Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Mutlaq ustunlik nazariyasini qaysi olim ta’riflagan? 
2.
Qiyosli ustunlik nazariyasini qaysi olim ta’riflagan? 
3.
Mutlaq ustunlik nazariyasi va qiyosli ustunlik nazariyasi 
o‘rtasida farq bormi? 
4.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi kimlar tomonidan 
ochilgan? 
5.
Leontevcha ziddiyat nimada? 
6.
Mahsulotning hayotiy sikli necha bosqichda? 
7.
Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishning tanqidiy 
yo‘nalishlari kimlar tomonidan ilgari surildi? 
8.
Raqobat ustunligi nazariyasi nimada ifodalanadi? 
9.
Valuta kursi nazariyalarini ta’riflang. 
10.
Tovarning hayotiylik siklini qanday ta’riflashimiz mumkin? 


424 
17-
 
MAVZU. O‘TISH DAVRINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 
 
(2 soat) 
17.1.
 
O‘TISH DAVRINING MAZMUNI. BOZOR 
IQTISODIYOTIGA O‘TISH YO‘LLARI 
 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy 
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy 
siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar 
tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor 
tizimining 
asoslarini 
shakllantirish 
jarayonlarini 
amalga 
oshiriluvchi tarixiy davrdir. 
1980–1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar 
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan 
ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib 
qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri 
(A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga 
solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, 
iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish 
g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy 
taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib 
qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari 
umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li – ongli ravishda 
boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi 
va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilma-xil bo‘lib, ularning 
umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. 
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari 
umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy turga bo‘linadi: 
1)
rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 
2)
rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li; 
3)
sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li; 
4)
sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga 
keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li. 
Bu yo‘llar turli-tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda 
umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning 


425 
hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur 
iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan 
umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari 
ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. 
Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar 
yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki 
erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga 
o‘tiladi. 
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan 
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu 
qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. 
Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi 
markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan 
hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu 
yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning 
bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. 
Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan 
bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish 
sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish 
shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. 
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish 
g‘oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim 
jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish 
orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham 
alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat 
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi 
kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga 
keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning 
barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos 
xususiyatlaridir. 
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin