18.4.
MAMLAKATNI JADAL ISLOH ETISH VA
MODERNIZATSIYALASHNING MOHIYATI, TAMOYILLARI
VA ASOSIY YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik
palatasining 2005-yil 28-yanvardagi qo‘shma majlisi mamlakatimiz
taraqqiyotida yangi tarixiy bir davrni boshlab berdi. Unda jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasi, mamlakatni modernizat-
siya va isloh etishning asosiy vazifalari to‘g‘risida ma‘ruza qilib, ushbu
ma‘ruza asosida «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va
vazifalarini amalga oshirish Dasturi» qabul qilindi.
211
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va
muvaffaqiyatlarning
asosida
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
jarayonining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hozirda
modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq
210
O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2007-yil 31-avgust.
211
Saidov А.Х. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya
va isloh etishda ijtimoiy fanlarning roli // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, №3, 2006, 3-b.
459
etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modernizatsiya
atamasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, odatda uni texnika,
texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid
aksariyat lug‘atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi:
«Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni
yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‘rsatkichlariga
muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik
jarayonlar modernizatsiyalanadi»
212
. Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga
tor ma’nodagi yondashuv bo‘lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi
mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya
– an‘anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan
jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy- tarixiy jarayon. Klassik
sotsiologiyada mazkur atama E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat
taqsimotini amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida
tushunilgan. Veber esa modernizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni
sifatida tavsiflab, u orqali xo‘jalik subyektlari o‘z faoliyatlari iqtisodiy
samarasini eng yuqori darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib,
zamonaviy modernizatsiya jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy
o‘zgarishlarning impulsi bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy, «o‘zak»
iqtisodiyotlarga nisbatan teng huquqli mavqega erishishni anglatadi
213
.
Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi
olim R.Nureev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi.
Jumladan,
neoklassiklar
tomonidan
modernizatsiyaga
xususiy
mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash sifatida yondashilsa,
keynschilar tomonidan, eng avvalo, xo‘jalikning asosiy tarmoqlarini
qamrab oluvchi tarkibiy o‘zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki
o‘ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo‘yiladi. Xo‘jalikning zamonaviy
tarmoqlarining mavjud bo‘lmasligi taraqqiyotning asosiy to‘sqinlik
kuchi sifatida qabul qilinadi
214
. Umuman olganda, modernizatsiya
an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik mashinalashgan ishlab
chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda
oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonlarini
namoyon etadi. Nazariyada modernizatsiya deganda «an‘anaviy tarzdagi
yopiq jamiyat»ga qarama-
212
http://ekonomic.doco.ru
.
213
http://ru.wikipedia.org/wiki
.
214
Нуреев Р. Модернизация экономики: концепции и средства. -
http://www.soob.ru
.
460
qarshi o‘laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga
olib keluvchi industriyalashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta’lim,
vakolatli siyosiy hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy va
ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlarning majmui
tushuniladi.
Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o‘zgarishlar
ro‘y beradi:
1)
ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va
turmush tarzining o‘zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda
ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlarning
paydo bo‘lishi;
2)
alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3)
iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori
darajada yoyilishi, yangi ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi,
boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining
yuqori darajasiga yetishi;
4)
ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi – immobil tabaqalashgan
jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy
raqobatga asoslangan jamiyatga o‘tilishi.
Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida, shuningdek, uning
quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini
qamrab olishi;
2)
uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi
yoki yaxlit sohasining o‘zgarishi boshqalarining o‘zgarishiga olib
kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi
o‘zgarishlarga olib keladi va aksincha;
3)
uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg‘or mamlakatlarda
boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
4)
uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro‘y
bermaydi, balki u bosqichlarga bo‘linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi
yetakchi guruhning paydo bo‘lishi, o‘zgarishlarni ilgari surish, ular
natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);
5)
tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda
turlicha ro‘y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq
an’analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo‘jizasi»), G‘arb va
Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to‘liq voz kechishni taqozo
461
etmaydi.
215
Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga
e’tibor qaratiladi. Masalan, an‘anaviy jamiyatdan zamonaviy
(modernity) yoki industrial jamiyatga murakkab o‘tish jarayonining
tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy modernizatsiya ajratilib, uning
mazmunini umumiy tizimiy o‘tishning ajralmas tarkibiy qismi sifatidagi
siyosiy tizimning o‘zgarishi tashkil etishi ta’kidlanadi.
Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modernizatsiya
jarayonining quyidagi asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib
ko‘rsatadilar:
1)
siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan
tabaqalashuvi – ya’ni, qat’iy ravishda belgilangan vazifalarni bajaruvchi
hamda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi yangi siyosiy
institutlarning qaror topib borishi (masalan, ijro hokimiyati tarkibida
yangi yo‘nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi);
2)
siyosiy tizimning safarbarlik qobiliyatlari, ya’ni uning turli-
tuman (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish
qobiliyatlarini oshirish hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga
erishish tomon yo‘naltirish;
3)
siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda
kommunikatsiya,
sotsializatsiya
va
mobilizatsiyaning
yangi
vositalaridan
foydalanish
hisobiga
inqirozlarni
bartaraf
etish
qobiliyatlarini oshirish;
4)
siyosiy tenglik tomon sezilarli darajada harakat qilish, ya’ni
fuqarolarning siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma’muriy,
milliy va h.k.) cheklovlarni sekin-asta tugatib borish.
216
Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib,
bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan
o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or
andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining
majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimiz
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qo‘shma majlisidagi
ma’ruzada mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor
yo‘nalishlari hamda mazkur yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilishi
215
Конкурентоспособность и модернизация российской экономики. -
http://www.moderniz.org.ru
.
216
Конкурентоспособность и модернизация российской экономики. -
http://www.moderniz.org.ru
.
462
lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jumladan:
1.
Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
−
mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning
vakolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas’uliyatini
yanada oshirish;
−
mamlakatning Oliy qonunchilik organi – ikki palatali Parlamentni
shakllantirish;
−
hokimiyatning asosiy bo‘g‘ini va davlat tayanchi bo‘lgan o‘zini-
o‘zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq
fuqarolik yig‘inlariga keng imkoniyatlar berish orqali ularning
vakolatlarini oshirish va faoliyati hamda rolini amalda kuchaytirish;
−
mamlakat istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan hamda davlat ahamiyatiga
doir muhim qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan
siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining roli, ishtiroki hamda
ta’sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar.
2.
Sud-huquq tizimi islohoti sohasida:
−
sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishni davom
ettirgan holda uning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida yanada
takomillashtirib borish;
−
prokuratura tizimining ayrim huquq va vakolatlarini sudlarga
o‘tkazilishini ta’minlash va boshqalar.
3.
Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida:
−
ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish;
−
matbuot, radio-televidenie faoliyatini yanada liberallashtirish,
ularning mustaqil faoliyat yuritishlari va erkinligini amalda ta’minlash;
−
ommaviy axborot vositalarining nodavlat shakllari yaxlit tizimini
yaratish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga hamda tezkor
axborotlarni olish va xalqqa yetkazish masalalarida erkinlikni oshirish;
−
jamiyatda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish orqali
fuqarolar sog‘lom fikrlari va g‘oyalarini ayta oladigan «erkin so‘z»,
«erkin fikr» minbariga aylantirishga erishish va boshqalar.
4.
Tashqi siyosat sohasida:
−
mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash;
−
global muammolardan biriga aylangan xalqaro terrorizmga qarshi
kurashishni yanada kuchaytirish;
463
−
diniy ekstremizm va narkoagressiyaga qarshi keskin kurash olib
borish;
−
boshqa mamlakatlar bilan tashqi integratsiya jarayonlarini yanada
rivojlantirish;
−
Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga
alohida ahamiyat berish;
−
jahonning yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy tuzilmalari
hamda tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqalar.
5.
Iqtisodiyot sohasida:
−
mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish;
−
iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;
−
bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o‘tmishdan meros sifatida
saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay
voz kechish;
−
xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash;
−
davlat
tuzilmalarining
xususiy
tadbirkorlik
faoliyatiga
aralashuvini yanada ko‘proq cheklash;
−
kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;
−
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar
faoliyat ko‘rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni
rag‘batlantirib borishni tashkil etish;
−
soliq tizimini yanada takomillashtirish;
−
soliqqa tortish borasida qo‘shimcha imtiyozlar va pyerefyeren-
siyalar berilishini ta’minlash va boshqalar.
217
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari
mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi.
Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash
muhim o‘rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali
amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari
taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar,
jahon bozori kon‘yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz
217
Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va
isloh etishdir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatning qo‘shma majlisdagi ma’ruzasi. // Xalq so‘zi, 2005-yil 19-yanvar,
№13, 3-b.
464
holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat
va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning
natijalariga
bog‘liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
ijtimoiy
hayotning
boshqa
sohalaridagi
o‘zgarishlarga chambarchas bog‘liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalar
o‘rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga
oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat
qilish lozim. Shu o‘rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har
bir a’zosining ongliligi va mustaqilligini oshirishdagi o‘rniga alohida
e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, iqtisodiyot hamda
mamlakat hayotining boshqa sohalarini modernizatsiyalash eng avvalo
ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ularni amalga oshiruvchi va doimiy
ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a’zolari dunyoqarashi,
tafakkurining o‘zgarishi, ularning demokratik va tub islohot
jarayonlaridagi faolligi oshishiga bevosita bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |