18.3.
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TARAQQIYOT
BOSQICHLARINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA
AHAMIYATI
Ma’lumki, har qanday darajadagi islohot mavjud tartib, shart-
sharoitlar, vaziyat, tarkib topgan muvozanatning o‘zgarishiga olib
keladi. Butun jamiyatning isloh etilishi, ya’ni uning eski – noto‘g‘ri
asosga qurilgan, istiqbolsiz tizimidan butunlay yangi – ijtimoiy bozor
munosabatlariga asoslangan, demokratik va huquqiy jamiyatga o‘tilishi
esa juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra, jamiyat a’zolari
208
Inson manfaatlari ustunligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim
ustuvor yonalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2008-yil
9-fevral.
454
tomonidan mazkur islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish,
ularda faol ishtirok etish uchun ularning «hayot falsafasi» ham
o‘zgarishi lozim. Bu esa islohot jarayonlarining sekin-asta, bosqichma-
bosqich amalga oshirilishini taqozo etadi. Qolaversa, taraqqiyotning
yuqori bosqichlariga erishish uchun islohotlarning ma’lum quyi darajasi
navbatdagi yuqori, murakkab darajasi uchun maxsus shart- sharoit,
zaminni tayyorlashi lozim. Shunga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov
tomonidan
ishlab
chiqilgan
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotimizning o‘ziga xos modelidagi muhim tamoyil – bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, ya’ni
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish hisoblanadi. Ana shu
modeldagi «bosqichma-bosqich» tamoyilining real hayotdagi ahamiyati
shunda bo‘ldiki, uni amaliyotda qo‘llash bir tomondan, o‘tish davri
muammolarini hal qilishda mamlakatimizning imkoniyati va
xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni yangi
yuzaga kelgan shart-sharoitlarga «moslashtirib borish» orqali
islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish; ikkinchidan, o‘tish davrida
davlat va boshqaruv tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar, xalqimizning dunyoqarashi va ijtimoiy hayotida sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uni demokratik asosda
shakllantirish;
uchinchidan,
«bosqichma-bosqich»
tamoyilining
qo‘llanilishi mamlakatimizda boshqa bir qator mamlakatlar o‘z boshidan
kechirgan ichki sotsial ziddiyatlarning kuchayib ketishining oldini olish;
to‘rtinchidan, mamlakatda mavjud bo‘lgan muammolar kompleksi
ichidan birinchi navbatda hal qilinishi zarur bo‘lgan asosiylarini belgilab
olish, ularni hal qilish uchun barcha kuchlarni yo‘naltirish
imkoniyatlarini berdi.
209
Umuman olganda, mamlakatimizdagi iqtisodiy
islohotlarning har bir yo‘nalishi ham amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning bosqichliligi bilan tavsiflanadi. Jumladan, mulkiy
munosabatlarni isloh qilishda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlari kichik, o‘rta va yirik korxonalar bo‘yicha
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Agrar sohadagi islohotlar esa
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan davlat
xo‘jaliklarini dastlab jamoa xo‘jaliklariga, so‘ngra
209
Otamuratov S. Hozirgi bosqichda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishning dolzarb
vazifalari / «O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiya qilishning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy-
nazariy konferensiya materiallari. 2005-yil 19-20-may. ТQTI. – Т., 2005, 9-b.
455
shirkat xo‘jaliklariga aylantirish, keyinchalik muayyan shart-sharoitlar,
zamin tayyorlangandan so‘ng, ularni fermer va dehqon xo‘jaliklariga
aylantirishdan
iborat
bo‘ldi. Narx islohoti ham narxlarni
erkinlashtirishning bir necha bosqichlarini o‘z ichiga oldi: dastlab keng
doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim
turdagi xalq iste’moli mollari narxi erkinlashtirilib, aholining kundalik
ehtiyojida muhim o‘rin tutuvchi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining chegarasi davlat tomonidan belgilab qo‘yildi. Keyinchalik,
milliy ishlab chiqarishning o‘sishi va iqtisodiyotning barqarorlashishi
bilan deyarli barcha tovarlar narxlari erkinlashtirildi.
Yangi XXI asrning boshlariga kelib, Birinchi Prezidentimiz
I.A.
Karimov mamlakatimizdagi islohotlarni chuqurlashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish, jamiyat ma’naviyatini yanada
yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalq turmush
darajasining izchil va barqaror o‘sishi, iqtisodiyotda tarkibiy
o‘zgarishlarni ta’minlash, jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va
fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz va davlatimiz hududiy yaxlitligini
ta’minlashni belgilab berdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar
belgilab olinib, izchil ravishda hayotga tatbiq etildi.
2007-yilning 30-avgustida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va
Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma‘ruzasida Respublikamizning
bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘li va oldimizda turgan vazifalarning
ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritib, bu yo‘lni alohida ikki
davrga ajratish to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bu davrlarning har biri
mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos va o‘ziga mos muhim o‘rin egallashini
bildirdi.
Jumladan, dastlabki bosqich – 1991–2000-yillar mamlakatimiz va
xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy
ahamiyatga egaligi e’tirof etildi. Bu bosqichda o‘tish davri va milliy
davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq quyidagi dolzarb va
muhim vazifalar belgilanib, amalga oshirildi:
−
eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik
davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
456
−
siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish
strategiyasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va
madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning
mavjud tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo va insoniy salohiyatini
xolisona va jiddiy baholagan holda, jahon xo‘jalik aloqalari tizimida
o‘ziga munosib joy egallash maqsadiga erishish;
−
Asosiy qomus – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab
chiqish va qabul qilish;
−
davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan
tizimiga barham berish, mustaqil O‘zbekistonning yangi siyosiy va
davlat tuzilishi asoslarini, avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish,
markazda va joylarda vakolatli hokimiyat organlarining yaxlit tizimini
tashkil etish;
−
tub
ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, jumladan:
markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari
bo‘lgan Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot, Davlat narx, Davlat
agrosanoat va ko‘plab tarmoq vazirliklarini tugatish, mahalliy hokimiyat
organlarini qayta tashkil qilish – viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik
institutini joriy etish. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi tizimi –
mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
−
sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi
organdan qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi
organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini
shakllantirish;
−
qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy
yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat
tartibini
ta’minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va
narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi
kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
−
mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga
erishishdan iborat strategik vazifani hal etish;
−
bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi
institutlarini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor
munosabatlari mexanizmini ishga tushirish;
457
−
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank
tizimini shakllantirish, milliy valutani muomalaga kiritish;
−
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning
samarali mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
−
mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning
barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni
shakllantirish;
−
tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Belgilangan vazifalarning izchil va samarali amalga oshirilishi
natijasida o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish
borasida bir qator salmoqli va ahamiyatli natijalar qo‘lga kiritildi (6.1-
rasm).
Ikkinchi bosqich 2001-yildan 2007-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z
ichiga olib, u Prezidentimiz tomonidan faol demokratik yangilanishlar
va mamlakatni modernizatsiya qilish davri deb nomlandi. Ushbu davrda
quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratildi hamda muhim vazifalar
amalga oshirildi:
−
o‘tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida
obyektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga
izchil va bosqichma-bosqich o‘tishga erishish;
−
mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali parlamentga aylantirilishi;
−
davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va
vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish,
budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini
moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich
o‘tkazilishi;
−
sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim
tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha
yangi konsepsiyaning hayotga tatbiq qilinishi va h.k.
Natijada,
faol
demokratik
yangilanishlar
va
mamlakatni
modernizatsiya qilish davrida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish,
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-
458
gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim
natijalar qo‘lga kiritildi.
Milliy taraqqiyotimiz yo‘lida bosib o‘tilgan tarixiy dovon
mamlakatimizda yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda
demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning
kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda
ko‘radigan yangi avlod vakillarining hayotga kirib kelishi uchun har
tomonlama mustahkam zamin tayyorladi. Bu esa mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma‘rifiy
o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining
ishonchli kafolatidir
210
. Eng muhimi, hali milliy taraqqiyotimiz ikkinchi
davrining o‘z mantiqiy yakuniga yetmaganligi, balki mamlakatimizni
jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy
taraqqiyotimizning keyingi bosqichi izchil davom etayotganidir.
Dostları ilə paylaş: |