Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbeklstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligldagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi Oʻz



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə49/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbeklstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligldagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi
Oʻzbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalami mustahkamlash boʻldi. Chunki sho‘ro tu-zumi sharoitida hukm surgan boshqaravning markazlashtirilgan ma’muriy-buyraqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tar-kibiga kirgan mamlakatlami iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog’iab qo‘ygan ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yoli bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan ham Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qoʻllab-quwatladi.
1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Beloras, Qozo-g‘iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. Shu tariqa XX asrning muhim voqealaridan biri sodir boʻldi-MDH ixtiyoriy iqti-
sodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p hujjatlar qabul qilindi. Ulaming bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, mada-niy, harbiy va boshqa aloqalami yangi sharoitlarda-mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.
Hamdo‘stlik davlatlari orasida eng qudratli, katta salohiyat va ulkan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmish Rossiya Fede-ratsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘matish Oʻzbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida bo‘ldi. Shuning uchun ham Birinchi Prezident I.Karimov «Rossiya Federatsiya-si bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston uchun juda muhimdir. Va biz bu maqsadimizga erishish uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni ayamay-miz»,-degan edi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin