446
18-
MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI
MA’MURIY- BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR
MUNOSABATLARIGA O‘TISH DAVRI KONSEPSIYASI
(1 soat)
18.1.
O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTIGA
O‘TISHNING TAMOYILLARI VA XUSUSIYATLARI
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan
bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsada, turli mamlakatlar
turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir
tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyutsion va evolyutsion yo‘llari
mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyutsion yo‘lini, birdaniga katta
to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos
madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo‘ldagi
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to‘ntarishlarsiz,
ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-
sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. «Bizning bozor munosabatlariga
o‘tish modelimiz Respublikaning o‘ziga
xos sharoitlari va
xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama
hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir
yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish
merosiga barham berishga asoslanadi»
203
.
«O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos
islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z
oldimizga
uzoq
va
davomli
milliy
manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini
qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi»
deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy
etishga
qaratilgan urinishlardan, bozor
iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi
tasavvurlardan voz kechdik»
204
, deb yozadilar mamlakatimiz Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov.
203
Karimov I.А. O
‘
zbekiston buyuk kelajak sari. –Т.: O
‘
zbekiston, 1998, 101–102-betlar.
204
Karimov I.А. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O
‘
zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning
yo
‘
llari va choralari. – Т.: O
‘
zbekiston, 2009, 7-b.
I.Karimov (1938–2016)
447
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li
ijtimoiy-
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni
amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz
tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib
olingan:
−
iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
−
o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
−
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi,
qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;
−
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir
qatorda aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
−
bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham
muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki
tegishli
huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Birinchi
Prezidentimiz
I.A.Karimovning
asarlarida
bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida
quyidagi ikkita vazifani
birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
−
totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
−
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga
olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish
205
.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning
quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
−
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning
qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
−
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini,
uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
−
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
205
Karimov I.А. O
‘
zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo
‘
lida. –Т.: «O
‘
zbekiston», 1995,
19-b.
448
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun
mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan
birga isloh qilishning
birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va
ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Dostları ilə paylaş: