483
shogirdlari mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida va iqtisodiyotimizning
turli sohalarida faoliyat olib bormoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot univyerstietida har yili “9-may – Xotira
va qadrlash kuni” bayram munosabati bilan “Ustozlarni yod aylab”
bobida faxriy ustozlarni taklif etib universitet miqyosida va talabalar
turar joylarida tashkil etiladigan tadbirni o‘tkazishda
boshchilik qilib
kelmoqda.
Razzoqov Abduhalil
– 1939-yil 4-
oktabrda Toshkent viloyati, O‘rta
Chirchiq
tumanida tavallud topgan va 2013-yil 11-
dekabrda vafot etgan. O‘rta
maktabni
tugatgach
(1957),
O‘rta Osiyo davlat
universiteti, hozirgi O‘zMUda (1957–1962),
keyinroq Nizomiy nomli Toshkent Davlat
Pedagogika institutida(1983) ta’lim olib,
imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1961–
1968-yillarda
O‘rta
Osiyoda
suv
muammolarini o‘rganish borasida O‘rta Osiyo
gidrometeorologiya ilmiy tekshirish institutida
kichik ilmiy xodim
aspirant bo‘lgan. 1968–1971-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
Tarix va arxeologiya institutida kichik ilmiy xodim bo‘lgan. 1971–
2009-yillarda TDIUda o‘z faoliyatini olib borgan. 1990–2005-yillar
sentabrgacha TDIUda “Iqtisodiy tarix” kafedrasi mudiri. 2005-yil
sentabrdan “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professori lavozimida
hayotining so‘nggi yillarigacha faoliyat ko‘rsatgan.
1971-yilda “Mirzacho‘ldagi sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi
tarixi” bobsidagi disertatsiya ishiga tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi
berilgan.
1991-yilda
“O‘zbekistonda melioratsiya tarixi”
bobidagi
disertatsiya ishi uchun tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
A.Razzoqovning e’lon qilingan asarlari bibliografiyasi 400 dan
ortiq nomda bo‘lib, shulardan 50 tasi monografiya, darslik va risolalar.
A.Razzoqov suv va melioratsiyaga oid bir qancha asarlar
muallifidir. Jumladan, “Inson va suv” R.Egamberdiev bilan
hammualliflikda,
“Melioratsiyaning
xalq
usullari”
(1982),
“O‘zbekistonda qo‘riq yerlarni sug‘orish, o‘zlashtirish va
А. Razzoqov
484
H.Sobirov
melioratsiyalash tarixidan” (1984), “O‘zbekiston melioratsiyasi” (1988),
“Suv va hayot” (1991) kabilar.
A.Razzoqov respublikamizda iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olgan
talabalar uchun dastlabki Iqtisodiy ta’limotlar tarixi darsligini
yaratilishida
mualliflar
jamoasiga
rahbarlik qilgan. Xususan,
SH.Tashmatov va N.O‘rmonov bilan hammualliflikda “Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi” darsligi 2002-yilda va 2007- yillarda qayta nashrdan
chiqarilib, ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. Darslikda
mustaqillik
davri islohotlari, o‘tish davrining mohiyati ayniqsa
respublikamizning MDH davlatlari ichida o‘ziga xos xususiyatlarini,
uning iqtisodiy imkoniyatlarini keng yoritilishida
olimning xizmatlari
kattadir.
A.Razzoqov qalamiga mansub “O‘rta Osiyo mutafakkirlarining
iqtisodiy g‘oyalari”, “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari” va “Nobel
mukofoti laureatlari” kitoblariga mutaxassislar va iqtisodchi olimlar
tomonidan yuqori baho berilgandir. Olim o‘z
asarlarida har bir yangi
davr o‘ziga xos bo‘lib unda turli muammolar hal etilishi zarurligini
ko‘rsatib, unda albatta o‘tmish tajribalaridan foydalanish va kerakli
xulosalarni olish mumkunligini e‘tirof etar edi.
A.Razzoqov Respublikada xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi,
oliy va xalq ta’limi a‘lochisi edi.
Dostları ilə paylaş: