Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov shu yili 28



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə52/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov shu yili 28-may kuni rasmiy tashrif bilan Gruziyaga bordi. I.Karimov va Gruzi-ya Respublikasi sobiq Prezidenti Eduard Shevardnadze o‘rtasidagi muzokaralarda har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, minta-qaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. So‘ng Prezidentlar ishtirokida kengay-tirilgan muzokaralar bo‘ldi va unda Trans-Kavkaz yoTining Gruziyadan o‘tadigan qismini jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan samarali fovdalanish bosh mavzu boʻldi. Muzokaralar nihoyasida Oʻzbekiston bilan Gmziya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik-ni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga doir 15 ga yaqin hujjat imzolandi.
yil 8-mart kuni Gmziya Respublikasi Prezidenti EduardShevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Do‘rmon qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo‘ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlami rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog‘liq masa-lalar yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Gmziya Respublikasi Prezidentlarining yakkama-yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo-iqtisodiy munosabatlami chuqurlashtirish, transport kommunikatsiyasi so-hasidagi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalami rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlama o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategik aha-miyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta’kidlandi. Mehmonlar Oʻzbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami rivoj-lantirishga xizmat qiladigan aniq amaliy takliflar ham ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.
Muzokaralar nihoyasiga yetgach, amaliy uchrashuvga oid Pro-tokol imzolandi. Hujjatga I.Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdilar.
Shundan so‘ng Prezidentlaming OAVlari vakillari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Matbuot anjumanida ikki mam-lakatning TRASEKA dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savolga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori Oʻzbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta’bir joiz boʻlsa, stra-tegik ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta’kidladi. Buyuk Ipak yoTini tiklash, TRASEKA doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi I.Karimov. Birgina o‘tgan yili Gmziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib kel-tirilganining o‘ziyoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan da-lolatdir. Zero, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha davlatlar mazkur loyihada bajonidil ishtirok etish istagini bildirayotgani ham bejiz emas.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin