Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
1992-yil 25-mayda Toshkentda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari bilan boʻlgan uchrashuv katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekiston Hamdo‘stlik doirasida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chiqdi va ana shu muhim masalaga doir shartnoma imzolandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo boʻlib kirgan mamla-katlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama iqtisodiy hamda madaniy munosabatlami rivojlantirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada 1992-yil 30-mayda Rossiya Prezidenti B.N. Yelsin taklifiga binoan Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasining Moskvaga qilgan tashrifi, muzokaralar, uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar-o‘zaro hurmat va bir-birini qoʻllab-quwatlash siyosatining timsoli boʻldi. Bu kechagina mus-tamlaka, tayyor va beminnat xomashyo bazasi boʻlgan mamlakat bilan bugungi munosabatning naqadar o‘zgachaligi, jiddiy siyosiy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shu kuni Prezidentlar B. Yelsin va I.Karimovlar ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Ushbu uchra-shuv yakuni haqida mulohaza yuritar ekan, I.Karimov «eng quvonchli jihati shuki, bu muhim voqeani ham ms, ham o‘zbek xalqi katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib oldi.
Oʻzbekiston-Rossiya o‘rtasidagi teng huquqli hamkorlik, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar istiqlolning keyingi yillarida ham davom etadi»,-dedi.
1995-yil 27-28-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Viktor Chemomirdinning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi, Ros-siya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, keyinchalik Rossiya Hukumati Raisi bo‘lib ishlagan Yevgeniy Primakovning respublikamizga ketma-ket tashriflari, 1998-yil 11-12-oktabr kunlari Rossiya Federat-siyasi Prezidenti Boris Yelsinning davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda bo‘lishi yoki 1999-yil 10-11-dekabr kunlari Rossiya Hukumati raisi, hozir Rossiya Federativ Prezidenti Vladimir Putinning mamlakati-mizga rasmiy tashrifi Rossiyaning Oʻzbekiston bilan teng huquqli sherik sifatida hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat olib borayotgan-ligidan dalolat berib turibdi.
Oʻzbekiston Hamdo'stlik mamlakatlari ichida Ukraina va Be-lorus respublikalari bilan ham hamkorlik va do‘stona munosabatlar o‘matishga alohida e’tibor bermoqda. Chunki, bu har ikki davlat ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari, tarixiy tajriba va zamonaviy taraqqiyot omillari bilan MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasida katta nufuzga ega.
yil 10-noyabrda Kiyev shahrida Oʻzbekiston respublikasi bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra Oʻzbekiston respublikasi bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik sanoat (shu jumladan samolyotsozlik, yengil sanoat) energetika, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi, mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash, fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida, shuningdek, turizm va ekologiya sohalarini o‘z ichiga oladi. oʻsha kuni Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida madaniyat soha-sidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga ko‘ra har ikki tomon bir-birini madaniyati bilan tanishish uchun imkon yaratib be-radi, Oʻzbekiston va Ukraina xalqlarining ko‘p asrlik va madaniy aloqalariga tayanib, ular o‘rtasidagi madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga ko‘maklashadilar, deb ta’kidlandi. Ayni chog‘da, Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina o‘rtasida daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ham bitim imzolandi.