396
Masalan,
Shvetsiya tashqi bozorga
murakkab
sanoat
mahsulotlarini
–
avtomobillar va rolikli podshipniklarni,
tog‘-kon
uskunalari
va
dengizda
ishlatiladigan motorlarni – yetkazib berish
bilan samarali savdo qiladi. Ko‘p sohalarda
raqobat ustunligini qo‘lda ushlab turgan
aynan
shu mamlakatda tashqi savdo
nazariyasining yaratilishi bejiz emas.
Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir
xil bo‘lgan savdo qilayotgan mamlakatlar
ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi, yer)
bilan bir xil
darajada ta’minlanmaganligiga asoslanadi.
Qiyosli
xarajatlar
konsepsiyasiga
asoslangan holda, shved iqtisodchilari Xeksher
va Olin bunday xarajatlar asosida nima
yotishini tushuntirib berishga harakat qildi.
Ular, savdo qilayotgan mamlakatlarda ishlab
chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman
o‘xshash bo‘lgan
sharoitda xarajatlar
darajasidagi farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan
ta’minlanligiga bog‘liq, deb xulosa qiladi.
Xeksher-Olin tadqiqotida tashqi savdoda xarajatlari nafaqat tabiiy
sharoitlardagi farq bilan, balki savdo ishtirokchilari ta’minlangan har
xil omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar ortiqcha, boshqa
bir omillar yetishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi nisbatan yuqori,
boshqa turdagi omillarning – nisbatan past. Omillarning narxi ularning
kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis omillar – qimmat, ortiqcha
omillar – arzon. Agar mamlakatda qandaydir bir omil boshqa omillarga
nisbatan ortiqcha bo‘lsa, masalan, arzon ishchi kuchi ko‘p bo‘lsa, unda
bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni (to‘qimachilik, kiyim-kechak
va b.) ishlab chiqarishga va ularning savdosiga ixtisoslashadi. Agar
mamlakatda kapital ortiqcha bo‘lsa,
unda bu mamlakatga kapital
sig‘imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-uskunalar) eksport qilish
foydali.
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan Janubiy Koreya mehnat
talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtompbil, kundalik turmush elektr
B.Olin (1899-1979)
397
V.Leontev (1905-1999)
asboblarini) eksport qiladi: Xitoyga kiyim-kechak, to‘qimachilik
mahsulotlarini eksport qilish qo‘l keladi. Shvetsiya po‘lati va metall
mahsulotlarining
raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib
olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‘lat eritish xususiyatiga ega.
Demak,
Xeksher-Olinning
tashqi
savdo
modeli
asosida
xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi
yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv
foydalanib ishlab chiqariladigan
mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab
chiqarish omillari tanqis bo‘lgan tovarlarni esa import qiladi.
Dostları ilə paylaş: