476
foydalanish bo‘yicha takliflar asoslanib berildi. 445 ta sanoat
korxonalarida
o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari mehnat
samaradorligini oshirish bo‘yicha zaxiralarni
aniqlash imkoniyati
berdi.
O‘tgan asrning 70–80-yillarida R.A.Ubaydullayeva o‘zining ilmiy
tadqiqotlarida mehnat resruslarini qayta tiklash, mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligi, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasi
sharoitida ayollar mehnatidan foydalanishning optimal imkoniyatlari
bilan bog‘liq metodologik masalalarga alohida e’tibor qaratgan. Shu
davr ichida uning bevosita
rahbarligi ostida viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, kolxoz va sovxozlarda bir qator sotsiologik tadqiqotlar
o‘tkazilgan.
1974-yilda R.A.Ubaydullayeva “O‘zbekiston
SSRda mehnat
resurlarini joylashtirish va undan samarali foydalanishning
mintaqaviy muammolari” bobsida doktorlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Amalga oshirilgan ilmiy ishlanmalarning natijalari asosida
“Aholi soni va mehnat resurslari qayta
tiklanishi qonuniyatlari va
o‘sishi istiqbollari” (MDU talabalari uchun ingliz tilida o‘quv
qo‘llanma, 1978); “O‘zbekistondagi mehnat resurslari va ulardan
foydalanishning samaradorligi” (1979); “O‘zbekistondagi yoshlar
mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari” (1982)
kabi monografiyalar, bir qator broshyuralar va ilmiy maqolalar chop
etilgan.
1993-yilda
R.A.Ubaydullayeva O‘zR
Mehnat
vazirining
o‘rinbosari bo‘lib ishlab, ilmiy faoliyatni davom eetirdi. 1998-yilda
professor R.A.Ubaydullaevaning ilmiy
va mehnat faoliyatida yangi
bosqich boshlandi. U “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish
ilmiy – tadqiqot Markazining direktori etib tayinlandi va
mamlakatimiz uchun yangi ilmiy soha – jamoatchilik fikri
sotsiologiyasi yo‘nalishida ish boshladi.