Navoiy hayoti va ijodi haqida Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi. O’zbek adabiy tilining asoschisi


— til; u xazinaning kalitini — so’z bil



Yüklə 18,7 Mb.
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü18,7 Mb.
#168673
1   2   3   4   5   6   7
alisher navoiy1

— til; u xazinaning kalitini — so’z bil.
Chin so’z — mo’tabar; yaxshi so’z qisqa — muxtasar. Ko’p so’zlovchi — zeriktiruvchi; qayta-qayta gapiruvchi — aqldan ozgan.
Ayb izlovchi — aybli; kishi aybini gapiruvchi — o’ziga yomonlik sog’inuvchi. To’g’rilik bilan qarovchi — pokiza nazarli; kishilarning yaxshi tomonlarini ko’ruvchi — to’g’ri nazarli. Kimning miyasida illat bo’lsa — so’zida mantiq bo’lmaydi. Miyasi sog’lom bo’lsa, gap-so’zi yoqimli va xatosiz bo’ladi. So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida parishonlik — o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik ziynati bilan bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa, shunchalik qabihdir. Chin so’z
qanchalik betakalluf bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir. Gul libosi yirtiq bo’lsa ham ziyonsiz; sadaf xunuk bo’lsa ham inju, uchun nuqsonsiz.
Yolg’on so’z she'rdan boshqa yerda nomaqbul va yolg’onni aytuvchi aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam — badfe'l; achchig’i tez — bir baloga giriftor, bir ofatga mubtalo badbasharadir. Bular qayon borsa — balodan qutilmas; har yerga qochsa ham ofatdan xalos bo’lmas. Yomon qiliq g’olib dushmandir va qahrli yovdir, yomon qiliqli kishi esa doim
unga mag’lub va vujudi undan majruh.
Yüklə 18,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin