422
Jahon xo‘jaligi, jahon bozori va integratsion
jarayonlarning uzoq
tarixi bor.
Ayniqsa, Buyuk ipak yo‘li (m.a. II asrda) davrida aniq namoyon
bo‘lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli
kuchaydi. II jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy
munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni
ularsiz tasavvur etish mumkin emas. «Benilyuks» (1944),
Umumiy
bozor (1957), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960), NAFTA, EKO, Xalqaro
valuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu
aloqalarni ma’lum tartibga solib kelmoqdalar.
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishsa taraqqiyot asosi
ekanligini isbotlab bergan bo‘lsa, D.Rikardo... bu mehnat taqsimoti faqat
ma’lum mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo‘lishi
kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Chunki har bir davlat ma’lum sohada
nisbiy ustunlikka ega bo‘ladi. «Nisbiy ustunlik»,
«solishtirma chiqimlar» nazariyasi xalqaro
mehnat taqsimotining
obyektiv zarurligini isbotlab berdi.
Bu borada bir qancha iqtisodiy ta’limot, nazariya va konsepsiyalar
ilgari surildi.
Xalkaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha neoklassik (sof ta’limot) va
neokeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. «Sof» ta’limot tarafdorlari
fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor
tamoyillari asosida rivojlanishini qo‘llaydilar (erkin raqobat, hamma
uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo
balansi uzuzini tartibga soladi va boshqalar).
Neokeinschilik
ta’limoti vakillari bu jarayondagi bozor
munosabatlariga davlatning faol ishtirokini ma’qul ko‘radilar.
Mustamlakachilik mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar
bo‘yicha turli nazariyalar mavjud, ularning ko‘pchiligi metropoliya
koloniyalari uchun ijobiy rol o‘ynaganligini himoya qiladi.
Bevosita
investitsiyalar nazariyasi mustamlakachilikda ham bo‘lib, mustaqil
rivojlanish yo‘liga o‘tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi
asosiy yo‘l deb hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivoji bilan birga bir qancha
muammolar mavjud, bu odatda boy va nisbatan qoloq mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlardir. 70-yillarda yangi
xalqaro iqtisodiy tartib
423
qabul qilindi. Mavjud muammolarni hal etish uchun BMT tomonadan
«insoniy rivojlanish» konsepsiyasi taklif etilgan.
Dostları ilə paylaş: