395
evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday
ayirboshlash Angliya uchun
ham foydali, negaki u o‘z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab,
gazlamani sotish yo‘li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining
mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi
mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu
narsa ko‘rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo‘lsa, ixtisoslashuv va
ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir.
Bundan
mamlakatlar o‘rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning
ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosli xarajatlar g‘oyasi – bu o‘zaro foyda ko‘rish g‘oyasidir.
Unga ko‘ra “... Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika
va Polshada don etishtirilishi, Angliyada metall buyumlari va boshqa
tovarlar ishlab chiqarilishi kerak”
Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida bir
qator soddalashtirishlar
mavjud bo‘lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo‘ladigan qiyinchiliklar aks
ettirilmagan. D. Rikardo modeli – bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo
modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning o‘zgarishini, savdo
qilayotgan mamlakatlarning unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni
ham hisobga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: