Murod Sharifxo‘jayevich Sharifxodjayev 227 1932-yil 20-avgustda Toshkent
shahrida tavallud topgan. 1953-yilda Toshkent moliya – iqtisod
institutini tugatgan. 1953–1963-yillarda shu institutda aspirant,
assiistent, katta o‘qituvchi, 1963–1967-yillarda dotsent, 1967–1979-
yillarda xalq xo‘jaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri lavozimlarida
ishladi. 1976-yildan iqtisod fanlari doktori. 1978-yildan professor.
1975–1976-yillarda O‘zbekiston Davlat Plan ko‘mitasi (Gosplan)
qoshidagi iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori, 1976–1986 yillarda
Toshkent xalq xo‘jaligi instituti rektori lavozimida faoliyat yuritdi. 1981-
yildan unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni
berilgan. 1986–1990-yillarda Qurilish komplekslari rahbarlari va
mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash isntituti
prorektori, 1990–1991-yillarda O‘zbekiston FA bosh ilmiy kotibi
lavozimlarida ishladi. 1994–1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi
Bosh Vaziri o‘rinbosari hamda istiqbolning belgilash va statistika davlat
ko‘mitasi raisi. 1995-yil aprel-iyul
oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi
davlat
va
jamiyat
qurilishi
akademiyasi
rektori,
1991–2005-yillarda
Toshkent moliya instituti rektori lavozimlarida
faoliyat yuritdi. 1992-yilda unga O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan murabbiy faxriy unvoni
berilgan. U Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
deputati, 2005–2006- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senat
raisi. 2006-yildan Senat a’zosi.
M.Sh.Sharifxo‘jayevning ilmiy ishlari O‘zbekistonda kapital
qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini
mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xo‘jaligida tarkibiy
o‘zgartirishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan ta’minlash va
boshqa masalalarga bag‘ishlangan. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik
va o‘quv qo‘llanmalari muallifi.
Akademik M.Sharifxodjayev fundamental ilmiy ishlari bilan
iqtisodiyot fanini boyitgan, o‘zining ilmiy maktabini yaratgan,
227
Иқтисодчи олимлар. Тўпловчи ва тузувчилар: Х.П.Абулқосимов, Т.Т.Жўраев. – T.: “Fan va
texnologiya” нашриёти, 2016. 29–30-бетлар.
475
ayniqsa, O‘zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyingi davrida
bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha qator konsepsiyalarni ishlab
chiqishda salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olimdir.