Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning aso-siy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati-qullikdan inson qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada UNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan UNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma'ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag‘ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi moʻljallangan edi. Birin-chi hujjat BMT uchun moʻljallangan dunyoviy madaniyat haqida-gi jamlanma ma'ruza, ikkinchisi-«Dunyoviy madaniyat yo‘lida» deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig’iishda qabul qilindi.
Uchinchi hujjat esa Oʻzbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat va UNESKOning a’zo mamlakatlaridagi fao-liyati» deb nomlangan qaror loyihasi boʻldi.
Oʻzbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro‘yxatiga kiritilgan bu hujj at loyihasi 15 5-sessiyaning Toshkentda o‘tadigan yakuniy yig’iishida qabul qilinishi moʻljallangan edi.
Sessiyaning yakuniy yig‘ilishini UNESKO Ijroiya Kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga Oʻzbekiston to-monidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri boʻlib qo-lishini ta'kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini Oʻzbekistonda o‘tkazish taklifi ko‘pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi.
Sessiyada Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi.
UNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig’iishini Oʻzbekistonda oTkazish taklifini bildirgani uchun Birinchi Prezident I.Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi.
«Men,-deb ta’kidladi o‘z so‘zida F. Mayor,-Oʻzbekiston xalqi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab oTish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz».
F. Mayor UNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani Oʻzbekistonhukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e'tibor qaratdi. Birinchi Prezident I.Karimovning «Biz kelajakning poydevorini qo‘ymoqdamiz», degan so‘zlarini esladi va bunga misol qilib Oʻzbekistonda ta’lim, fan va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuq-lami keltirdi. Oʻzbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllani-shida muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lishini qayd etdi.
UNESKO bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medaliga sazovor bo‘lgani bilan I.Karimovni qutladi va oltin medalni Oʻzbekiston Prezidentiga topshirdi.
UNESKOning Vatanimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjuma-ni ham shu asosiy maqsad yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib qolishi, shubhasiz.
Zotan, ikkinchi jahon umshi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan UNESKO tashkiloti o‘shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo‘lida samarali ishlami amalga oshirib kelmoqda. Bu yo‘lda UNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan yutuqlami dunyo bo‘ylab yoyishdan iborat bo‘ldi.
Tabiiyki, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bo‘lgan UNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Birinchi Prezident I.Karimov kitoblarini o‘qib, uni shu mahalgacha faqat nazari-yotchi sifatida bilganlarini, endi Oʻzbekiston bilan tanishib, bu yerda o‘tkazilayotgan islohoʻllar va ulaming ilk natijalaridan boxabar bo‘lib, Oʻzbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil amaliyotchi ham ekanligini e'tirof qiladilar.
Sessiya ishtirokchilaridan biri «Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta’kidlayman», dedi.
Barcha ma'ruzalarda Oʻzbekiston qadimiy madaniyat beshiklaridan birigina emas, ayni chog‘da xalqlaming tinch-totuv yasha-shi, ma'naviy merosga munosabat nuqtayi nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko‘piga o‘mak bo‘larli jamiyat ham ekani qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning polyak tilida nashr etilgan «Oʻzbek xalqi hech qachon hech kimga qaram
bo‘Imaydi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda Polshaning rasmiy doiralari, ilmiy tadqiqot
muassasalari, Varshavada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatiya vakolatxonalari, shuningdek, OAVlarining vakillari ishtirok etdi
Taqdimot davomida uning qatnashchilari «Oʻzbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi» asari bilan atroflicha tanishish imkoniga ega boʻldilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining ushbu kito-bi yuzasidan o‘zlarining mufassal tahliliy fikr-mulohazalarini bildirishar ekan, Oʻzbekistonda barqaror bozor munosabatlari va ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tadrijiy ravishda hamda bosqichma-bosqich bar-po etish maqsadida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohoʻllaming hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholashdi. Maro-simda Oʻzbekiston rivojlanishi strategiyasiga muvofiq, mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash bo‘yicha maqsad va vazifalar birinchi darajali boʻlib qolaverishi yoTining to‘g‘ri ekanligi bir necha bor ta’kidlandi.
Varshava universiteti huzuridagi Siyosiy fanlar institutining eksperti, siyosatshunoslik fanlari doktori A. Vejbitskiy o‘z chiqishida ushbu kitobda bayon etilgan dalillar Markaziy Osiyodagi murakkab mintaqaviy vaziyat manzarasini yaqqol namoyon etishini aytdi. «Men xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalasida Oʻzbekistonni Yevropa Ittifoqi hamda Polshaning muhim sherigi, deb bilaman. Bundan tashqari, Oʻzbekiston madaniyatning tarixiy beshiklaridan biri hisoblanadiki, bu gumanitar hamkorlikni mustah-kamlashda muhim omildir», dedi polshalik olim.
Sharq tadqiqoʻllari markazining Kavkaz va Markaziy Osiyo boTimi rahbari K. Straxota Polsha tahlilchilari doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur kitobidan mintaqaviy xavfsizlik, narkotik xavf-xatar hamda diniy ekstremizm bilan bog’iiq barcha sa-vollarga javob topishi mumkinligini alohida ta’kidladi.
BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o‘tgan «Mingyillik sammiti»da davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflami bildirdi. Xalqaro jamoatchilik e’tiborini yana bir bor Orol muammosiga qaratdi. Ta'kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining ekologik muammo-sidir. Shimdan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyillik sammiti»da ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb etish maqsadida BMTning Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va Orolbo‘yi muammolari kengashini tuzishni taklif qildi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is-tanbul sammitida Birinchi Prezident I.Karimov BMT huzurida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi-rasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaliy natijasi boʻldi.