Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 347 Kb.
səhifə4/11
tarix23.03.2022
ölçüsü347 Kb.
#54072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sanaqulova Gulinora

I bosqich. Eng qadimgi turkiy tilni Markaziy Osiyo hududlarida yashagan qadimgi sak va massaget qabilalari tiliga xunn, yuyechji hamda boshqa turkiy qabila va urug‘larning tili aralashuvidan hosil bo‘lgan til tashkil etgan. Bizgacha bu tilda yaratilgan birorta yozma manba yetib kelmagan. Biroq arxeologiya, etnografiya fanlari mazkur tipdagi til mavjud bo‘lganligi haqida guvohlik beradi.

II bosqich. Qadimgi turkiy adabiy til Turk hoqonligi barpo bo‘lgandan to Qoraxoniylar davrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda run (O‘rxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d, manixey, braxma yozuvlarida bitilgan yodgorliklar bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar toshlarga, terilarga, yog‘ochlarga bitilgan. Yodgorliklarning eng mashhurlari turk hoqonlari va sarkardalari Kultegin, Tunyuquq, Bilga hoqon sha’niga qo‘yilgan tosh yozmalardir. Yodgorliklar O‘rxun daryosi bo‘ylaridan (Mo‘g‘uliston) topilgani uchun O‘rxun yodnomalari yoki turk, run, dulbarjin yozuvlari deb ham yuritiladi. Yodnomalar XIX asrning ikkinchi yarmida topilgan. Ularni V.Tomsen o‘qishga, birinchi marta V.Radlov tarjima qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga o‘xshash yodnomalar keyinchalik Enasoy daryosi bo‘ylaridan, Talas vodiysidan ham ko‘plab topilgan.

Qadimgi turkiy til o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:

1.Bu til fonetik jihatdan d-lovchi til hisoblanadi, ya’ni bugungi y, z tovushlari o‘rnida d tovushi ishlatilgan: adoq (oyoq) adg‘ (ayiq), edgu (ezgu) kabi.

2.Morfologik jihatdan ham o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan. Masalan tushum kelishigi -g‘/-g qo‘shimchasiga, jo‘nalish kelishigi esa g‘aru/qaru/garu shakliga ham ega bo‘lgan: budunug‘ (xalqni), Uyg‘urg‘aru (uyg‘urga)1 kabi.

Sifatdagi va ravishdagi shakllarning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari ishlatilgan: oltachi (o‘lajak), udimat (uxlamay). Shart mayli -sar shaklida bo‘lgan: borsar (borsa). (Bular haqida «Qadimgi turkiy til» kursi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalardan batafsil ma’lumot olasiz). 5


Yüklə 347 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin