Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar. 
Iqtisodiy modellar, resurslarni optimal 
joylashtirish, monetarizm, iqtisodiy muvozanat, xalqaro bozor va savdo
assimetrik axborot, iqtisodiy psixologiya 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Nobel mukofoti qachondan joriy etildi? Maqsadi nimadan 
bo‘ldi? 
2.
Iqtisodiy muvozanat masalalari Nobel mukofoti sovrindorlarida 
qanday yoritilgan? 
3.
Assimetrik axborot nazariyasi nimani anglatadi? 
4.
Iqtisod 
va 
psixologiyani 
bog‘lagan Nobel mukofoti 
sovrindorlari kimlar? 
5.
Iqtisodiy psixologiya Kaneman ijodida qanday aks etdi? 
6.
O‘yinlar nazariyasi iqtisod uchun nimani ochib berdi? 
7.
Makroiqtisodiyotda sabab va natijalar bog‘liqligi nimada? 
8.
Stiglets nazariyasi nimaga asoslandi? 
9.
Kimlar iqtisodiy axborotlarni statistika asosida vaqtinchalik 
qatorlar o‘zgarishlari tahlili usulini qo‘llagan? 
10.
Nokoperativ o‘yinlar nazariyasi nimaga tayandi? 


392 
16-
 
MAVZU. JAHON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI 
IQTISODIY G‘OYALAR 
(2 soat) 
16.1.
 
MUTLAQ USTUNLIK NAZARIYASI 
 
Аdam Smitning Xalqlar boyligi g‘oyasining asosiy maqsad- 
laridan biri hozirda merkantalizm deb atalgan g‘oyalar yig‘indisining 
yolg‘on tomonini ko‘rsatib berish edi – bu kitobning taxminan 25 foizi 
merkantalizm ta’limoti va amaliyotini tekshirishga bag‘ishlangan edi. 
Ba’zi merkantalistlar eksport importdan yuqori bo‘lgan tashqi savdoning 
davlat tomonidan tartibga solinishi mamlakat savdoning qulay balansiga 
ega bo‘lishi uchun zarur deb hisoblardi va shuning uchun boshqa 
mamlakatlar kabi qimmatbaxo metallarni ko‘paytirish tufayli eksport 
importdan oshib ketdi. Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab 
chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining 
asosini tashkil etadi degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‘ra, ba’zi 
mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat 
sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu 
mamlakatlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda 
mutloq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik 
yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni 
ishlab 
chiqarishga 
ketadigan 
kam 
xarajatlarda namoyon bo‘ladi. 
Savdoni sun‘iy ravishda cheklab 
quyishga A. Smit qarshi chiqdi va qaysi 
mamlakatning mahsuloti arzon 
bo‘lsa 
o‘sha mamlakat bilan savdo qilishning 
avzalligi to‘g‘risida aytib o‘tadi. Masalan, 
A.Smit qayd qilib o‘tganidek: “Agar 
Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan 
yaxshi va arzon bo‘lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan 
yaxshi bo‘lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‘ziga kerakli chet el vinosi 
va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan 
sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum etishtirish shart 
emas, chunki u yerda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. 
Vino qayerda arzon bo‘lsa o‘sha yerdan sotib olish maqsadga muvofiq. 


393 
A.Smitning asosiy g‘oyasi – 
mutlaq xarajatlar 
g‘oyasidir. Unga 
ko‘ra, mutlaq xarajatlari kam bo‘lgan mamlakatlardan tovarlarni import 
qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlarni esa (ularni xarid 
qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak. 
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil suniy ta’sir ko‘rsatish va 
qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarning 
olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi 
har ikkilasi uchun foyda hamisha bir hil bo‘lmasa ham. “Har bir aqlli 
oila boshlig‘ining qoyidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan 
ko‘ra, uyda tayyorlash qimmatga tushidagan narsalarni uyda 
tayyorlamaslikka harakat qiladi. Tikuvchi o‘ziga etik tikishga harakat 
qilmaydi, balki uni etikdo‘zdan sotib oladi. Etikdo‘z o‘ziga kiyim 
tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi”. 
A.Smit bo‘yicha, bu qoida bir butun mamlakat uchun qo‘llanilishi 
kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, 
uni o‘zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda 
ta’minlashi mumkin bo‘lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo‘lgan 
sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’lum qismi 
uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning 
uchun, mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, 
A.Smit bozorning roliga katta e’tibor bergan bo‘lishiga qaramay, u 
ushbu masalani ko‘rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, 
ba’zi bir tabiiy resurslarga ega bo‘lish va b.) va qo‘lga kiritilgan (odatda, 
texnologik ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan) ustunliklarini hisobga 
olishni zarur deb hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat qachonki 
mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan bo‘lgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko‘rishi 
mumkin. 
Lekin A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab 
chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo‘lsa, 
bunday vaziyatda qanday bo‘ladi degan savol ko‘rib chiqilmagan. 
Mazkur nazariya, agar mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda hech 
qanday mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasa, ular xalqaro savdoda 
qatnashishi mumkinmi degan savolga ham javob bermaydi. 
Smit qiziqish bildirgan xalqaro savdo-sotiq nuqtayi nazariyasi 
shubhasiz qisman to‘g‘ri, chunki uning kuchli jihati, bu nazariya emas, 
balki iqtisodiy siyosat nuqtai nazardan yoritilganligida edi. 


394 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin