Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbekiston ayni vaqtda BMTning mavjud 12



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə39/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekiston ayni vaqtda BMTning mavjud 12 aksilterror kon-vensiyasiga hamda narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashga oid konvensiyalariga qo‘shilgan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlikning ama-liy ifodasi sifatida 2000-yil 19-20-oktabr kunlari Toshkentda BMT va VOSG bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va bar-qarorlikni mustahkamlash: giyohvand moddalar, uyushgan jinoyatc-hilik va terrorizmga qarshi kurashda umumiy yondashuv» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
2006-yilning sentabrida esa Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risida»gi shartnomani imzoladilar.
Oʻzbekiston rahbari I.Karimov g‘oyasining amaliy natijasi boʻlgan bu shartnoma mintaqamizda tinchlikni mustahkamlash va ommaviy qirg’in qurollari tarqalishining oldini olishdagi, pirovardida dunyoda yalpi yadroviy xavfsizlikni ta'minlash yoTidagi g‘oyat muhim qadam boʻldi.
Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotllari bilan turli yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda davlatimiz rahbari I.Karimovning xalqaro integratsiyani kuchaytirish, barqarorlikni mustahkamlash va davlatlararo hamkorlikni rivoj-lantirishga qaratilgan hamda tinchlikparvarlikka asoslangan izchil siyosati muhim omil bo‘lmoqda.
Ayniqsa, UNISEF va UNESKO bilan aloqalar ko‘lami keng. UNISEF bilan hamkorlikda bolalar saiomatligini mustahkamlash, jumladan, ular orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, emlash, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tib-biy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish-ni ta'minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
UNESKO-Oʻzbekiston madaniy hayotida yuz berayotgan jara-yonlaming faol a'zosi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, qadimiy shaharlarimiz va buvuk ajdodlarimizning yubiley tadbirlari bu xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. oʻtgan yili Xo-razm Ma’mun akademiyasining 1000, Qarshi shahrining 2700 yillik yubileylari nishonlangani bunga yorqin misoldir.
Oʻzbekiston-BMTning faol a'zolaridan. Zero, mamlakatimiz butun dunyoda tinchlikni qaror toptirish yuzasidan amalga oshiri-layotgan ko‘plab xayrli ishlaming tashabbuskorlaridandir. Tashki-lotning o‘sha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annan 2002-yil oktabrida yurtimizga tashrifi chog‘ida Oʻzbekistonning jahonda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi. Bu mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalib borayotganining yana bir tasdig‘idir.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010-yil, 4-5-aprel kunlari mamlakatimizda bo‘ldi. BMT Bosh kotibi dastlab Nukus shahrida Orolbo‘yi ekologik vaziyatni yaxshilash bo-rasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot marosimida ishtirok etdi. Taqdimot marosimida mintaqadagi ekologik vaziyat haqida batafsil ma’lumot berildi.
-mintaqadagi ekologik vaziyatni ko‘zdan kechirib, ahvol o‘ta murakkab ekaniga amin boʻldim,-dedi Pan Gi Mun.-Bu butun insoniyatni ogohlikka chorlaydi. Bu global muammoni mintaqadagi barcha davlatlar hamjihatlikda hal etishi lozim.
BMT Bosh kotibi Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoli va diploma-tiya universiteti professor-o ‘ qituvchilari va talabalari bilan ham uch-rashdi. Muloqot chog’ida Oʻzbekistonning BMT bilan aloqalari iz-chil rivojlanib borayotgani, tashkilotning UNISEF, UNESKO singari qator tuzilmalari bilan yaqin hamkorlik mamlakatimizning jahondagi nufuzini yanada oshirishga hizmat qilayotgani alohida takidlandi.
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Oʻzbekiston mintaqaviy rivojlanishning ko‘plab dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha BMT bilan samarali hamkorlik qilib kela-yotganini ta’kidladi. Oqsaroydagi uchrashuvda Pan Gi Mun sami-miy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, BMT Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini alohida ta’kidladi. BMT Bosh kotibi davlatimiz rahbarining mintaqaviy va xalqaro rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etish borasidagi izchil va samarali yondashuviga yuksak baho berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov va BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuvi yakunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin