444
oqibatida katta potensialga ega bo‘lgan O
‘zbekiston iqtisodiyoti bir
tomonlama agrar xomashyo yo‘nalishida rivojlandi, sanoat
tovarlari ishlab
chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik
muammolarni keltirib chiqardi, yerlarning sho‘rlanishi, botqoqlashuvi
kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi keskin
ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlarning iqtisodiy
rivojlanish tarixi bozor
iqtisodiyotini qo‘llash yo‘li bilangina taraqqiyotga erishish mumkinligini
ko
‘rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali iqtisodiyot yuritgan
sobiq SSSR va boshqa «sotsialistax» deb atalgan davlatlar iqtisodiyoti
inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etmoqda.
O‘zbekistan Respublikasi bozor munosabatlariga o‘z mustaqilligiga
erishgandan so
‘ng (1991) o‘ta boshladi. Bu bozor iqtisodiyetiga o‘tish
konsepsiyasi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali (planli) iqtisodiy
tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qonun-qoidalari va uning
O
‘zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos ilmiy qarashlar majmuidan
iboratdir.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konepsiyasi
O‘zbekiston
Respublikasining Prizidenti,akdemik Islom Karimovning
asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. O‘zbekistonning tarixiy,
ilmiy, an’anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib,
respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li
maqbul deb topildi. Bu o‘tish yo‘li tadrijiy (evolyutsion) ketma-ket,
bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq
ko‘rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko‘chish uchun ma’lum
o‘tish davri obyektiv zaruriyatidir. Bu zarurat eskirgan hayot ukladi o‘rniga
yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi
siyosiy- ijtimoiy va
iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston
sharoitida bu o‘tish davri bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi, birinchi
bosqich 1991–1994-yillar, ikkinchi bosqich 1994–1999- yillarda amalga
oshiriladi, uchinchi bosqich 2000-yildan boshlanadi.
O‘tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o‘tish davrida
qo‘llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va uslublarga
bog‘liqdir. Uni nisbatan tezroq va to‘fonlarsiz amalga oshirish bosh vazifa
hisoblanadi. O‘zbekiston sobiq sho‘ro davlatlari
orasida birinchilardan
bo‘lib mustaqillikning o‘n yili davomida muhim yutuqlar qo‘lga kiritiladi.
Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning
jadal o‘sish davri
boshlanadi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milliy valutamiz
bo‘lgan so‘m mustahkamlandi,
xususiylashtirish jarayoni
445
chuqurlashdi va kengaydi. Yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligi
ta’minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar keng quloch yoydi, sanoat
tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotida sezilarli siljishlar amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi yaratildi, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sishi
ta’minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo‘lining to‘g‘riligi
natijasidir. Mustaqillikning 11 yilligi davomida erishilgan natijalarining
eng muhim ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Prezident I.Karimovning 2002-yilda
respublikani
ijtimoiy-iqtisodiy
revojlantirish yakunlari,
iqtisodiy
islohatlarning
borishini
baholash
hamda
2003-yilgi
vazifalarga
bag‘ishlangan Vazifalar Mahkamasining yig‘ilishida so‘zlagan
nutqida
quyidagilar ta’kidlangan:
O‘tgan yil mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
uchun muhim yil bo‘ldi. 2002-yillarda birinchi bor yalpi ichki
maxsulotning 1991-yilga nisbatan 103% o‘sishiga erishildi. Barqarorlikni
saqlash va iqtisodiyotni o‘stirish tendensiyalari aniq ko‘zga tashlandi.
Yalpi ichki mahsulot 4,5%, sanoat ishlab chiqarishi 8,1%, qishloq
xo‘jaligida mahsulot tayyorlash 4,5% ko‘paydi. Inflyatsiya darajasi oyiga
o‘rtacha 2% ni tashkil etdi. Aholining real daromadlari esa 16,9% o‘sdi
Tashqi savdo aylanmasida ham o
‘sish ta’minlandi,
bu borada ijobiy
saldoga erishildi.
Dostları ilə paylaş: