Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

15.3.
 
ASIMMETRIK AXBOROT NAZARIYASI HAQIDA 
DJ. AKERLOF, M. SPENS VA DJ. STIGLETS 
 
2001-yili Shvetsiya qirollik akademiyasi Nobel mukofotini Djordj 
Akerlof, Maykl Spens va Djozef Stigletsga iqtisodiyotda yangi yo‘nalish 
bo‘lgan asimmetrik axborot nazariyasini (unga ko‘ra 


371 
iste’molchi va sotuvchi mazkur tovar bo‘yicha turlicha ma’lumotga ega) 
ishlab chiqqanlari uchun oldilar
184

Akerlof Djordj 
(1940) Berkli shaxrida 
joylashgan Kaliforniya universiteti iqtisodchisi, 
professori. O‘zining bakalavr diplomini 1962- yili 
Elsk universitetida, falsafa doktori nomzodligini 
1966-yilda Massachusets texnologik universitetida 
olgan. Bruklin institutida kengashining faxriy 
a’zosi, Kanada assotsiatsiyasi 
institutining 
kengash a’zosi, Amerika fanlar va madaniyat 
akademiyasi a’zosi. 
Dj.Akerlof birinchi marta Kaliforniya universitetida psixologiya, 
antrologiya, jamiyatshunoslik va boshqa tarmoqlarning iqtisodiyotga 
ta’sirini o‘rganayotganda ko‘zga tashlangan. Akerfold ilmiy qiziqishlari 
sohasi keng va xilma-xil: makroekonomika, mikro ekonomika, 
kambag‘allik, oila muammolari, kriminalistika va boshqalar. Dj.Akerlof 
sotsiologiya, psixologiyani iqtisodiy nazariya va amaliyotga qo‘llash 
orqali iqtisodni boyitishga va rivojlanishga o‘z ta’sirini ko‘rsatib o‘tdi. 
A.Averbax
185
Akerlof o‘zining keng ilmiy izlanishlari bilan 
ekstraordinar qarashini isbotlab bergan olim deb ta’riflagan. Bu o‘rinda 
aynan Akerlof assimetrik axborot nazariyasini ishlab chiqishda 
boshchilik qilgani bejiz emas. 
Dj.Akerlof, M.Spens va A.Stiglits o‘zlarining to‘liq axborotga ega 
bo‘lmagan bozorni tadqiqotida 1974-yil Nobel mukofoti lauriyati 
Fridrix fon Xaykning “jamiyatda bilimlarning qo‘llanilishi” 
maqolasiga asoslanib amalga oshirganlar. 12 
betdan iborat bu ish o‘z ichiga ko‘pgina 
assimetrik axborot bo‘yicha qilingan chuqur 
izlanishlarni qamrab olgan. 
Akerlofdan tashqari assimetrik axborotga 
ega bozorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
shug‘ullangan olim Maykl Spens hisoblanadi. 
Maykl Spens 
(1943) Stenford universiteti 
professori. Gumanitar fanlar bo‘yicha bakalavr 
unvonini 1966-yil, falsafa doktorligini 1972-yil 
184
Вечканов Г.С. Экономическая теория. 2-е издание. – СПб.; Питер, 2010 г. Ст.193-195 
185
Берклидаги Калифорния университети иқтисодиёт департаменти раиси. 
Akerlof Djordj (1940) 
Maykl Spens (1943) 


372 
olgan. Doktorlik dissertatsiyasi uchun, a‘lo darajadagi ta’limi uchun 
mukofotlar, Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis 
etiladigan Djordj Beyts Klark nomidagi medalga ega bo‘lgan. 1981- 
yildan 1983-yilgacha Biznes iqtisodiyoti falsafa doktorlari dasturlari 
assotsiatsiyasi raisi, 1984 yildan 1990-yilgacha Garvard universiteti 
fakulteti dekani, 1990-yildan 1999-yilgacha Stenford universiteti dekani 
vazifalarini bajargan. 
Spens “investitsiya, strategiya va yangi bozorda o‘sish” (1979), 
“Bozor signallari: axborot oqimi, axborot savdosi va nisbiy jarayonlar” 
(1974) ilmiy ishlarning muallifi. 
2001-yil Nobel mukofoti bo‘yicha laureatlari 
ichida Djozef Stiglets ajralib turadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin