II fasl Shayx ul-islom, qozi, mudarris, atibba-tabiblar, nazm gulistonining xush nag’ma qushlari, kotiblar, dafiriston ahli, mutrib va mug’anniy, qissaxonlar
II fasl Shayx ul-islom, qozi, mudarris, atibba-tabiblar, nazm gulistonining xush nag’ma qushlari, kotiblar, dafiriston ahli, mutrib va mug’anniy, qissaxonlar, nasihat ahli va voizlar, ahli nujum, munajjimlar, tijorat ahli, savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar, zindon ahli-dozaning ahlidagilar, g’arib va benavolar, mubrim gadolar, qushchi va sayyod, kadxudolig’sifati va xotunlar, riyokor shayxlar xarojat ahli va gadolar zikri misralar keltirilgan. Kimki dehqonlik aytadi pesha Dog’i non bermak, o’ldi ando shoir Bo’yla kimsa ulovli rijatdin Odam o’lmasa, odamiy xud bekor. Ikkinchi qism: hamda ajol va zamina xisol xosiyatida.
Bir nechta bobdan iborat.To’rtinchi bobida Qanoat zikrida. Qanoat chashmadirkim suvi olmoq bilan qurimas. Har kimki qanoat nisbati bor barcha el aro tovozun izzati bor. Ulkim tamon hirs bila ulfati bor.
Yaxshi-yomon ichra navbati bor. Beshinchi bob esa sabr zikrida bayon etilgan, sabr achchig’daur, ammo, xudbin, qattiqdir.Kimki bir shaddat aro sabru takammun ayladi, Baxt aning kishini no’sh xorini gul ayladi.Oltinchi bob. Tavozu va odob zikridadur. Aqli hikmat ishidur bo’yla maoshu oyin, qayta topgay muni har nafs parastu xudbin. Chin so’z — mo’tabar; yaxshi so’z qisqa — muxtasar. Ko’p so’zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi — aqldan ozgan. Ayb izlovchi — aybli; kishi aybini gapiruvchi — o’ziga yomonlik sog’inuvchi. To’g’rilik bilan qarovchi — pokiza nazarli; kishilarning yaxshi tomonlarini ko’ruvchi — to’g’ri nazarli. Kimning miyasida illat bo’lsa — so’zida mantiq bo’lmaydi. Miyasi sog’lom bo’lsa, gap-so’zi yoqimli va xatosiz bo’ladi. So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida parishonlik — o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik ziynati bilan bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z qanchalik betakalluf