Tarbiyachi: To’g’ri kvadrat shaklidan qilamiz. Barakalla bolajonlar. Uychaning tomini qaysi shakldan qilamiz?
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Yaxshi, uchburchak shakldan qilar ekanmiza bolajonlar! Endi kuchukchamizga uychasiga kirish uchun eshik qilamiz, uni mana bu doira shaklidan qilamiz. Uni uychaning kvadrat shakliga ehtiyot qilib yelimlaymiz. Barakalla bolalar! Kuchukcha sizlardan unga uycha yasab berganlaring uchun judayam minnatdor. Kelinglar endi u bilan xayrlashamiz. Bolalar bugun biz sizlar bilan qaysu shakllar bilan tanishdik?
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: To’g’ri bolajonlar doira, uchburchak va kvadrat shakllari bilan tanishdik a!
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Barakalla bolalar! Bugun sizlar shakllarni qanday yaxshi bilishlaringizni namoyon qildilaring. Xatto mehmonimiz bo’lmish kuchukcha ham sizlardan minnatdor bo’ldi. Qaranglar kuchukcha bizga minnatdorchilik sifatida sovg’alar tashlab ketibdi. Biz unga nima deymiz.
(Bolalar javobi)