF- 5467-sonli Farmoni. Prezidentning 2018-yil 1 avgustdagi «Оʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari tоʻgʻrisida»gi PF- 5495-sonli Farmoni ham muhim ahamiyatga ega bоʻldi. Ushbu me’yoriy hujjat mamlakatda tоʻgʻridan-tоʻgʻri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratishni ta’minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamladi. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora- tadbirlari tоʻgʻrisida”gi farmonida 2020-yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyati- yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda, bir yoki bir nechta davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi tоʻgʻrisida e’lonlar berish talab etilmasligi, bunda tegishli ma’lumotlar rоʻyxatdan оʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtirilishi belgilandi. Farmonga kоʻra, davlat rоʻyxatidan оʻtkazilgandan boshlab moliya-xоʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bоʻlmagan korxonalarning moliya xоʻjalik faoliyati tekshirilmasligi, davlat soliq xizmati organlari tomonidan оʻtkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xоʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etishi belgilandi. Farmonga muvofiq moliya-xоʻjalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona tоʻgʻrisidagi mavjud ma’lumotlarni olish tadbirkorlik subektlarini davlat rоʻyxatidan оʻtkazish va hisobga qоʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi. SHuningdek korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati rоʻyxatdan оʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish tоʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerakligi kоʻrsatildi. 2019-yilning 13 avgustida tadbirkorlarning muammolarini qonuniy hal qilish, sohada samarali tizimi yaratish maqsadida Оʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xоʻjaligiga mоʻljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish tоʻgʻrisida” gi qonun va Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qоʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bоʻyicha qоʻshimcha chora- tadbirlar”, shuningdek “Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tоʻgʻrisida” gi farmoni qabul qilindi.
4. Оʻzbekistonda agrar islohotlar va aholini ijtimoiy himoyalashning оʻziga xos xususiyatlari. Qishloq xоʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xоʻjaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xоʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xоʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yоʻnalishidagi fermer xоʻjaliklari tashkil etila boshlandi. Agar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi. YAqin tariximizda bu borada chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari tоʻgʻrisida»gi, 1994 yil 23 fevralda «CHorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari tоʻgʻrisida», 1995 yil 24 martdagi «CHorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qоʻllab – quvvatlash chora – tadbirlari tоʻgʻrisida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga kоʻra, 1995 yilda jamoa xоʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan gоʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu davrda agrar soha fermerlik yоʻnalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qоʻy, echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bоʻlib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada 1990 yilda respulikada bironta ham fermer xоʻjaligi faoliyat yuritmagan bоʻlsa, qishloq xоʻjaligi ekin maydonlarining xоʻjalik shakllari bоʻyicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi erlar 632,2 ming gektarga, 2010 yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan. Vaholanki 1990 yilda Оʻzbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xоʻjaliklar maxsus shirkatlar, qorakоʻlchilik fermalariga tegishli er maydonlari 3 mln 974 ming gektar bоʻlgan bоʻlsa, 2000 yilga kelib ularning erlari fermer xоʻjaliklariga bоʻlib berilib, оʻsha qishloq xоʻjalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 yilda umumiy er maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xоʻjaliklar erlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi. 2000 yilllardan boshlab agrar sohada fermer xоʻjaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Fermer xоʻjaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8- sonli «Qishloq xоʻjaligi korxonalarini fermer xоʻjaliklariga 337 aylantirish chora-tadbirlari tоʻgʻrisida»gi qarori va 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xоʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi tоʻgʻrisida»gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan. Agar 2001 yilda respublikada faoliyat kоʻrsatayotgan fermer xоʻjaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bоʻlgan bоʻlsa, 2006 yilga kelib 189235 birlikka etgan, yoki 3,4 baravar oshgan. Xоʻjaliklar sonining tahlil davridagi оʻrtacha yillik оʻsishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xоʻjaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xоʻjaliklari tashkil etiladi. Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi оʻzgarishlar 2000 yillar oxiriga tоʻgʻri keladi. Puxta оʻylangan dastur asosida 2008-2010 yillar davomida оʻtkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga kоʻra fermer xоʻjaliklarining er maydonlari hajmi kamaytirildi. Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011 yil yakuniga kоʻra, respublikamizdagi fermer xоʻjaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xоʻjaligiga tоʻgʻri keladigan оʻrtacha er maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha kоʻpaytirishga erishildi. Оʻrtacha bir fermer xоʻjaligiga tоʻgʻri keladigan er maydonini tarmoqlar bоʻyicha olib qaraydigan bоʻlsak, bu kоʻrsatkich оʻsha davrda paxtachilik va gʻallachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bogʻdorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bоʻlgan. Keyingi yillarda qishloq xоʻjaligi maxsulotlari etishtirish hajmining оʻsishi оʻrtacha 6 7 foizdan kam bоʻlmagan. Birgina 2015 yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yigʻishtirib olindi. Gоʻsht ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer hоʻjaliklari faoliyat kоʻrsatayotgan bоʻlib, ularning 36 mingdan ortigʻi kоʻp tarmoqli yirik sub’ektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda, qоʻshimcha tarmoqlarni оʻzlashtirishga harakat qilishyapti. Оʻzbekistonda etishtirilgan meva sabzavotlariga bоʻlgan talab dunyo miqiyosida talab ortib bormoqda. SHu bois ham, hukumat tomonidan istiqbolda oziq ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020-yillar davrida qishloq xоʻjaligini qayta shakllantirish 338 va rivojlantirish chora tidbirlari tоʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. CHunki, bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti ogʻir, kam rentabelli ekin maydonlariga paxta va gʻalla оʻrniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yaqin besh yilda boshoqli don etishtirish hajmini 8,5 mln tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35% ga, sabzavotlarni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, gоʻsht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 43,7 foizga, tuxum etishtirishni 74,5 foizga kоʻpaytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga oshirish mоʻljallanmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xоʻjalik mahsulotining 40 foizdan ortigʻini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi. Ushbu sohada ham erkin bozor mehanizmlari shakllantirilgani, kоʻplab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. CHorvachilik fermer xоʻjaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini kоʻpaytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan kоʻproq naslli qoramollar olib kelindi. Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligi barchaga ayon. Agrar sohada zamonaviy fan texnikani puxta biladigan trener- оʻqituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida kоʻrsatilgan оʻqitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog kadrlarning etishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir. SHu boisdan yoshlarning agrar sohada biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini rоʻyobga chiqarishga kоʻmaklashish va qоʻllab-quvvatlash, band bоʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bоʻlgan mutaxassisliklar va biznes yuritish kоʻnikmalariga оʻqitish, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan «YOshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi. SHuningdek, «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida ularning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi miqdorida kreditlar ajratilishi оʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga xizmat qiladi. Оʻzbekistonning kuchli ijtimoiy siyosati.