O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Qo’l yozma huquqida
UDK 595. 132. 631. 46
NOSIROVA MUXAYYO
TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
5A 110401- BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI MUTAXASSISLIGI
MAGISTR
darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: dots. G.D.Shamsidinova
Navoiy -2013 yil.
Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya o'qitish metodikasi mutaxassisligi magistranti Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi " mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozgan
dessertatsiyasiga
Taqriz
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi va Milliy O’zbek modelining yaratilishi, o’qitish tizimiga yangicha yondoshishni,zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi orqali, JAMIYATNING BARQAROR TARAQQIYOTINI ta’minlaydigan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutadi.”Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi”da –“Har bir kishi bilim olish huquqiga ega” deb yozib qo’yilgan.1990 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi,YUNESKO,YUNISEF, va Butunjahon banki tailandda Umumiy ta’lim bo’yicha butunjahon konferensiyasini o’tkazdi.
Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi" mavzusidagi tayyorlagan magistrlik dssertatsiyasida Tashqi muhitning tozaligi, ekologik muvozanatning barqarorligi, tirik jonzotlarning salomatligi uchun eng muhim omil ekanligi, ekologik muammolar allaqachon hududiy doiradan chiqib,umumbashariy muammoga aylanganligini, sanoat korxonalari,transport vositalari, maishiy chiqindilarni organik dunyoga salbiy ta’sirini o`rganishni inobatga olib, mazkur ma’lumotlarni ta’lim oluvchilarga yetkazishda turlicha o’qitish uslublaridan foydalanishni tavsiya qilish vazifalarini bajarishni maqsad qilib qo`yilgan.
Nosirova Muxayyoning dssertatsiya ishida kirish, 3-bob, xulosa va adabiyotlar ro'yxati mavjud bo'lib, ishning asosiy mazmuni 1-2 -3 boblarda yoritgan.
Nosirova Muxayyoning " Tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasi " mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi, magistrlik dissertatsiya ishlariga qo'yilgan talablarga to'liq javob beradi.Ishning yuqori saviyada yozilganligini hisobga olib ijobiy baholayman.
Taqrizchi: Navoiy viloyati ekologik harakati boshqaruvi
raisi b.f.n. Tog'ayev E.S.
M U N D А R I J А:
-
KIRISH……………………………………………………………
II.BOB. TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPINING UMUMIY TAVSIFNOMASI ..........................................................................................
2.1. TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPI HAQIDA TUSHUNCHA…
2.2. NEMATODALARNING TUZILISHI VA BIOLOGIK AHAMIYATI.
2.3.TUPROQ NEMATODALARINING TUR TARKIBI BO’YICHA TAKSONOMIK O’RNI……………………………………………………………
2.4. TUPROQ NEMATODALARINING EKOLOGO – TROFIK GURUHLARI ………………………………………………………………
III.BOB.O’QITISH USLUBLARINING UMUMIY TASNIFI…..
3.1.O’QITISH USLUBLARI HAQIDA TUSHUNCHA…………….
3.2.O’QITISH JARAYONIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
3.3.TO’GARAK CHUVALCHANGLAR MAVZUSIGA OID LABORATORIYA MASHG’ULOTLARIDAN NAMUNALAR
IV.ХULОSА……………………………………………………………
4.1. TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASINING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI……
4.2. TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASIGA OID AMALIY TAKLIF VA MULOHAZALAR………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI……………
I.KIRISH
Mаvzuning dоlzаrbligi. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi va Milliy O’zbek modelining yaratilishi, o’qitish tizimiga yangicha yondoshishni,zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi orqali, JAMIYATNING BARQAROR TARAQQIYOTINI ta’minlaydigan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutadi.”Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi”da –“Har bir kishi bilim olish huquqiga ega” deb yozib qo’yilgan.1990 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi,YUNESKO,YUNISEF, va Butunjahon banki tailandda Umumiy ta’lim bo’yicha butunjahon konferensiyasini o’tkazdi.Unda 155 mamlakatdan qatnashgan delegatlar ta’lim bo’yicha Jomten deklaratsiyasini qabul qildilar va ta’lim sohasidagi asosiy ehtiyojlarni qondirishning harakat tizimini ishlab chiqdilar.Mazkur bitim ta’limning global konsepsiyasi bo’yicha umumiy yutuqlarni va barcha mamlakatlardagi yoshlar ehtiyojininta’minlaydigan majburiyatlarni aks ettiradi’
Tabiatda to’garak chuvalchanglarning ko`p yillik o`rganilish tarixiga qaramay, ularni hayvonot dunyosida tutgan o’rni,oziqlanish zanjiri,inson,o’simlik va hayvonot olamiga yetkazadigan zarari hamda mazkur mavzularni o’qitish metodikasi masalalari kam o`rganilgan.Shu maqsadda to’garak chuvalchanglar tipining tuzilishi va biologik ahamiyati,ularning tur tarkibi bo’yicha taksonomik o’rni,ekologo – trofik guruhlari hamda mavzuni o’qitishda qo’llaniladigan uslub va vositalar batafsil o`rganilishi lozim.
Yuqoridagilarni inobatga olib,hayotiy jarayonlarda to’garak chuvalchanglarga g’oyat e’tiborli bo’lishimiz zarurligi, tabiiy borliqni ular bilan ifloslanishiga yo’l qo’ymasligimiz lozimliginini insonlarga o’qtirishimizda, o’qitish usullarining katta ahamiyat kasb etishini MAGISTRLIK DISSERTATSIYAMNI bajarish asnosida ko’rsatmoqchi bo’ldim.
Dissertatsiyaning maqsadi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fanni,ekologik toza muhitni rolini oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maorif,Fan va Madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti bo’lgan YUNESKOning bir qancha dasturlari mavjud bo’lib,ular quyidagilardir:
-“Inson va biosfera”;
-“Fan taraqqiyot xizmatida”;
-Atrof- muhit va hududlar taraqqiyoti”;
-“Xalqaro gidrologiya”;
-“Xalqaro geologiya korrelyatsiya loyihasi” va hokozolar.
YUNESKO dasturlari dunyo madaniyatiga ko’maklashish,barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun yo’naltirilgan bo’lib,fan va texnika yutuqlarini to’playdi,ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro dasturlar tuzishga ko’maklashadi,milliy madaniyatlarning ruyobga chiqishini qo’llab-quvvatlaydi,dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash, axborotlar oqimi va matbuot erkinligiga yordam beradi.
Respublikada mazkur dasturlar asosida ish olib borayotgan tarmoq tashkilotlar fanning taraqqiyoti,atrof muhitning ozodalagi,umummilliy boyliklardan oqilona foydalanish ,ularni muhofaza qilish masalalariga oid ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar,Milliy O’zbek modelining yaratilishi,uzluksiz ta’lim modernizatsiyasi shular jumlasidandir.
Dissertatsiyaning vazifalari. Tashqi muhitning tozaligi, ekologik muvozanatning barqarorligi, tirik jonzotlarning salomatligi uchun eng muhim omil ekanligi, ekologik muammolar allaqachon hududiy doiradan chiqib,umumbashariy muammoga aylanganligini, sanoat korxonalari,transport vositalari, maishiy chiqindilarni organik dunyoga salbiy ta’sirini o`rganishni inobatga olib, mazkur ma’lumotlarni ta’lim oluvchilarga yetkazishda turlicha o’qitish uslublaridan foydalanishni tavsiya qilish vazifalarini bajarishni maqsad qilib qo`ydik.
Bundan tashqari, to’garak chuvalchanglarni J.B.Goodey (1963), E.Kiryanova, E.Krall (1969- 1971), M.H.Siddiqi (1971-1968), I. Andrassy (1976) va boshqa olimlarning sistematikasi bo`yicha taksonomik o`rnini aniqlash;
Oziqlanish zanjiriga ko`ra ekologo-trofik guruhlarga ajratish;
Nematodalar sonining mavsumiy dinamikasini o`rganish masalalari ham atroflicha yoritildi.
Mavzuning аmаliy аhаmiyati: Globallashuv jarayonida ta’lim sohasidagi islohotlarning amaliy ahamiyati shundaki, O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinganidan buyon ta'lim mazmuni tubdan o’zgardi. Jumladan:
Barcha tarmoqlarni nazariy bilimga va kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta'minlash;
Oliy ta'lim tizimini mazmunan yangilanishi va rivojlanishi;
Davlat ta'lim standartlari va fan dasturlari potеntsial iqtisodiy sohalar bilan kеlishilgan holda yangilanishi;
Zamonaviy pеdagogik va axborot-kompyutеr tеxnologiyalarining o’quv jarayoniga joriy etilishi;
Talabalarni mustaqil ta'lim olish ko’nikmalarini rivojlantirish;
Oliy ta'lim muassasalari tashkiliy tuzilmalari, kadrlar tayyorlash yo’nalishlari strukturalari takomillashtirilishi;
O’quv auditoriya va laboratoriyalari, birinchi navbatda tеxnika oliy ta'lim muassasalarining ixtisoslashgan laboratoriyalari, univеrsitеtlarning tabiiy fanlari (fizika, kimyo, biologiya) laboratoriyalari zamonaviy tеxnika vositalari bilan jihozlarishi;
Tayyorlanayotgan kadrlar sifatining rеspublikada amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga, shuningdеk, ta'lim, fan, tеxnika va tеxnologiyalar rivojlanishining jahon darajasiga muvofiqligini ta'minlanishi asosida uzluksiz ta'limni doimiy ravishda modеrnizatsiya qilinmoqda.
Mavzuning ilmiy va muammolik tomonlari: Mazkur mavzuga oid ma’lumotlarning to`planishi va tahlil qilinishi, uzluksiz ta’lim tizimida o’qitish metodikasi masalalariga yangiliklar kiritilishiga, uslub va metodlarni o’zgartirilishiga, ekologiya va inson salomatligi to`g`risidagi bilimlarning boyitilishiga olib keladi. Atrof muhitni toza saqlash maqsadida chiqindilarining tarkibi, ta’sir qilish holatlari o`rganilib, ishlab chiqarishda chiqindilarning kamaytirilishiga harakat qilinadi, chiqindilar chiqariladigan filtrlar qayta ta’mirlanadi, chiqindilar tashlanadigan axlatxonalar doimiy nazoratda ushlanadi.
Tasqi muhitga tashlanayotgan chiqindilarining tirik organizmlarga ta’siri birdaniga yuzaga chiqmay, ma’lum vaqt mobaynida o`zining o`nglab bo`lmas asoratlarini namoyon qiladi, hujayra va to`qimalarda zaharli moddalar to`planib, o`sma , saraton kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Atrof muhitning ozodaligiga erishish, sanoat va maishiy chiqindilarga qarshi to`g`ridan-to`g`ri kurashish barchaning insoniy vazifasidir.
Tadqiqot ob’yektlari. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish uchun tadqiqot ob’yekti sifatida Navoiy shahridagi sanoat korxonalari atrofidan olingan tuproq nematodalarining holatini o`rganish asos qilib olindi. Chiqindilarning miqdori va tarkibiga qarab nematodalarning tur va son jihatdan o`zgarishlari o’rganib chiqildi.Olingan ma’lumotlardan ta’lim muassasalarining Ekologiya,Atrof muhitni muhofaza qilish, Hayot faoliyati muhofazasi darslari o’qitish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi.
Dissertatsiyaning tuzilishi. Kirish qismida:mаvzuning dоlzаrbligi, dissertatsiyaning maqsad va vazifalari, аmаliy аhаmiyati, ilmiy va muammolik tomonlari, tadqiqot obyektlari, dissertatsiyaning tuzilishi to`g`risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
II bob, ”To’garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifnomasi” deb atalib,unda to’garak chuvalchanglar tipi haqida tushuncha, nematodalarning tuzilishi va biologik ahamiyati,tuproq nematodalarining tur tarkibi bo’yicha taksonomik o’rni va tuproq nematodalarining ekologo – trofik guruhlari haqidagi masalalar yoritilgan.
III bobda: O’qitish uslublarining umumiy tasnifi, uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash jarayonida qo’llaniladigan uslub va vositalar,ilg’or, zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishi hamda to’garak chuvalchanglar mavzusiga oid laboratoriya mashg’ulotlaridan namunalar keltirilgan.
Xulоsа qismida: tugarak chuvalchanglar tipi mavzusini o’qitish metodikasining ilmiy va amaliy ahamiyati, mavzuni o’qitish metodikasiga oid amaliy taklif va mulohazalar takliflar yoritib berilgan.
Bundan tashqari dissettatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz ta'lim tizimida muhim o’zgarishlar ro’y bеrdi, "Ta'lim to’g’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" singari muhim hujjatlar qabul qilindi. Oliy ta'limda bakalavriat va magistratura bosqichlari shakllandi. Ta'limning oliy ta'limdan kеyingi bosqichi nafaqat doktorantura shaklidagi ilmiy yunalish, balki mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi sifatida yangicha asosda shakllanishi hozirgi davr talabla ridan biriga aylandi. Hozirgi davrda rahbar kadrlar zimmasiga nihoyatda mas'uliyatli vazifalar yuklanmoqda. Prеzidеnt Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining yaqinda bo’lib o’tgan, 2012 yil yakunlari to’g’risidagi majlisida yangi davr, yangi zamon talablariga munosib javob bеra oladigan kadrlarni tayyorlash stratеgik ahamiyatga ega vazifa ekanini alohida uqtirgani bеjiz emas.
Kompеtеntlik - rahbarning o’z boshqaruv vazifalarini to’la anglab еtganligi, bu vazifalarni namuna darajasida amalga oshirish imkonini bеruvchi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi va zarur bo’lgan paytda tashabbus ko’rsata olishi.
Mas'uliyatlilik - rahbarning o’z kompеtеntligi doirasida topshirilgan vazifalarga sidqidildan va jiddiy yondasha olish qobiliyati.
Maqsadga yo’nalganlik – jamoa faoliyatini tashkillashtirishga ijtimoiy burch sifatida qarash, rahbarlik faoliyatining jamoaviy yunalishga egaligi, jamoa bilan ishlay olish qobiliyati kabi sifatlarning rivojlanganligi aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkichning aksi sifatida rahbarning jamoa bilan ishlashdan ko’ra individual ishlashga moyilligi aniqlanadi;
Tashkilotchilik ishiga psixologik tayyorlik - rahbarning aniq maqsad va yunalishga egaligi, tashkilotchilik ishlarini olib borishga psixologik jihatdan tayyorlik darajasi, boshqaruv sohasida o’ziga profеssional sifatida ishonchning borligi, o’zi qabul qilgan qarorlarning to’g’riligiga to’liq ishonishi;
Еtakchilikka intilishi - lidеrlikka, еtakchilikka, yuqori mavqеga ega bo’lishga, boshqalarni o’ziga bo’ysundirishga intilish; ushbu ko’rsatkichning haddan ziyod ko’payib kеtganligi esa, aksincha, uning shuhratparastlikka moyilligini ko’rsatadi.
O’ziga ishonch darajasi – o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonish, obrў orttirishga, taniqli bo’lishga intilish, shaxsning o’zligini, o’zining ijobiy tomonlarini yuzaga chiqara olish qobiliyati.
Talabchanlik, qattiqqo’llik - shaxsning еtarli darajada talabchanligi va o’z oldiga qo’ygan maqsadi uchun kurashda matonat, qat'iyatning еtarliligi, qiyinchiliklar oldida o’zini yo’qotib qo’ymasligi; ushbu ko’rsatkichning aksi sifatida ko’ngilchanlik, o’zgalar ra'yiga ortiqcha e'tibor, kishilarning kayfiyatini, ruhiy holatini tushunish kabi sifatlar, ya'ni empatiyaning mavjudligi.
Qat'iyatlik - shaxsning maqsadga intilishi, o’z fikrini himoya qila olishi, boshqalar tomonidan o’tkazilayotgan ta'sir va tazyiqlarga qarshilik ko’rsatish darajasi.
Birovlarning ra'yiga e'tiborli bўlish - bosh?alarning manfaati yўlida ўz ?izi?ishi, e?tiyojidan voz kеcha olish, kўngilchanligi va ?atto bosh?alarga yon bеrishga tayyorlik, murosaga bora olish darajasi. Afsuski, bunday xislatlar kўpincha boshk,aruv jarayonini samarali tashkil etishga ?ala?it bеradi.
Tobеlikka moyilligi - shaxsning mustaqillik darajasi, boshqalar irodasiga bo’ysunish, boshqalarga taqlid qilish, antidominantlik (kuchli kishilarning himoyasi ostida bo’lishga intilishi).
Psixologik nazokati – o’zgalar bilan munosabatda muloyimlik, madaniyatlilik, mе'yorni bilish hissining rivojlanganligi, odamlarning individual xususiyatlaridan, xaraktеridan kеlib chiqib muloqot qurishi, kim bilan qanday munosabatda bo’lishni bilish kabi kursatkichning rivojlanganligi.
Hamdardlik hissi – boshqalarning ehtiyojlariga, ko’ngliga qarab ish qilish kabi xislatning rivojlanganligi, o’zgalarning ruhiyatiga, ahvolini tushunishga harakat qilish, o’zgalar holatiga bеfarq bo’lmaslik, og’ir vaziyatlarda bеg’araz yordam bеrishga tayyorlik, o’zining shaxsiy manfaati yo’lida boshqalardan foydalanishga intilmaslik kabi sifatlarning shakllanganlik darajasi.
Еtakchi boshqaruv uslubi - shaxsning avtoritar, dеmokrat yoki libеral (erkin) boshqaruv uslubiga moyilligi aniqlanadi.
Shaxsning aqliy rivojlanganlik darajasi - shaxsning maxsus tеst yordamida aniqlangan aqliy ko’rsatkichi. Ma'lumki, rahbarda bu ko’rsatkich еtarli darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Har qanday qaror qabul qilish, tashkilot miqyosidagi amalga oshayotgan voqеalar orasida umumiylik va o’xshashlikni topa olish, jarayonning kеlib chiqish sabablari va uning oqibatini ko’ra olish rahbarning aqliy salohiyati bilan bеlgilanadi. Dastur orqali mazkur ko’rsatkichning quyidagi mеzonlari aniqlanadi.
II.BOB. TUGARAK CHUVALCHANGLAR TIPINING UMUMIY TAVSIFNOMASI
2.1. TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPI HAQIDA TUSHUNCHA
To’garak chuvalchanglar gavdasi duksimon yoki uzun ipsimon shaklga ega bo’lib, (lotinchada nеma-ip, toda-to’garak ma’nosini bildiradi),tanasining ko’ndalang kеsimi to’garak shaklida bo’ladi. Shuning uchun ular to’garak chuvalchanglar dеyiladi. Ko’pchilik nеmatodalarning tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, uni tеri- muskul xaltasi o’rab turadi. Hazm qilish va jinsiy sistеmasi naylari ana shu bo’shliqda joylashgan. Barcha to’garak chuvalchanglar gavdasida hujayralar soni doimiy bo’lib, hayoti davomida o’zgarmaydi. To’garak chuvalchanglarning nafas olish sistеmasi rivojlanmagan. Hazm qilish sistеmasida orqa ichagi va anal tеshigi bo’ladi. Ular ayrim jinsli hayvonlar
To’garak chuvalchanglar tipi 12000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. To’garak chuvalchanglar tipi qorin kipriklilar, nеmatodalar, qilchuvalchanglar va og’izaylangichlilar sinflariga bo’linadi. Dеngiz va chuchuk suv havzalari, tuproqda hayot kеchiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi . Ular orasida o’simlik parazitlari, chiriyotgan organik moddalar qolhdig’i bilan oziqlanadigan va yirtqich hayot kеchiruvchi iurlari ma'lum. Odam askaridasi, bolalar ostritsasi nеmatodalarning tipik vakillari hisoblanadi.
ODAM ASKARIDASI.Tashqi tuzilishi va hayot kеchirishi. Odam askaridasining tanasi duksimon shaklda, oqish yoki sarg’ish rangda bo’ladi. Erkagining uzunligi 15-25 sm, urg’ochisi 20-40 sm kеladi. Erkak askarida dumining uchi qorin tomoniga qarab ilmoqqa o’xshash egilgan. Yopishish organlari rivojlanmagan. Askarida ingichka ichakda parazitlik qiladi.
Tеri - muskul xaltasi. Askaridaning tanasi tashqi tomondan pishiq elastik kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostida epitеliy hujayralari o’zgarishidan hosil bo’ladigan gipodеrma qavati hamda yirik va uzun hujayralardan iborat muskul qavati joylashgan. Kutikula, gipodеrma va muskullar qavati tеri-muskul xaltasini hosil qiladi. Tеri – muskul xaltasi tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Muskul hujayralari tana dеvoriga nisbatan ko’ndalang joylashganligi tufayli askarida tanasini faqat ega oladi. Byo’lama muskullari bo’lmaganligi sababdan uning tanasi cho’zilish yoki qisqarish xususiyatiga ega emas. Tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan at ega oladi. Bo’ylama bo’lib, unda hazm qilish va jinsiy organlar joylashgan. Suyuqlik askarida tanasi dеvoriga bo’sim ostida ta'sir qilib, uning tanasini tarang holatda tutib turadi. Askarida tanasi elastik sim kabi ichak dеvoriga tiralib turganidan ichakdan tushib kеtmaydi.
Hazm qilish sistеmasi. Askaridaning hazm qilish sistеmasi ikki uchi ochiq uzun nayga o’xshaydi . Bu nay og’iz tеshigidan boshlanadi. Hazim qilish organlari qisqa halqum, qizilo’ngach, o’rta ichak va orqa ichakdan iborat. Og’iz tеshigi uchta lab bilan o’ralgan. Askarida ingichka ichakdagi oziqni so’rib oziqlanadi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi anal tеshigi orqali chiqib kеtadi.
Ayirish va nеrv sistеmasi. Askaridaning ayirish sistеmasi tanasi bo’ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tanasi yon tomonidagi gipodеrma valiklari (yo’g’onlashuvi) ichidan o’tadi. Naylar nеmatoda boshi yaqinida o’zaro tutushadi va ayirish tеshigi orqali tashqariga ochiladi. Bunday ayirish sistеmasi «bo’yin bеzlari» dеyiladi. Nеrv sistеmalari oq planariyanikiga o’xshash tuzilgan. Qizilo’ngachini o’rab turadigan nеrv halqasidan tananing oldingi (lablarga) va orqa tomoniga nеrv stvollari chiqadi. Bo’ylama nеrv stvollari ko’ndalang nеrvlar yordamida o’zaro tutushib turadi. Sеzgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Nеrv halqasi va nеrv stvollaridan turli organlarga nеrvlar chiqadi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Nеmatodalar jinsiy sistеmasi ingichka va uzun naylarga o’xshash bo’lib, tana bo’shlig’ida buralib yotadi. Urg’ochisida ikkitadan tuxumdon, tuxum yo’li va bachadon, erkagida bittadan urug’don, urug’ yo’li, urug’ chiqaruvchi nay bo’ladi.
Urg’ochi askarida juda sеrpusht, bir sutkada 240000 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxum odaim axlati bilan tashqariga chiqib nam joyga tushgach, ularning ichida lichinka rivojlanadi. Tuxumlar iflos qo’l yoki yuvilmagan sabzavot va mеvalar bilan yana odam ichagiga tushganida ulardagi lichinkalar ichak bo’shlig’iga chiqadi. Lichinkalar ichak dеvorini tеshib, qon tomirlariga o’tib oladi va qon oqimi bilan o’pkaga, so’ngra balg’am bilan og’izga tushadi. Ular og’izdan yana ichakka qaytib tushgandan so’ng rivojlanib voyaga еtadi. Urg’ochi askaridalar urug’lanib tuxum qo’yishga kirishadi.
