Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Xitoyning iqtisodiy islohotlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Xitoyning iqtisodiy islohotlari. 
XX asr o‘rtalarigacha Xitoy agrar ishlab chiqarish shaklidagi kam 
rivojlangan mamlakatlar qatorida turardi. Xitoyni orqada qolgan 
iqtisodiyotini ko‘tarish uchun turli tarmoqlar islohoti dasturlari ishlab 
chiqildi. Bu islohotlarning asosiy maqsadi Xitoyni jahon mamlakatlari 
darajasigacha ko‘tardi. Bu muvaffaqiyatlar Xitoy iqtisodiy mo‘jizasi 
nomini olgan. 
Iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi 
bosqich 1949-yilda boshlandi, u mulkni to‘la milliylashtirish bilan bog‘liq 
bo‘ldi. Mamlakatda yagona siyosiy tizimi sifatida sotsializm deb olindi. Bu 
davrda barcha xo‘jalik shakllari qisqartirildi, hamma mulk davlat qo‘lida 
to‘plandi. “Katta sakrash” deb nom olgan mazkur dastur barcha xo‘jalik 
faoliyatini davlatlashtirish va umumlashtirishga qaratildi. Bu siyosat 
iqtisodiy o‘sish faolligini oshirmadi, balki iqtisodiyotni depressiya holatiga 
tushirib qo
‘ydi. 
1960-yili ikkinchi bosqich boshlanib, “katta sakrash” dasturi chetga 
chiqildi. Bu davrda kimyo, neft, texnika kabi iqtisodiy tarmoqlar yaratilishi 
amalga oshdi. Buni natijasida ko‘pgina ish o‘rinlari yaratildi, iqtisodiy 
o‘sish yuz berdi. 1966-yilda esa Xitoy madaniyat inqilobi tufayli esa bir 
oz to‘xtaldi. Iqtisodda depressiv tendensiyalar kuzatildi va umumiy 
pasayish kuzatildi. 
1980-yilda islohotlarning uchinchi bosqichi boshlandi. Umumiy 
iqtisodiy pasayish sharoitida davlat iqtisodiyot va siyosatni tubdan qayta 
isloh qilishga o‘tdi. Islohotlarni mohiyati shunda bo‘ldiki, bunda sotsial 
tizim tubdan o‘zgarib, kapitalizm bilan birlashtirish amalga oshirildi. 
Birinchi o‘rinda qishloq xo‘jaligini qayta tiklashga, yerni qayta ishlashga 
qaratilgan yangi texnologiyalarni sotib olishga kirishildi. Bu orqali 
201
А.Н.Кошилев. Краткий курс по истории мировой экономики: учебное пособие. – М.: 
издательство “Окей-книга”, 2008, стр. 128-130 . 


443 
qishloq xo‘jaligi taqchilligi muammosi yechildi, jahon iqtisodiyotining 
agrar qaramligi oldi olindi. 1984-yili iqtisodiy o‘sish dinamikasini 
asoslovchi sotsial rejalashtirish asoslari qabul qilindi. Iqtisodiy 
islohotlarning ikki yo‘nalishi aniqlab olindi, ular qishloq xo‘jaligi va 
sanoatdir. Qishloq xo‘jaligi sohasida Xitoy asosan ichki ehtiyojlarni 
qondirish maqsadi olindi. Sanoat sohasini tubdan isloh qilish, mahsulotlar 
bilan jahon bozoriga chiqish yo‘nalishi olindi. Kapitalni sanoatga 
yo‘naltirilishi va sanoat ishlab chiqarish kuchlarining takomillashtirilishi 
Xitoyni sanoat tovarlarini ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirdi. Arzon 
ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlat endi jahon bozorida raqobatbardosh 
mamlakatga aylandi. 
Xitoyning oqilona iqtisodiy islohotlari uni bugungi kunda iqtisodiy 
o‘sishning lider davlatlari qatoriga qo‘shdi. Bugungi kunda Xitoy yanada 
rivojlanishga qadam qo‘ymoqda. Iqtisodchilar bashoratiga ko‘ra Xitoy 
AQSHdan o‘zib ketib, jahonda birinchi davlatga aylanishi mumkin
202


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin