Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo daviatlari bilan qardoshiik munosabatlarining yanada rlvojlanishi O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Mar-kaziy Qsiyodagi yosh mustaqil davlatlar-Qozog'iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi. Bu, beshta davlatlar tarixi, madaniyati, tili va dilining birligidan, tomirlarining tutashib ketganligidan ke-lib chiquvchi jiddiy siyosat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yoli edi. Shuni alohida aytish kerakki, Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov keyingi besh yillar mobaynida bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘matib uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda.
Ma’lumki, bir necha ming yilliklar mobaynida joni-joniga, qoni-qoniga payvand boʻlib ketgan Markaziy Osiyo-qadimiy Tu-ron xalqlari sobiq SSSR davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. Qog‘ozdagina suveren, aslida esa markazga qaram sovet respublikalari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli an'analari, turmush tarzlari, mhiy va ma'naviy qadriyatlari bir boʻlgan xalqlar o‘zbeg-u qozoqqa, tojig-u qirg’iz, turkmanga boʻlib yuborildi.
Albatta, mazkur xalqlar o‘tgan 70 yildan ko‘proq vaqt mo-baynida millat sifatida shakllandi. Ulaming o‘z tili, madaniyati bor. Endi ulami butunlay birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini toptash bilan barobar. Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya'ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach vujudga kelgan mustaqil davlatlar o‘z tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining boy o‘tmishi, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlari nuqtayi nazaridan o‘zaro yaqinlashishga hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.
Markaziy Osiyo xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tu-tashib, ma'naviy, diniy va axloqiy munosabatlari uyg‘unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-odatlari mushtarak boʻlib, yagona, ul-kan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning natijasida qondosh-u jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik tarixida bunday ma'naviy, mhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha ham-ma narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy: «Dunyoning shodligi yig’isa butun, Do‘stlar diydoridan boTolmas ustun», deb bejiz aytmagan. Mustaqillik sharoitida millat, millatlar-aro munosabatlar, milliy madaniyat, yaqin qardosh xalqlaming mada-niy merosi, etnik muammolari, jug‘rofiy va iqtisodiy birligi haqidagi tasawurlar o‘zgardi. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ulaming tarixi o‘ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo‘shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. Zero, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan, tarixan bir muhitda yashab, o‘tmish madaniyati bir zaminda vujudga kelgan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat bo‘lib yashayotgan mamlakatlar o‘z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o‘zi zarurat, deb hisoblamoqda.
1993-yilning yanvarida Birinchi Prezident I.Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashu-vi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo‘r mamnuni-yat bilan qarshi oldilar va qoʻllab-quwatladilar.
Shu tariqa jahon siyosiy so‘zligida «Markaziy Osiyo» degan yan-gi atama paydo boʻldi. Albatta, bu hodisaga turli toifa va qarashdagi siyosatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar turlicha baho berdilar. Ayrimlari hatto, mintaqadagi mamlakatlar birlashib, yagona davlat boTarmish, deyishgacha bordilar. Mintaqa rahbari kim boTadi? Qay-si til davlat tili boTadi, ko‘pmillatli mintaqa milliy madaniyatlari muammolari qay yo‘sinda hal etiladi, qabilidagi savollar tug’ildi. Pre-zident I.Karimov Markaziy Osiyo Hamdo‘stligini vujudga keltirish tashabbuskori sifatida uning maqsad va mohiyatini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Ya’ni, Mustaqil Davlatlar suvereniteti daxlsizdir. Hamdo‘stlikka a’zo boʻlgan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga toTa amal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini hurmat qilish va tan olish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlik-ni yoʻlga qo‘yish, yagona bozor, mol ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun'iy to‘siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu Hamdo‘stlikka amaliy poydevor qo‘yildi. 1995-yilning yanvar oyida Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga keldi. Oʻzbekiston va Qozog’iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka doir qator hujjatlarga imzo chekildi. Tez orada bu bitimga Qirg’iziston ham qo‘shildi. Natijada uch mamlakat o‘rtasida yagona bozomi vu-judga keltirish, mahsulot ayirboshlash imkoniyati yaratildi.
Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi nafaqat bugungi o‘tish davri mah-suli, balki jug‘rofiy, tarixiy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojdir.
Chunonchi, bu mamlakatlar jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin va zich joylashgan. Suv, elektr energetikasi va boshqa tabiiy omiliar ham ulami bog‘lab turadi. Qariyb 50 millionli aholi tarixan yagona o‘tmishga, yagona taqdirga, bir-biriga uyg‘unlashib ketgan dunyo-qarash va an’analarga ega. Ulaming har qanday siyosiy va iqtisodiy Hamdo‘stlikdan ham baland turadigan qadimiy qadriyatlari bor. Ming yilliklar mobaynida shakllangan ma’naviy, madaniy, axloqiy, diniy va lisoniy mushtaraklik ham mavjud.
Dunyoviy muammolar, insoniyat taqdiriga daxldor masalalar yechimini topishda mamlakatlar va xalqlar, milliy manfaatlari hamda ehtiyojlaridan qat’i nazar, birgalikda o‘zaro hamkorlik yo‘llarini izlaydilar. Biroq, hech qanday hamkorlik, turmush tarzlari, urf-odatlari, ruhiyatlari uyg‘unlashib ketgan yaqin qo‘shni xalqlaming do‘stligiga teng kelolmaydi. Chunki bu yerda ajdodlar ruhi bilan kelajak avlodlar bog‘liqligi, bir butun zamin-Ona Vatan yaxlit-ligi kabi muqaddas tuyg‘u doimo barqarordir. Prezident Karimov Markaziy Osiyo xalqlari birligini mustahkamlashning mintaqa mam-lakatlari o‘rtasidagi munosabatlami chuqurlashtirish siyosatining insonparvarlik mazmuni ana shunda, deb bildi.
Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda o‘ziga xos tabiiy ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Sobiq SSSR davrida qazib olingan ko‘miming qariyb 20 foizi, gazning 18 foizi, oltinning 33 foizi, o‘simlik yog‘ining 26 foizi, paxtaning 92 foizi ana shu mintaqa hisobiga to‘g‘ri kelardi. Shu masalaning o‘zidanoq boy, dehqonchiligi taraqqiy topgan, ma’dan xazinalari behisob bo‘lgan mamlakatlaming o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish qanchalik sa-marali ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining samarali ishlashi uchun to‘siq bo‘layotganlar ham oz emas. Bular, birinchidan, yetmish yillik yaqin o‘tmishda shakllangan, soxta millatparvarlik hissiyoti, aholi bir qismi tushunchasi va dunyoqarashining ma’lum darajada cheklanganligi, mintaqaviy hamkorlik mazmun-mohiyatini to‘la va chuqur tushuna olmayotganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mamla-katlarimizning o‘zaro yaqinlashuvidan tahlikaga tushayotgan kuch-laming mavjudligidir. Bu yo'ldagi yutuq va kamchiliklami, mavjud ziddiyatlami o‘z vaqtida anglagan Karimov masalaga real qaraydi va xolis baholaydi.