Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investit-siyalar va savdo vazirligida o‘zbekistonlik rezidentlar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan 276
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investit-siyalar va savdo vazirligida o‘zbekistonlik rezidentlar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan 276 ta korxona ro‘yxatga olingan. Shuningdek, ushbu vazirlikda 83 ta Rossiya kompaniya va firmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari ochilgan.
Bundan tashqari, doimiy asosda MPKning yig‘ilishlari o‘tkazilib turibdi. 2005-yilning 10-12 oktabrida MPKning Toshkentda boʻlib o‘tgan navbatdagi 8-yig‘ilishida ikki tomonlama hamkorlikni faol-lashtirish masalalari muhokama etildi.
2005-yilning 9-10-yanvarida Rossiya Federatsiyasining Sanoat bo‘yicha federal agentligi boshlig’i B.S.Alyoshin rahbarligidagi de-legatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Muzokaralar chog’ida aso-san aviasozlik va neftegaz sanoati sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shuningdek, tashrif chog‘ida
yil natijalariga ko‘ra, ikki tomonlama mahsulot ayirboshlash hajmi so‘nggi o‘n yil mobaynida eng yuksak ko‘rsatkich-2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgani alohida ta'kidlandi.
Rossiya Federatsiyasida «Oʻzbekiston» savdo uyining ochilishi ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustah-kamlash yoTidagi muhim qadam boʻldi. 2005-yilning 19-dekabrida Toshkentda Rus Savdo uyining ochilish marosimi boʻlib o‘tdi. Uning asosiy faoliyati RF Sibir mintaqasining iqtisodiy salohiyatini Oʻzbekistondan keltirilayotgan mahsulotllar bilan o‘zaro manfaatli jihatlarini namoyish etishdir.
Mamlakatimizning Rossiya bilan yoqilg’i-energetika sohasida-gi investitsion hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. 2005-yilda Rossiya Oʻzbekistondan 8,115 milliard kubometr gaz sotib olgan. «Oʻzbekneftegaz» Milliy xolding kompaniya hamda «Gazprom» va «Lukoyl» OAJ bilan imzolangan hujjatlarda mamlakatimiz neftegaz sohasiga 2,5 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan. «TexcneccTajiHHacHHHpHHr» (Sankt-Peterburg) hamda Chkalov nomidagi Toshkent avisozlik ishlab chiqarish birlashma-si o‘rtasida 2008-yilgacha 30 ta IL-114 samolyoʻllarini import qi-lish to‘g‘risida kontrakt tuzilgan. E'tiborli jihati shundaki, Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari va «Bn6opr» aviakompaniyasi dunyodagi
eng yirik beshta samolyotsozlik majmualari qatoridan o‘rin olgan «TAPOICH» DAJ tomonidan ishlab chiqarilgan bir necha samolyotdan samarali foydalanib kelmoqda.