371
iste’molchi va sotuvchi mazkur tovar bo‘yicha turlicha ma’lumotga ega)
ishlab chiqqanlari uchun oldilar
184
.
Akerlof Djordj
(1940)
Berkli shaxrida
joylashgan Kaliforniya universiteti iqtisodchisi,
professori. O‘zining bakalavr diplomini 1962- yili
Elsk universitetida, falsafa
doktori nomzodligini
1966-yilda Massachusets texnologik universitetida
olgan. Bruklin institutida kengashining faxriy
a’zosi, Kanada assotsiatsiyasi
institutining
kengash a’zosi,
Amerika fanlar va madaniyat
akademiyasi a’zosi.
Dj.Akerlof birinchi marta Kaliforniya universitetida psixologiya,
antrologiya, jamiyatshunoslik va boshqa tarmoqlarning iqtisodiyotga
ta’sirini o‘rganayotganda ko‘zga tashlangan. Akerfold
ilmiy qiziqishlari
sohasi keng va xilma-xil: makroekonomika, mikro ekonomika,
kambag‘allik, oila muammolari, kriminalistika va boshqalar. Dj.Akerlof
sotsiologiya, psixologiyani iqtisodiy nazariya va amaliyotga qo‘llash
orqali iqtisodni boyitishga va rivojlanishga o‘z ta’sirini ko‘rsatib o‘tdi.
A.Averbax
185
Akerlof o‘zining keng
ilmiy izlanishlari bilan
ekstraordinar qarashini isbotlab bergan olim deb ta’riflagan. Bu o‘rinda
aynan Akerlof assimetrik axborot nazariyasini ishlab chiqishda
boshchilik qilgani bejiz emas.
Dj.Akerlof, M.Spens va A.Stiglits o‘zlarining to‘liq axborotga ega
bo‘lmagan bozorni tadqiqotida 1974-yil Nobel mukofoti lauriyati
Fridrix fon Xaykning “jamiyatda bilimlarning qo‘llanilishi”
maqolasiga asoslanib amalga oshirganlar. 12
betdan iborat bu ish o‘z ichiga ko‘pgina
assimetrik axborot bo‘yicha
qilingan chuqur
izlanishlarni qamrab olgan.
Akerlofdan tashqari assimetrik axborotga
ega bozorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
shug‘ullangan olim Maykl Spens hisoblanadi.
Maykl Spens
(1943)
Stenford universiteti
professori. Gumanitar fanlar bo‘yicha bakalavr
unvonini 1966-yil, falsafa doktorligini 1972-yil
184
Вечканов Г.С. Экономическая теория. 2-е издание. – СПб.; Питер, 2010 г. Ст.193-195
185
Берклидаги Калифорния университети иқтисодиёт департаменти раиси.
Akerlof Djordj (1940)
Maykl Spens (1943)
372
olgan. Doktorlik dissertatsiyasi uchun, a‘lo darajadagi ta’limi uchun
mukofotlar, Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis
etiladigan Djordj Beyts Klark nomidagi medalga ega bo‘lgan. 1981-
yildan 1983-yilgacha Biznes iqtisodiyoti falsafa
doktorlari dasturlari
assotsiatsiyasi raisi, 1984 yildan 1990-yilgacha Garvard universiteti
fakulteti dekani, 1990-yildan 1999-yilgacha Stenford universiteti dekani
vazifalarini bajargan.
Spens “investitsiya, strategiya va yangi bozorda o‘sish” (1979),
“Bozor signallari: axborot oqimi, axborot savdosi va nisbiy jarayonlar”
(1974) ilmiy ishlarning muallifi.
2001-yil Nobel mukofoti bo‘yicha laureatlari
ichida Djozef Stiglets ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: