Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Simon 
Kuznets
183
(1901–1985) ga nasib etdi. Asli 
Belorus, Ukraina, Rossiyada, keyinchalik 
AQSHda 
yashab, 
ijod 
etgan 
(Garvard 
universiteti, Kembridj). U “iqtisodiy va sotsial 
struktura rivojlanish jarayoniga yangicha va 
yanada chuqurroq qarashga olib kelgan, 
iqtisodiy o‘sishni talqin qilishning empirik 
tadqiq qiluvchi ishi uchun” Nobel mukofoti 
oldi. 
182
А.А.Раззоқов. Иқтисодиёт бўйича Нобель мукофоти лауриaтлари. –Т.: ТДИУ, 2004. 10 – 11-б. 
183
А.А.Раззоқов. Иқтисодиёт бўйича Нобель мукофоти лауриaтлари.–Т.: ТДИУ, 2004. 11 – 13-б. 
Simon Kuznets (1901-1985) 


370 
Asli Saymon (keyinchalik Simon) Smit Kuznets Belorrusiyaning 
Pinsk shahrida tug‘ilgan, avval gimnaziyada, keyin Xarkov (Ukraina) 
universitetida tahsil oldi, mahalliy sovet statistik tashkilotlarda ishladi. 
1914-yili Amerikaga ko‘chib o‘tgan. Kuznets ingliz tilini tez 
o‘zlashtirib, Nyu-Yorkning Kolumbiya universitetiga o‘qishga kiradi va 
qisqa vaqt ichida magistrlik va doktorlik darajasiga erishdi. U iqtisodiy 
jarayonlarni empirik va statistik tahlil an’analarini izchillik bilan davom 
ettirdi. Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi a’zosi (1927– 1961), 
Pensilvaniya (1930–1954), Jon Xopkins (1954–1960) va Garvard (1960–
1871) universitetlarida professor lavozimlarida ishlagan. S.Kuznets 
Amerika statistika assotsiatsiyasi (1949) va Amerika iqtisodiy 
assotsiatsiyasi (1954) prezidentligiga saylangan. 
“Kunets qonuni” deb nom olgan nazariya bo‘yicha intensiv 
rivojlanish yo‘liga o‘tgan davlatlarda birinchi o‘n yillikda daromadlar va 
boyliklarning notekis o‘sishi taqsimlanishga xos bo‘ladi, undan keyin 
esa daromadlarning ma’lum me’yor atrofida bo‘lishi kuzatiladi. Bu 
g‘oyaning hozirgi davrda mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan 
mamlakatlar uchun ahamiyati juda katta. Haqiqatan erkin bozor 
munosabatlariga kirib kelayotgan davlatlarda davlat mulkini boshqa 
mulk shakllariga o‘zgartirish ketyapti, xususiylashtirish oqibatida ko‘p 
xollarda yangi boylar paydo bo‘layapti, qutbiy bo‘linish kuchaymoqda, 
bu esa har doim ham tinchlik bilan o‘tavermaydi. Olim, shuningdek, 
iqtisodiy o‘sishning qiyosiy tahliliga katta hissa qo‘shdi, bu bilan hozirgi 
zamon iqtisodiy belgilovchi mezonlarni aniqladi. Ular quyidagilar: 

daromadning aholi jon boshiga qarab o‘sish suratlari; 

ishchi kuchining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti; 

aholining hududlar bo‘yicha joylashuvi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin