Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org
2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot ayirboshlash
yilga nisbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 mln. AQSH dollarini, Oʻzbekistondan Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 724,8 mln. AQSH dollarini, Rossiyadan import esa 33,7 foizga ko‘payib, 917,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
yilda savdodagi ijobiy saldo tufayli 2003-yildagi salbiy saldoni qariyb 38 mln. AQSH dollari miqdorida qisqartirilishiga erishildi.
Oʻzaro savdodagi eksport va import tarkibi asosan mahalliy ish-lab chiqaruvchilar uchun raqo'bat qilmaydigan mahsulotllardan tashkil topgan(odatda ichki bozorlarda talab yuqori boʻlgan avtomobillar bundan mustasno).
Yuqoridagilardan xulosa qilib, ikki tomonlama savdo istiqbolda savdo to‘siqlariga yo‘1 qo‘ymaydigan o‘zaro manfaatli asosda amalga oshirilayotganini qayd etish mumkin.
Mamlakatimizda Rossiya sarmoyasining ishtirokida tashkil etilgan korxonalar hamda Rossiya kompaniya va firmalarining akkredi-tatsiya qilingan vakolatxonalari soni ko‘payib bormoqda. Masalan, 2003-yilda Rossiya sarmoyasi ishtirokida mamlakatimizda 309 ta korxona faoliyat yuritgan boʻlsa, 2004-yilda ulami soni 390 taga yetgan. Ulardan 54 tasi yuz foiz Rosssiya investitsiyasi asosida fao-liyat yuritadi, 295 tasi esa-qo‘shma korxonalardir.
Oʻzbekiston mintaqalari nuqtayi nazaridan oladigan boTsak, faoliyat yuritayotgan korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Mazkur korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagi sohalami qamrab oladi: oziq-ovqat, tekstil, yog‘ochni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, metallurgiya, mashinasozlik, avtomo-bilsozlik, yoqilg’i-energetika, qishloq xo‘jaligi hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida birgalikda mahsulot ishlab chiqarish, savdo-vositachilik faoliyati.
Keyingi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotllarini qayta ishlash sohasida kooperatsiyani mustahkamlash jarayonlari ko‘zga tashlan-moqda. Ayni paytda bu sohada «Baltimor», «Cherkizovo» va bosh-
qa mashhur Rossiya kompaniyalari bilan tashkil qilingan to‘qqizta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. «Bim Bill Dan» kompani-yasi «Toshkentsut» birlashmasining 77 foiz aksiyasini sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, sut mahsulotllari va meva sharba-tini ishlab chiqarishga 20 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni moʻljallagan.