Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə26/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

1992-yil 2-martda Oʻzbekiston Respublikasi o‘z tarixida birin-chi bor jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan munosib o‘rin olishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, Toji-kiston va Afg‘oniston mojarolari, narkobiznesga qarshi kurash-ni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflami o‘rtaga qo‘ydi.
Oʻzbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bu nufuzli tashkilot tomonidan inobatga olinib, 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta’sis etilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning Oʻzbekistondagi vakili qilib yuborildi.
Bugimgi kunda BMTning Oʻzbe-kistondagi vakolatxonasi respublikada BMTning taraqqiyot Das-turi, Sanoat taraqqiyoli Dasturi, qochoqlar ishi bo‘yicha vakillari Oliy Komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotiklami nazorat qilish bo‘yicha Dastur, Bolalar jamg‘armasi singari ixtisoslashgan muassasalami o‘z tarkibiga bir-lashtirishga muvaffaq boʻldi.
Oʻzbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustah-kamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlami amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a’zo boʻlib kirdi. I.Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda boʻlib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va uning 10-iyulda boʻlgan majlisiga raislik qilishi Oʻzbekistonning ja-hon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi.
Oʻzbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‘tka-zishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda boʻlib o‘tgan BMTning 48-sessiyasida Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma'ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron davlat sifatida tanitdi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin