Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə36/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999-yil 6-aprel kuni «Do‘rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyu-kay» korporativ rahbarlar uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor beradi. 1995-yildan buyon Yaponiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-yilda 117 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz ko‘p.
Oʻzbekiston-Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loyihalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Ko‘kdumaloq va Sho‘rtandagi
neftgaz sanoati inshooʻllarini shular jumlasiga qo‘shish mumkin. Yaponiyaning Oʻzbekistonga imtiyozli kreditlar berayotgani ham diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o‘nlab firma va kom-paniyalari Oʻzbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo‘yicha ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kom-munikatsiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizga tashrifi chog‘ida Yaponi-ya delegatsiyasi a’zolariga xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar ro‘yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz qurilishi boshlab yuborilgan Andijon-sh-Qashqar temiryo‘li va shu yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li haqida ham so‘zlab, Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash doirasida amalga oshirilayotgan bu loyiha Oʻzbekistonni Xitoy portlari orqali Yaponiya bilan bog‘lashini ta’kidladi.
Oʻzbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashki-lotning Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiyani doimiy a’zo sifatida qabul qilish tashabbusini ilgari surgan davlatdir.
Ta'kidlash joizki, Oʻzbekiston-Yaponiya iqtisodiy munosa-batlarining rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o‘rin tutadi. Masalan, mamlakatdagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalarning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu uyushma tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar ajratishni ko‘zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o‘ziga xosligi va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotllaridan farqi shuki, uning a’zolari garchi yirik firma va kompaniyalar rah-bari boʻlishiga qaramay, oddiy tahlilchiiqtisodchi sifatida ishlaydi. Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda Yaponi-ya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a’zo bor. Yana bir jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masalaga aralashmaydi. Uning a’zolari yirik ishbilarmonlaming siyosiy maydonidagi o‘mini yaxshi anglasada, faqat iqtisodiy tahlil va tadqiqoʻllardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Birinchi Prezident I.Karimov mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, Oʻzbe-kistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi moliyaviy muassasalar bilan hamkorligi borasida so‘zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda Oʻzbe-kistonni ziyorat etganidan so‘ng, bu yerda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilganiga guvoh boʻlganini ta’kidladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lishiga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani amalga oshirayotgan islohoʻllaringizga ishonchimizni yanada oshiradi,-dedi mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq davlat iqtisodiy rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a'zosi Taro Aso ham bor. Prezidentimiz bilan uchrashuvda u Yaponiya hu-kumatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya so-hasini zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofazasi uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajra-tildi. Ayni paytda Oʻzbekistonda Yaponiya markazini ochish imkoni-yatlari o‘rganilmoqda.
Muloqot chog‘ida Oʻzbekiston bilan Yaponiya korporativ rah-barlar uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlami rivojlantirishga qaratilgan boshqa ko‘plab masalalar ham muhokama qilindi.
E’tirof etmoq kerakki, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqli-gini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil Oʻzbekiston diplomati-yasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘mi alohida ekanini tan olayotganligi ham bejiz emas.
Oʻzbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo‘nalishi, inson-parvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yoTiga ega boʻlishdir. Shu bois ham o‘tgan besh yil davomida mamlakatimiz 120 dan ortiq davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘matgan, Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi Oʻzbekistonda o‘rindoshlik yoli bilan ishlab turibdi. Bular shubhasiz, Oʻzbekiston o‘tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘mini egallashga muvaffaq boʻlganligidan dalolatdir.
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvo-fiqlashtimvchisi janob Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda boʻlib o‘tgan «Bu)uik Ipak YoTini, Madaniy Sayyohlikni qayta tiklash va Oʻzbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo‘yicha Xalqaro Konfe-rensiyada so‘zlagan nutqidan ko‘chirma.
«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o‘zak jihatlardan biridir. Insoniy taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson bo‘lgan tanlashni, birinchi navbatda daromadlarga daxldor bo‘lgan tanlash-ni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-muhitni tanlashni, ularning bir qismi bo‘lgan madaniyatga o‘z hissalarini qo‘shish va unda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. Q‘z navbatida tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlami va odamlarda mavjud bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishni talab etadi.
Agar madaniyat deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivoj-lantirish uchun uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish degan ta'rifini qabul qilsak, ana shu ikki tushuncha o‘rtasidagi mu-him aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini qanchalik kengaytirishi mumkinligida namoyon boʻlishi mumkin.
Qdamlar va madaniyatlar o‘rtasidagi dialog hamda o‘zaro ham-korlik, hamjihatlik o‘z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri insoniy qobiliyatlami yaxshilaydi. Qadriyatlar va g‘oyalami almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada amalga oshirilishiga qaramay, agar u madaniyatlami o‘zaro hurmat qilishga asoslangan boʻlsa, ijtimoiy uyg‘unlik va taraqqiyoʻlga olib kelishi mumkin.
Jamiyatda uyg‘un boʻlib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi va jamoa ko‘nikmalariga ega boʻlish kerak, ular tarbiyalanishi va rivojlantirilishi kerak.
Odamlaming bir-birlari bilan o‘zaro hamjihatligi, turli nuq-tayi nazarlami hurmat qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular jamiyatning yaxlitligini saq-lash va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan bog’iovchi vositaning bir qismini tashkil etadi. Odamlaming tabiatga va atrof-muhitga qanday munosabatda boʻlishlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday bog’iovchi vosita hisoblanadi.
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlardan ajralib yashayotgan joyda vujudga kelgan Markaziy Osiyoning Yangi davlatlari uchun madaniyat va madaniy o‘z-o‘zini ifodalashi insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun qudratli vosita hisoblanadi, bular esa o‘z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda tinch holda o‘z g‘oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojla-nish uchun qulay sharoitlar yaratishga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatini tinch holda ifodalash odamlami birlashtiradi va milliy hamda minta-qaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, mazmunli aloqalami vujudga keltiradi.
UNESKOning ustavida ma'noli va to‘g‘ri yozilganidek, jahon odamlaming aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, agar u to‘g‘ri yo‘naltirilsa, boshqa millatlarga hurmatga va boshqa madaniy erkinliklarga hurmatga o‘z hissasini qo‘shadi. 100 dan ortiq millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik mavjud bo‘lib, u o‘zgarishlami amalga oshirish uchun qudratli kuch bo‘lishi mumkin. Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatni uzoq muddatga ilg‘or va jo'shqin qilishi mumkin.
* * *
Buyuk Ipak yo‘li Sharq-u G‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega boigan ulkan voqelikdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib birinchi marta Bmssel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogiaydigan «Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yoiagi-TRASEKAni barpo etish masa-lasi ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yoiini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam boidi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘tgan yoilar ko‘p boigan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit yoii», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yo‘li». Bugun esa-TRASEKA deb atalmoqda.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin