487
deputatlar kengashida hisobchi-iqtisodchi
lavozimida ish faoliyatini
boshlagan.1960-yili u Toshkent moliya–iqtisod institutining (hozirgi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining) rejalashtirish fakultetiga
o‘qishga kiradi. Studentlik davrida barcha fanlardan faqat a’lo baholarga
o‘qiganligi tufayli o‘sha davrdagi davlat arbobi (Lenin stipendiati)
stipendiati sohibi bo‘lgan. Studentlar ilmiy to‘garaklarining faol
ishtirokchisi bo‘lgan Shodiev 1962-yil mart oyida Moskva davlat
universitetining talabalari ilmiy anjumanida
mulkiy munosabatlarni
takomillashtirish bobsida maruza qilgan. 1965-yilda u TXXI institutni
imtiyozli diplom bilan tugatgandan so‘ng yosh mutaxassislarni ishga
taqsimlash Davlat komissiyasining qaroriga
binoan u Toshkent xalq
xo‘jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)
qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kafedrasida tadqiqotchi lavozimida ish
faoliyatini boshlaydi. 1966-yili sentyabr oyida u Moskva xalq xo‘jaligi
instituti (hozirgi Rossiya iqtisodiyot universiteti) ning iqtisodiy kibernetika
ixtisosligi bo‘yicha kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kiradi. 1969-yili iyun
oyida Moskva xalq xo‘jaligi institutining ilmiy kengashida “Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini matematik
funksiyalar yordamida tahlil etish” bobsida iqtisod fanlari nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi
va aspiranturani muddatidan
oldin tugatib, TXXIga ish faoliyatini davom ettirish uchun Toshkentga
qaytib keladi. U 1969-yil avgust oyidan boshlab iqtisodiy kibernetika
kafedrasida
avval assistent, keyinchalik katta o‘qituvchi va dotsent
lavozimlarida to 1978-yilgacha dars berdi. Bundan tashqari 1970-yildan to
1978-yilgacha u o‘rindoshlik asosida TXXI ning o‘quv bo‘limida o‘quv
bo‘limi boshlig‘ining muovini va keyinchalik boshlig‘i bo‘lib ishladi va
institutning o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda
jonbozlik ko‘rsatadi.
1978–1980-yillari Shodiyev Tursun
doktorlik dissertatsiyasini
tugatish uchun katta ilmiy xodim lavozimida tadqiqot olib boradi. 1980-
yil sentyabr oyida konkurs asosida u iqtisodiy kibernetika kafedrasining
mudiri lavozimiga saylanadi va to 2006-yilgacha kafedraga rahbarlik
qiladi. U 1988-yili “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyotini ekonometrik modellar
asosida bashoratlash” bobida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1990-yili Shodievga professor ilmiy unvoni berilgan.
Dostları ilə paylaş: