Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə73/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI



NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI




«TASDIQLAYMAN»
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ___________B.B.Sobirov
2022-yil “___” ________




Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
(fanning to‘liq nomi)


FANINING O`QUV DASTURI (Sillabus)



Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim






Ta’lim sohasi:

110000 – Ta’lim






Ta'lim yo‘nalishi:

Barcha ta’lim yoʻnalishlari






Fanning asosiy parametrlari


( Fan/ modul kodi )
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi/




O‘quv yili
2022/2023


Semestrlar
1/2


Kreditlar miqdori
4


Ta’lim shakli
Kunduzgi, kechki


( Fan/ modul turi )
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi/
majburiy fan


Fan tili
oʻzbek/qozoq/rus


Kafedra nomi:
Tarix


Haftadagi dars soatlari
2-2-soat


Fanning nomi
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
60


Mustaqil ta’lim (soat)
60


Jami yuklama (soat)
120


Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim oʻquv yuklamasi soatlarda ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti



T/r


Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari


I


II


III


IV


V


VI


VII


VIII


1


Ma’ruza


30
















2


Amaliy


















3


Seminar


30
















4


Labaratoriya


















7


Jami auditoriya soatlari


60
















5


Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar


60
















6


Kurs loyihasi va kurs ishlari


















8


Jami yuklama


120

















I. Faning mazmuni
Fanning maqsadi - O‘zbekistonning eng yangi tarixini oʻrganish orqali yoshlarda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga bevosita dahldorlik mas’uliyatini oshirish; Taraqqiyotning yangi bosqichida yangi Oʻzbekiston hukumatining Respublikamizda uchunchi renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirayotgan islohotlar strategiyasi mazmuni bilan tanishtirish; Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi - mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari (2 soat )
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning maʼnaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida taʼlim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (2 soat )
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi.
3-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (2 soat )
Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
4-mavzu. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati (2 soat )
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning eʼlon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi saʼy-harakatlar. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari
2-modul. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari
5-mavzu. O‘zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li (2 soat )
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – meʼyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
6-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (2 soat )
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini taʼminlash va himoya qilish. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin