400
ortiqcha kapitali ko‘p bo‘lgan o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda
mahsulot ishlab chiqarishning ikkinchi “hayotiy sikli” davom etadi.
Uchinchi faza
uchun bir xil texnologik
asosda mahsulotlarni
ommaviy tarzda ishlab chiqarish xos. Malakasiz mehnat birinchi o‘ringa
suriladi, u o‘z mavqeini saqlab qolgan kapital bilan bir qatorda turadi.
Olimlar, muhandislar va menejerlar mehnatining ahamiyati keskin
pasayadi. Bundan shu narsani ko‘rish qiyin emaski, bu fazada mahsulot
ishlab chiqarish soddalashib, malakasiz ishchilar zaxirasi ko‘p bo‘lgan
rivojlanayotgan mamlakatlarda ommaviy tus oladi.
Keyinchalik
mazkur mahsulotga talab, uni ishlab chiqarish
pasayadi, uning o‘rnini qo‘llovchi yangi mahsulot ishlab chiqarish fazasi
qaytadan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: