Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston SHHTga a’zo davlatlaming 2020-yilgacha moʻljallangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini ijro etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, SHHT uchun transport kommunika-tsiyaiarini rivojlantirish ustuvor masalalardan sanaladi. Y-40 xalqaro marshrutini rekonstruktsiya qilishni imkon qadar tez yakuniga yetka-zish barcha a’zo davlatiar uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ino-batga olib, Oʻzbekiston bu yo‘ining o‘z hududidagi qismi bo‘yicha majburiyatlarini toTa bajarib boʻldi. Ayni paytda mamlakatimiz Y-40 xalqaro marshrutining markazida «Navoiy» erkin industrial iq-tisodiy zonasini barpo etmoqda. Shubha yo‘qki, Markaziy Osiyoda yangi qo‘shma loyihalar amalga oshiriigani sayin, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari va yoʻllar barpo etish ko‘paygani sari SHHT mamlakatlari uchun «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasining ahamiyati oshib boraveradi. Tashkilot a’zolari uni rivojlantirishda faol qatnashishi mumkin.
Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi maj-lisida ko‘p tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada ri-vojiantirish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqildi. Unda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan birga, kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari-Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardoriy, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Manuchehr Muttaqiy, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Malayya Krishna hamda sammit mehmonlari-Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid Karzay, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ish-tirok etdi. Shuningdek, majlisda SHHT Bosh kotibi Muratbek Iman-aliyev, SHHT MATT Ijrochi direktori Jenisbek Jumanbekov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Yan Kubish, MDH Ijroi qoTnitasi raisi Sergey Lebedev, ODKB Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, YevrAzES Bosh kotibining o‘rinbosari Murat Musatayev, ASEAN Bosh kotibining o‘rinbosari Sayakan Sisovong qatnashdi.