Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Makroiqtisodiyotdagi sabab va natijalar bog‘liqligiga oid



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Makroiqtisodiyotdagi sabab va natijalar bog‘liqligiga oid 
tadqiqotlar. 
2012-yildagi Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga Elvin 
Rot va Lloyd Shepli sazovor bo‘ldilar. Ularning ikkalasi tibbiyot 
xodimlari va donorlarni tanlash bo‘yicha Amerika milliy tizimining 
islohotchilari hisoblanadi. Alohida amaliyot bilan shug‘ullanuvchi va 
oilaviy shifokorlarni ishga joylashtirish misolida iqtisodchilar asosiy 
iqtisodiy muammoni, ya’ni turli subyektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish 
masalasini tadqiq qilganligini yuksak bahoga 
loyiq, deb topildi. 
Alfred 
Nobel 
xotirasiga 
bag‘ishlangan 
Shvetsiya banki mukofoti ikkita amerikalik 
iqtisodchiga – Elvin Rot va Lloyd Shepliga 
«barqaror ishga joylashtirish nazariyasi va bozor 
iqtisodiyotida rejalashtirilish amaliyoti uchun» 
berildi. Elvin Rot Garvard biznes-maktabida, 
Lloyd Shepli esa Kaliforniya universitetida 
ishlaydi. 


386 
L.S.Shepli (1923-2016) 
“O‘yinlar nazariyasi” Rot va Shepli umumiy ilmiy qiziqishlarining 
asosini tashkil etadi. Shepli tadqiqotlari, resurslarni taqsimlashning turli 
usullarini o‘rganishga qaratilgan. Shepli nomi bilan Geyl–Shepli (shu 
jumladan, maryaj qurish) algoritmi bog‘liq. Jumladan, u oilaviy 
munosabatlarda va mehnat bozorida barqaror aloqalar paydo bo‘lishini 
ilgari surgan. 1962--yilda Geyl va Shepli metodologiyasi asosida 
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tibbiyot xodimlarini tanlash tizimi qayta 
ko‘rib chiqilib, yangidan tuzildi. U ish beruvchi hamda xodim talablarini 
maksimal tarzda uyg‘unlashtirishni 
nazarda tutgan. 
O‘z navbatida, Rot mazkur tizim faqat oilaviy 
bo‘lmagan shifokorlar uchun amal qilishini 1984-
yilda isbotlab berdi. 1999-yilda esa, u ushbu tizim 
metodologiyasini oilasi bo‘lgan shifokorlar uchun 
taklif qildi. 
Nobel 
mukofoti 
bo‘yicha 
qo‘mita 
ta’kidlaganidek, Rot va Shepli ilmiy tadqiqotlari 
turli iqtisodiy subyektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish kabi muhim 
muammolarga taalluqlidir. Maktab va o‘quvchilar bir-birini tanlashi
bemorlar muhtoj bo‘lgan va transplantatsiya qilinadigan inson 
organizmi qismlari bo‘yicha donorlarni izlash kabi misollarda o‘z aksini 
topishi mumkin. Nobel mukofoti bo‘yicha tashkiliy qo‘mita 
hisoblaganidek, Rotning xizmati aynan “Geyl–Shepli algoritmi” 
bo‘yicha amal qiladigan tizimlarni modernizatsiya qilish va ularni 
hayotga tatbiq etishdan iboratdir. 
Resurslarni taqsimlash nazariyasiga ko‘ra, ayrim aloqalar iqtisodiy 
omil vazifasi bilan belgilanadi. Masalan, pul xodimlarni ish haqi baland 
bo‘lgan ish joylariga chorlaydi. Ammo bunday yondashuv gohida 
ishlamay qolishi mumkin, ana shuning uchun ham resurslarni to‘g‘ri 
taqsimlash va ularning boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda shuningdek 
donorlarning organlarini transplantatsiya qilish jarayoni ham kiradi. Rot 
Tayfun Sonmez va Utku Unver bilan birga, Angliyada jigarni 
transplantatsiya qilish bo‘yicha dastur mualliflaridan biri bo‘ldi. Ushbu 
tizim donorlar va retsipientlarning maqbul ikkilikni tanlashga qaratilgan. 
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik ekspertlarning fikriga 
qaraganda, joriy yilda iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel xotirasi 


387 
P.Krugman (1953) 
mukofotiga sazovor bo‘lgan ikkala Amerikalik olim Rot va Shepli fan 
olamida tadqiqotlari amaliyotga qaratilganligi bilan mashhur bo‘lgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin