Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki to-monlama manfaatli hamkorlik qilishi rnumkin. Oʻz



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə34/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki to-monlama manfaatli hamkorlik qilishi rnumkin. Oʻzbekiston jahonning yirik samolyotsozlik kompaniyalari bo‘lmish «Boing», «Yevropa Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o‘matgan. Oʻz navbatida Isroil samolyotsozlik zavodi-«Isroil eyrkraft indastriz LTD» korpo-ratsiyasi ham jahonda o'znufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun hamda harbiy sohalar bo‘yicha samolyoilar, ulaming ehtiyot qismlari ishlab chiqariiadi. Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi fao-liyati ham e'tiborga molik. Uni 1998-yilgi savdosi 2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanayotir. Bu hazilakam ko‘rsatkich emas.
Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston davlat va hukumat boshliqlarining Oʻzbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar
esa davlatlararo munosabatlami yanada rivojlantirishga xizmat qil-moqda.
1992-yil 28-noyabrda Oʻzbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotllariga a’zo boʻlib kirdi.
1992-yil 10-mayda Ashxobodda Oʻzbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlari «Trans-Osiyo» temir yoTini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad temir yoli qurilishi haqidagi bitimni, bojxona xiz-matini tashkil qilish, shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash haqidagi hujjatlami imzoladilar.
Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999-yil 10-11-may kunlari EKO-Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnas-hish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotini 1977-yili Pokiston va Tur-kiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yili Oʻzbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ozarbayjon vaAfg‘onistonning qo‘shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, unga a’zo boʻlgan davlatlaming iqtisodiy, madaniy sohalarda ham-korlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, Birinchi Prezident I.Karimov doimo EKO-iqtisodiy tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini si-yosiylashtirish va mafkuralashtirishga yo‘1 qo‘yib boʻlmasligini qafiyat bilan ta’kidlab keladi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning EKO faoliyatida qatnashi-shidan ko‘zda tutilgan maqsadlar haqida ham to‘xtaldi. Birinchidan, bu tashkilot ishida ishtirok etish bizga qo‘shni davlat bilan o‘zaro munosabatlami yanada mustahkamlash uchun zamr. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ikkinchi maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolami birgalikda hal etish, tarixiy zamini bir boʻlgan xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalami mustahkamlashdan iboratdir. Uchinchidan, eng muhim vazifa-bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyoʻlga erishish qiyin.
So‘ng sammit qatnashchilari-Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog’iston, Qirg’iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmanis-ton davlat va hukumat boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh kotibi hamda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotllar vakillarining nutq va ma’ruzalari tinglandi.
Notiqlar EKO doirasidagi hamkorlik berayotgan ilk samaralar haqida to‘xtalib, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyot, madaniyat, kommunikatsiya sohalarida birgalikda amalga oshirajak loyihalari taraqqiyotimizni tezlashtirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar. Tashkilot faoli-yatini kengaytirish va takomillashtirish yoʻllarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari har qanday xalqaro tashkilotning, jumladan, EKO va uning ijroiya qo‘mitalarining faoliyati ham baholashda amaliy ishlar asosiy mezon boʻlishi lozimligiga sammit qatnashchilarining e'tiborini qaratdi. Xalqlarimizga quruq va'dalar, balanpar-voz shior va tashabbuslar emas, balki amaliy, aniq ishlar kerak. Hech kim bunday yuksak minbarlardan siyosiy obro‘ orttirish, boshqalarga o‘z qarashlarini tiqishtirish maqsadida foydalanmasligi lozimligini ta'kidladi.
Sammit qatnashchilari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘na-lishlari, EKOning kelgusi faoliyatini takomillashtirish yoʻllari belgi-langan Almati Deklaratsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, a’zo mam-lakatlar o‘rtasida yuk tashish borasidagi to‘siqlami bartaraf etishga, kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan hukumatla-raro hujjatlar ham qabul qilindi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin