Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martdagi Qarorida tasdiqlangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohadagi islohoʻllaming ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsi-yasiga binoan SHHT doirasida o‘zaro aloqalar faollashmoqda. Bu o‘rinda erishilgan natijalar qatorida faoliyati man qilingan terroris-tik, ayirmachilik va ekstremistiq tashkilotllar ro‘yxati va shunday ji-noyatlari uchun qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatini tuzish to‘g‘risidagi Oʻzbekiston tashabbusining amalga oshirila boshlangani, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi SHHT a’zo davlatlaming ham-korlik Konsepsiyasining tasdiqlanganini ta'kidlash mumkin. Ushbu tashkilot bilan munosabatlarda kompleks yondashuvni ta’minlash maqsadida Oʻzbekistonda SHHT masalalari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasini tashkil etish moʻljallanmoqda.
Bundan tashqari, «Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat-laming terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi 2007-2009-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturi» qabul qilingan. A’zo davlatlaming «Sharq-antiterror-2006» terrorizmga qarshi birgalikdagi mashg‘ulotllari, terrorizmni moliyalashtirish bilan bog’iiq boʻlgan giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi sim-poziumlar o‘tkazib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda SHHT xalqaro hamkorlikning qudratli instituti, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalami ishlab chiqarish va tarqatish kabi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishning chinakam tayanchiga aylanib bormoqda.
Ayni paytda mintaqaning boy zaxiralaridan foydalanishga qara-tilgan yirik savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va gumani-tar loyihalami amalga oshirish borasida mavjud barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Shanhay Hamkorlik Tashkiloti tartib-qodalariga binoan, har yili a’zo mamlakatlardan biri unga rais boTadi. 2009-yil Yekaterenburg sammitidan keyin SHHTga raislik Oʻzbekiston Respublikasiga o‘tdi.
Taomilga binoan, raislik qiluvchi davlat o‘z hududida navbatdagi sammitni tashkil qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ko‘ksaroy qarorgohida 2010-yil, 11-iyun kuni Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi, o‘ninchi majlisi boʻlib o‘tdi.
SHHT tuzilganidan keyin ko‘plab davlatlar uning safidan joy olish istagini bildirdi. Ayni paytda Hindiston, Eron, Mo‘g‘uliston va Pokistonga SHHTda kuzatuvchi maqomi berilgan.
SHHT davlatlari o‘zaro munosabatlarda «Shanhay ruhi»ga amal qiladi. Bu ibora qarorlami konsensus asosida qabul qilish, o‘zaro ishonch va manfaatdorlik, tenglik, maslahatlashuv, madaniy xilma-xillikka hurmat bilan yondashish, birgalikda taraqqiy etishga intilish tamoyillariga qat’iy amal qilish demakdir.
Davlat rahbarlari kengashining majlisida Oʻzbekiston Respubli-kasining SHHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi. Bu vaqt mobaynida Oʻzbekiston SHHTning xalqaro aloqalarini ri-vojlantirish, me’yoriy-huquqiy asosini mustahkamlash, SHHT Xarti-yasidagi maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga muvofiqlikni saqlagan holda, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog’iiq tashab-buslami ishlab chiqish va hayoʻlga tatbiq etish orqali tashkilot faoli-yati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratdi.
Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti SHHT doirasida qarorlar qabul qilish mexanizmlarini, tashkilot va uning tuzilmalari faoliyatini ta-komillashtirishga qaratilgan qator takliflami ilgari surdi. Toshkentda SHHT va BMT Kotibiyatlari o‘rtasida imzolangan Qo‘shma dekla-ratsiya Shanhay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzil-masi bilan BMT Kontr-terroristiq qo‘mitasi o‘rtasidagi amaliy aloqalami rivojlantirishga yo‘1 ochadi.
Bugungi kunda dunyodagi hech bir muammoni alohida bir davlatning sa’y-harakati bilan yechib boʻlmaydi. Jumladan, xavfsizlik va ekologiya muammolari kamida mintaqa miqyosidagi hamkorlikni taqozo qiladi. Shu ma'noda, SHHT bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning rasmiylashtirilishi ikki tomon uchun muhim ma-salalami yechishda bahamjihat harakat qilishga keng yo‘1 ochadi. BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komis-siyasi (ESKATO), Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha qo‘mitasi, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy mar-kazi kabi tuzilmalari SHHT bilan anchadan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Qabul qilingan Qo‘shma deklaratsiya bu hamkorlikning imkoniyat va salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda SHHTning hamkor tashkilotllar bilan hamkorlik re-jasi tasdiqlangan. Oʻzaro anglashuv memorandumlariga asosan tu-zilgan bu reja SHHT bilan ESKATO, ASEAN, MDH, YevrAzEs ODKB kabi nufuzli xalqaro tashkilotllar bilan hamkorligini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi.