479
yuborilgan. Ikki yil ishlaganidan so‘ng Moskva shahridagi
G.V.Plexanov nomli Rossiya Iqtisodiyot akademiyasiga “maqsadli”
aspiranturaga taklif qilingan. 1973-yil noyabr
oyida iqtisod fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “fan texnika taraqqiyoti sharoitida
malakali ishchi kadrlar tayyorlash (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi korxonalari misolida)” bobsida dissertatsiya yoqlagan.
1973–1978-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Mehnatni
ilmiy tashkil etish va boshqarish” kafedrasida o‘qituvchi, 1978–1986-
yillarda mazkur kafedra dotsenti, dekan o‘rinbsari
lavozimlarida
ishlagan. 1986–1991-yillarda “mehnat iqtisodiyot va sotsiologiyasi”
kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan. 1989–1990- yillarda ishdan
ajramagan holda Plexanov nomli Rossiya akademiyasi doktoranturasida
o‘qigan va 1990-yil dekabr oyida “Mintaqalarda mehnat potensialini
boshqarish muammolari” bobida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini
olish uchun dissertatsiya yoqlagan.
U 1991–1993-yillarda “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”
kafedrasiga mudir, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro
aloqalar bo‘yicha rektor muovini vazifalarida ishlagan. 1993–1995-
yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi qoshidagi Mehnat,
bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish Ilmiy
Markazi direktori lavozimida faoliyat yuritdi. 1995-yildan boshlab
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Mehnat
iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi” kafedrasining mudiri va professori vazifasida ishlagan.
Ayni bir vaqtda TDIU qoshida G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot
akademiyasining
O‘quv Ilmiy Markaz direktori, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasining “Menejment va marketing” kafedrasining professori va
shu akademiyaning Ilmiy Kengash a’zosi
sifatida ham faoliyat
ko‘rsatgan. K.Abduraxmonov 1995-yildan hozirgacha G.V.Plexanov
nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
direktori lavozimida ishlamoqda.
Asosiy ilmiy ishlari iqtisodiyot nazariyasi, menejment,
mehnat
iqtisodiyoti, turizm menejmenti, inson rivojlanishi bilan bog‘liq o‘quv
adabiyotlarni nashr qildirish bo‘ldi.