Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə72/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Rivojlanishga rasmiy yordam RRYo-rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy taraqqiyotni qоʻllab-quvvatlash uchun Rivojlanishga kоʻmaklashish qоʻmitasiga a’zo mamlakatlar tomonidan imtiyozli shartlar bilan 25% dan kam bоʻlmagan beg`araz yordam) kоʻrsatiladigan yordam.
Xalqaro rivojlanish uyushmasi XRU-juda kambag`al mamlakatlarga foizsiz kreditlar, texnik kоʻmak va siyosatni ishlab chiqish sohasida tavsiyalar berish orqali ularga yordam kоʻrsatadigan tashkilot. XRU aholi jon boshiga 885 AQSh dollaridan kam daromad 1999 yil raqamlari) tоʻg`ri keluvchi va Jahon bankidan kredit olish uchun moliyaviy imkoniyati bоʻlmagan mamlakatlarga kredit beradi.
Xalqaro sog`liqni saqlash tashkiloti WNO-BMTning sogʻliqni saqlash va aholining sogʻligʻini himoya qilish muammolarini hal etishda rahbarlik va muvofiqlashtirish ishlarini olib boruvchi ixtisoslashgan muassasasi.
Xavfsiz suvdan bahramandlik-yetarlicha miqdordagi toza ichimlik suvdan bahramand bоʻlish imkoniyatining mavjudligi. Suvning xavfsizligi uning tarkibidagi kimyoviy moddalar va biologik materiallariga bogʻlik bоʻladi.
YevrOsIH-Yevropa va Osiyo Iqtisodiy Hamkorligi xalqaro iqtisodiy tashkiloti. Tashkilotga kiruvchi Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Оʻzbekiston mamlakatlariaro umumiy tashqi boj chegaralarini tuzish uchun tashkil topgan.
Osiyo Rivojlanish Banki ORB-Osiyo va Tinch okean orollaridagi rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish uchun kоʻmaklashuvchi davlatlararo mintaqaviy bank. 1965-yilda tashkil topgan. Kapitali ushbu tashkilotning 56 a’zo mamlakatiga tegishli.
YuNAIDS-BMTning OITSga qarshi kurash bоʻyicha birlashgan dasturi. OIV/OITSga qarshi kurashda BMT tizimidagi barcha tashkilotllarning kuch-gʻayratlarini milliy kоʻlamda birlashtiradi.
YuNESCO-BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi-ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtiradi va ilhomlantiradi.
YuNICEF-BMTning bolalar jamgʻarmasi. BMT tizimidagi faqat bolalar uchun faoliyat kоʻrsatadigan yagona tashkilotdir. UNICEF bolalar hayotini saqlab qolish, himoya qilish va rivojlanishini ta’minlash masalalarini hal qiladi. Jamgʻarma bo>limlari jahonning kоʻp mamlakatlari va mintaqalarida faoliyat kоʻrsatadi.
YuNFPA-BMTning aholishunoslik jamg>armasi. Barcha xotin-qizlar, erkaklar va bolalarning sogʻligʻini saqlash va teng huquqqa ega bоʻlishi, rivojlanish masalalari bilan shugʻullanadigan, BMT tizimidagi xalqaro tashkilot.
YuNODC-BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bоʻyicha boshqarmasi
BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi bоʻyicha narkotiklar ustidan nazorat оʻrnatish va jinoyatchilikning oldini olish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirish uchun tuzilgan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin