Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

15.8.
 
IQTISODIYOTNI PSIXOLOGIYA BILAN 
UYG‘UNLASHTIRISH 
 
2017-yilda Nobel mukofotining laureati Richard Talyer bo‘ldi. 
Shvetsiya qirollik akademisining bayonnomasida yozilishicha, olim o‘z 
ishlarida «Iqtisodiyotni psixologiya bilan uyg‘unlashtirgan». 
Richard Taler 
(1945-yil 12-sentabr) Sharqiy Oranj (Nyu Jersi 
Shtati, Ekses okrugi)da tug‘ilgan, u yaxudiy oilasidan uch o‘g‘lonning 
biri edi. Uning otasi Alan Moris Taler (1917-2004) “Prudential” sug‘urta 
kompaniyasida sug‘urta matematikasi bo‘yicha mutaxassis, onasi Rozlin 
Melnikov (1921–2008) maktab o‘quvchisi bo‘lib ishlagan. O‘rta 
maxsus ta’limni xususiy Nyuark akademiyasida olgan, bakalavr 
darajasini Case Western Reserve universitetida (Klivlend, 1967), 
magistrlik darajasini va falsafa fanlari darajasini Rocherster 
universitetida Shervin Rozin rahbarligida oladi. Rocherd, Karnelli va 
Chikago universitetlarida dars bergan. 2005-yil Samuelson mukofoti 
lauriyati. Daniel Keneman va Amos Tverskiy bilan hamkorlikda 
moliyaviy va iqtisodiy xulq atvor sohasidagi tadqiqotlarni olib borgan. 
Sobiq AQSH Prezidenti Barak Obamaning maslahatchilaridan biri edi. 
Iqtisodiyotchilar an’anaviy tarzda insonlar va tashkilotlar ratsional 
harakat qiladi degan fikrda bo‘ladi. Taler o‘z ishlarida odamlar xatti- 
harakati bo‘yicha akademiya nazariyasidan farq qiluvchi fikrlarni 


390 
R.Taler (1945 y) 
keltirib o‘tdi. U «ratsionallikni cheklash, ijtimoiy afzalliklar va o‘z 
o‘zini nazorat qilish etishmovchiligi» oqibatlaridir deydi. 
Unga mukofot taqdim etilayotganda «u insonning ma’lum bir 
xususiyat va fe‘l-atvori qaror qabul qilish va, o‘z navbatida, bozor 
natijalariga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatdi», – deb izoh berishdi Nobel 
qo‘mitasida. 
Taler 73 yoshda. U AQSHning Chikago universitetida dars beradi. 
Iqtisodiy aktivlarni nazorat qiluvchi Fuller & Thaler Asset Management 
firmasiga rahbarlik qiladi. 2015-yilda u «Igra na ponijenie» nomli 
filmida suratga tushdi. 
Xatti-harakat iqtisodiyoti nima va u nimaga kerak? Taler butun bir 
yangi yo‘nalish asoschisi bo‘ldi desak adashmaymiz. U insonning ba’zi 
xatti-harakatlari moliyaviy bozorlarga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. 
Masalan, bir tadqiqotida Taler odamlar o‘ziga tegishli bo‘lmagan 
narsadan ko‘ra, o‘z buyumlarini ko‘proq qadrlashini 
aniqladi. Bunga o‘zida bor narsani yo‘qotish hissi 
turtki bo‘ladi deydi. Aslida odamlar buyumning 
qiymatini nimagadir bog‘lab anglaydi. Nobel 
qo‘mitasining bayonotida Talerning chegirmali 
sotuv tadqiqoti misol qilib keltiriladi. 
Chegirma so‘zining o‘zi odamlarda shu narsaga 
nisbatan qiziqishni uyg‘otadi. Vaholanki xuddi shu 
narsani ma’lum narxda chegirmasiz ko‘rgan xaridor 
unga e’tibor qilmasligi mumkin. 
Yana bir misolda taksichining kun tartibi ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra 
haydovchi o‘z oldiga ma’lum bir daromadni yig‘ib, so‘ng uyiga qaytishi 
va o‘z oilasiga vaqt ajratishi ko‘rsatilgan. Bu vaziyatda haydovchi o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadi sababli har xil vaqtda ishlay bo‘shaydi. Negaki 
mijoz oqimi har kuni bir xil bo‘lmaydi. Mijoz etarli bo‘lgan kunlari u 
uyiga erta, aksincha bo‘lsa kech qaytishi mumkin. 
Vaziyatni o‘zgartirish uchun taksichi qarorni o‘zgartirishi va kun 
tartibini boshqa qulay yo‘sinda belgilashi lozim. Taler tadqiqotlarining 
yana bir e’tiborli qismi – iste’molchilarning odillik haqidagi tushunchasi 
va bu tushunchalarning biznesga ta’siri yo‘nalishidir. 
Misol uchun, yomg‘ir boshlanganida yo‘lovchilar do‘konlarga 
otlanib soyabon xarid qiladi. Mahsulotga talab ortsa do‘kon narxlarni 
oshirishi odatiy hol deyishimiz mumkin. Biroq aksariyat do‘konlar bu 


391 
fikrni qo‘llamaydi. Bunday harakat iste’molchida salbiy taassurot 
uyg‘otishi va «boshqa bu yerdan narsa olmayman» qabilidagi salbiy 
qarorga olib kelishi mumkin. Shu sababli do‘kon egalari narxni 
ko‘tarmaydilar. 
Hozirgi kunda xatti-harakat va moliyaviy iqtisodiyotga oid ko‘plab 
ilmiy ishlar va tadqiqotlar chop etilmoqda. Ilmiy ishlarning aksariyati 
marketing aksiyalari va chegirmalari tajribasiga tayanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin