Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

17.3.
 
SHOK TERAPIYASI BILAN BOZOR 
IQTISODIYOTIGA O‘TISH 
 
Shok terapiyasi – bu bozor iqtisodiyoti nazariyasi va bu nazariyaga 
asoslanib keskin amalga oshadigan islohotlar majmui tushuniladi. 
Ushbu islohotlar, “shok terapiyasi” orqali davlat iqtisodiyotini 
sog‘lomlashtirish va uni inqirozdan chiqarib olishga qaratiladi. Bunday 
islohotlar birdaniga narxlarni liberallashtirish, pul hajmini qisqartirish va 
zarar ko‘rayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishni nazarda 
tutadi. 
Ushbu nazariya urushdan keyingi davrda, ya’ni 1940-yillarning 
oxirlarida Germaniya tomonidan iqtisodiyotni liberallashtirishga 
qaratilgan siyosatda nomoyon bo‘ldi. Germaniyada 1947 va 1948- 
194
 Вечканов Г. С.. Экономическая теория: Учебник для вузов. 3-е изд. Стандарт третьего 
поколения. — СПб.: Питер,2011. — 512 с.. 2011 


432 
yillar mobaynida korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning 
narxlari nazorati va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qisqa vaqt 
ichida bekor qildi. Ushbu boshlang‘ich shok terapiyasi bo‘lgan islohotlar 
o‘z samarasini berdi, va natijada nemis iqtisodiy mo‘jizasi sodir bo‘ldi. 
Germaniya o‘sha davrga qadar chuqur avtoritar va iqtisodiyotga to‘liq 
aralashuvchi hukumat mavjud edi. Demak, bu “ma’muriy to‘siqlar” bir 
kechada yo‘q qilinib, Germaniya rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga 
ega bo‘lgan davlatga aylanishiga asos bo‘ldi. 
Xalqaro valuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tish davri 
iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun shok terapiyasi Xitoyda 
bo‘lgani kabi, bosqichma-bosqich, o‘n yilliklar davom etadigan 
o‘tishdan farqli o‘laroq, bozor iqtisodiyotiga nisbatan tez va universal 
o‘tishni bildiradi. 
Nazariyaning asoschisi va asosiy g‘oyachisi mashhur iqtisodchi 
Jeffri Saksdir. U Boliviyada, Polshada va Rossiyada “shok terapiyasi” 
siyosatini ishlab chiquvchilaridan biri bo‘lgan. 1991-yil kuzidan 1994- 
yil yanvarigacha Rossiya prezidenti Boris Yelsinning iqtisodiy 
masalalar maslahatchilar guruhi boshlig‘i bo‘lib ishladi. 1998-yilda Saks 
rus islohotchilarining bir qator harakatlarini salbiy baholadi: "Bizni 
pastga tushirgan eng muhim holat bu islohotchilarning nazariyasi va 
ularning haqiqiy harakatlari orasida katta bo‘shliq bo‘lganligida bo‘ldi... 
Menimcha, rus rahbariyati tafakkurida marksistlarning kapitalizm 
haqida xayoliy g‘oyalari o‘rnashib qolgan: ularningcha kapitalizm – bu 
imkon qadar ko‘proq pul topib, tezroq cho‘ntaklarini to‘ldirish va 
kapitalistlarning tor doirasiga xizmat qilishdir. Bu shok terapiyasi emas. 
Bu zararli, oldindan belgilab qo‘yilmagan, chuqur o‘ylanmagan 
harakatdir, uning maqsadi – odamlarning tor doiradagi manfaatlari 
uchun boylikni keng miqyosda qayta taqsimlashdir”
195
. Shu bilan birga, 
Jefri Saks shaxsan o‘zi va Bosh vazir Yegor Gaidar faoliyati haqida 
ijobiy fikr bildirdi. 1994– 1996-yillarda hokimiyatga kelganlarga qarshi 
chiqdi. 
The American Time jurnali, Jeffri Saksni ikki marta dunyoning eng 
kuchli 100 lideri sirasiga kirgazdi. The New York Times gazetasi unga 
“dunyodagi eng muhim iqtisodchisi”, “Time” jurnali esa dunyodagi eng 
taniqli iqtisodchi deb tan oldi. “The economist” jurnaliga ko‘ra, uni 
195
 Независимая газета, 
31 декабря 1998. См. 
http://old.russ.ru/politics/articles/99-03-30/kiva.htm
 


433 
so‘nggi o‘n yil ichida eng kuchli uchta iqtisodchi orasida turishini 
aytgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin