370
Asli Saymon (keyinchalik Simon) Smit Kuznets Belorrusiyaning
Pinsk shahrida tug‘ilgan,
avval gimnaziyada, keyin Xarkov (Ukraina)
universitetida tahsil oldi, mahalliy sovet statistik tashkilotlarda ishladi.
1914-yili Amerikaga ko‘chib o‘tgan. Kuznets ingliz tilini tez
o‘zlashtirib, Nyu-Yorkning Kolumbiya universitetiga o‘qishga kiradi va
qisqa vaqt ichida magistrlik va doktorlik darajasiga erishdi. U iqtisodiy
jarayonlarni empirik va statistik tahlil an’analarini izchillik bilan davom
ettirdi. Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi a’zosi (1927– 1961),
Pensilvaniya (1930–1954), Jon Xopkins (1954–1960) va Garvard (1960–
1871) universitetlarida professor lavozimlarida ishlagan. S.Kuznets
Amerika statistika assotsiatsiyasi (1949)
va Amerika iqtisodiy
assotsiatsiyasi (1954) prezidentligiga saylangan.
“Kunets qonuni” deb nom olgan nazariya bo‘yicha intensiv
rivojlanish yo‘liga o‘tgan davlatlarda birinchi o‘n yillikda daromadlar va
boyliklarning notekis o‘sishi taqsimlanishga xos bo‘ladi,
undan keyin
esa daromadlarning ma’lum me’yor atrofida bo‘lishi kuzatiladi. Bu
g‘oyaning hozirgi davrda mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan
mamlakatlar uchun ahamiyati juda katta. Haqiqatan erkin bozor
munosabatlariga kirib kelayotgan davlatlarda
davlat mulkini boshqa
mulk shakllariga o‘zgartirish ketyapti, xususiylashtirish oqibatida ko‘p
xollarda yangi boylar paydo bo‘layapti, qutbiy bo‘linish kuchaymoqda,
bu esa har doim ham tinchlik bilan o‘tavermaydi. Olim, shuningdek,
iqtisodiy o‘sishning qiyosiy tahliliga katta hissa qo‘shdi, bu bilan hozirgi
zamon iqtisodiy belgilovchi mezonlarni aniqladi. Ular quyidagilar:
–
daromadning aholi jon boshiga qarab o‘sish suratlari;
–
ishchi kuchining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti;
–
aholining hududlar bo‘yicha joylashuvi.
Dostları ilə paylaş: