9-mavzu. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda ma’naviy va madaniy taraqqiyot (2 soat ) Mustaqillik yillarida maʼnaviy va maʼrifiy hayot. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning qayta tiklanishi. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan eʼtibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va sanʼat sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak maʼnaviy madaniyatni taʼminlashdagi o‘rni. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni taʼminlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar (2 soat ) Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda taʼlim va tarbiyaning o‘rni va roli. “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Taʼlimning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O‘zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
4-modul. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi. 11-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2 soat ) Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Maʼnaviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.