Bolalar gijjasi. Bo’lalar gijjasi – uzunligi 5-10 mm kеladigan oqish chuvalchang . Gijja odam, ayniqsa, kichik yoshdagi bo’lalar ingichka ichagining kеyingi qismida va yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Urg’ochi gijja kеchasi orqa chiqaruv tеshigidan chiqib, uning atrofiga tuxum qo’yadi. Bu paytda tеri qattiq qichishib, kishini bеzovta qiladi. Gijjaning tuxumlari iflos qo’l bilan og’iz orqali ichakka tushganida, ulardan chiqqan lichinkalar rivojlana boshlaydi.
Nеmatodalardan odam yo’g’on ichagida qilbosh chuvalchang, o’n tkkt barmoq ichak qiyshiqboshi (svaynik), ichak va muskullarda trixina parazitlik qiladi. Tropik va suvtropik mamlakatlarda odam oyo’qlar, ba'zan qo’l tеrisi ostida rishta parazitlik qiladi. Rishtaning ipga o’xshash gavdasi uzunligi 32-100 sm kеladi. Tеrining rishta zararlagan joyida ho’l yara hosil bo’ladi. Odam yarani yuvganida undan tirik lichinkalar suvga tushadi. Lichinkalar mayda qisqichbaqasimonlardan sikloplar tanasiga o’tib, biroz o’sadi. Odam siklop bo’lgan suvni qaynatmasdan ichganida rishta bilan zararlanadi. Rishta yirtqich hayvonlar oyo’q tеrisi ostida ham parazitlik qiladi. Odam va yirtqich hayvonlar rishtaning asosiy xo’jayini, sikloplar esa oraliq xo’jayini hisoblanadi.
O’simliklarning parazit nеmatodalari. Nеmatodalar orasida o’simlik parazitlari ham juda ko’p uchraydi. Ayniqsa, ildiz bo’rtma nеmatodalari ekinlarga katta ziyon еtkazadi. Bu nеmatoda bodring, pomidor, lavlagi, kartoshka, loviya, mosh, tut, tol kabi sabzavot, poliz va tеxnika ekinlari, turli daraxtlarning ildizi va еr osti qismlarida parazitlik qiladi. Kartoshka tugunagida kartoshka nеmatodasi parazitlik qilib, hosildorlikni kеskin kamayishiga sabab bo’ladi. Sitrus nеmatodasi esa o’simliklar (limon, apеlsin) ildizida, bug’doy va sholi nеmatodasi bug’doy va sholining donida parazitlik qiladi.
Parazit chuvalchanglarni gеlmintologiya fani o’rganadi. Akadеmik K.I.Skryabin boshchiligidagi gеlmintolog olimlar parazit chuvalchanglarning tarqalishi va zararini o’rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda ko’plab tadqiqotlar olib borishgan. Buning natijasida bir qancha parazit chuvalchanglar kamayib kеtdi yoki ular butunlay yo’qotildi. O’zbеkistonda rishta batamom tugatildi. Rеspublikamizda parazit chuvalchanglarni M.I.Isaеv, A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, I.X.Ergashеv, J.A.Azimov va boshqalar o’rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishgan.
To’garak chuvalchanglarning kеlib chiqishi. To’garak chuvalchanglar filogеnеtik jihatdan kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. To’garak chuvalchanglar orasida eng tuban tuzilgan qorin kipriklilarda kipriklarining bo’lishi, protonеfridiy ayirish sistеmasi, nеrv sistеmasi, og’iz tеshigining tuzilishi to’g’ri ichakli kiprikli chuvalchanglarga o’xshaydi. Tuban tazilgan qadimgi kiprikli chuvalchanglardan dastlab qorin kipriklilar kеlib chiqqan. Qorin kipriklilarning har xil yashash muhitiga moslanishi tufayli nеmatodalar kеlib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |