Oʻzbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‘shil-maslik harakatiga qabul qilindi. Bo‘lg‘usi jahon Parlamentining tim-soli boTmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi.
Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93-va 94-konfe-rensiyalarida hamda YXHT Parlament Assambleyasining har yili o‘tkaziladigan sessiyasida muntazam qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YXHT Parlament Assambleyasining Vitse-prezidenti etib saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlarda Oʻzbekiston vakillari ma’ruza va axboroʻllar bilan chiqdilar, qator takliflami o‘rtaga tashladilar. Shu tariqa respublika Parlamenti a'zolarining ovozi xalqaro maydonda baralla yangramoqda. Davlatimizning obro‘-e’tibori mustahkamlanib, xalqaro miqyosda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda.
Mustaqillikning ilk damlaridayoq Oliy Majlis Raisi E.X. Xali-lovning Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Shveysariya, Belgiya, Bolgariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qancha mamiakatlarning davlat boshliqlari, parlament va vakolatxonalar boshliqlari bilan uchrashuvlari boʻlib o‘tdi. Oliy Majlisda o‘n uchta parlament delegatsiyasi, shu jumladan GFR, Yaponiya, Quvayt, Lit-va, Latviya, Pokiston, Bolgariya va Turkiya mamlakatlarining parla-ment delegatsiyalari, Shveysariya, Xitoy, GFR va Litvaning rasmiy hukumat delegatsiyalari, turli xalqaro tashkilotllarning o‘n uch nafar vakili, xorijiy davlatlaming Oʻzbekistondagi elchilari va elchixonalari hamda vakolatxonalari xodimlaridan 28 kishi, shu jumladan, Fransiya, GFR, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Hindiston namoyandalari qabul qilindi. Oʻz navbatida Oʻzbekiston parlamenti a'zolarining delegatsiyalari bir qancha davlatlarda, shu jumladan, AQSH, GFR, Turkiya kabi mamlakatlarda boʻlishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotllar-Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo va Tinch okean havzasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Qo‘mitasi (UNESKO) va boshqa tashkilotllar a'zosidir.
Dostları ilə paylaş: |